12
-
odamlar
va
hayvonlar
kasalliklarini
keltirib
chiqaruvchi
mikroorganizmlarning genetik jihatlarini o‗rganish va bu kasalliklarga diagnoz
qo‗yish, davolash va oldini olish usullari va vositalarini yaratish;
- kanserogenez, onkogenlar va onkoproteinlarning tabiati, molekulyar
biologik mexanizmlarini o‗rganish, ular asosida allergiya va saratonga o‗xshash
kasalliklarni davolash uchun dori-darmonlarni yaratish;
- bioenergetika, ovqatlanish, psixika, shuningdek, xotira va miya faoliyatining
molekulyar asoslarini o‗rganish.
Yuqorida keltirilgan asosiy g‗oyalar negizida, biokimyoning ufqlari,
shuningdek, uning yaqin va uzoq istiqbolda rivojlanishini ta‘kidlash mumkin
bo‗ladi, ular jumlasiga:
1.
Yuqori
taraqqiy
etgan
organizm
(eukariot)lar
hujayralarining
differensiatsiyasi.
2. Genomlarning tuzilishi va faoliyat mexanizmi.
3. Fermentlarning ta‘sir etishini boshqarilish mexanizmlari va fermentativ
kataliz nazariyasi.
4. Molekulyar darajada ―tanish‖ jarayonlari mexanizmlari.
5. Odamning somatik va irsiy kasalliklarining molekulyar asoslari.
6. Xatarli o‗sish jarayonining molekulyar asoslari.
7. Immunitetning molekulyar asoslari.
8. Samarali ovqatlanish asoslari.
9. Xotiraning molekulyar mexanizmlari.
10. Oqsillar biosintezi.
11. Biologik membranalar va bioenergetika asoslari.
12. Nerv qo‗zg‗alishi, mushaklarning qisqarishi, ko‗rish jarayoni va
moddalarning
membranalar
orqali
o‗tishi kabi fiziologik-biokimyoviy
hodisalarning molekulyar asoslari.
Biologik kimyoning asosiy maqsad va vazifasi fundamental, umumiy biologik
masalalarni, jumladan, insonning ekotizimga bog‗liqligini tushinibgina qolmay,
balki uni himoyalash, tabiatdan oqilona foydalanish muammolarini molekulyar
darajada hal qilishni o‗z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: