10
kelayotgan davri va nihoyat, uchinchi ‒ mustaqil fanga aylanib, insoniyat ortdirgan
barcha bilimlarning zamonaviy yutuqlarini mujassamlashtirgandan hozirgi
kungacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. Biokimyo va fiziologiyaning bir-biri
bilan chambarchas bog‗liqligi ko‗plab yirik tadqiqotchilarning ishlarida o‗z aksini
topgan. Asta-sekin biologik bilimlarning yig‗ila borishi munosabati bilan biokimyo
fiziologiyaning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi va keyinchalik tamoman
mustaqil va biologik tizim fanlaridan biri sifatida ajralib chiqdi. Biokimyo organik
kimyo bilan chambarchas bog‗liq. Biokimyogarlar o‗z tadqiqotlarida tirik
organizmlardan moddalarni ajratib oladilar, ularni tozalaydilar, tozalik (gomogen)
holatini va xususiyatlarini aniqlaydilar, tuzilishi va kimyoviy tarkibini
o‗rganadilar, zarurat bo‗lganda bu moddalarni sintezlaydilar. Shu darajagacha
yetib kelgunga qadar organik kimyogarning va biokimyogarning tadqiqot uslublari
bir xil. Lekin bundan keyin organik kimyogarning tadqiqoti nihoyasiga yetsa,
biokimyogarning tadqiqotini eng muhim va qiziqarli tomoni ‒ tirik organizmarning
umumiy metabolizmidagi ushbu birikmalarning o‗zgarishi, ularning hayotidagi
rolini o‗rganish kabi tadqiqotlar boshlanadi. Yildan-yilga biokimyoning fizik va
kolloid kimyo bilan aloqasi kengayib bormoqda. So‗nggi yillarda fizik-kimyoviy
va fizikaviy usullar biokimyoviy tadqiqotlar ko‗lamining faollashuviga olib keldi.
Bu uslublar jumlasiga: xromatografiya, elektroforez, rentgen-strukturaviy tahlillar,
spektroskopiya, elektron paramagnitik rezonans (EPR), yadro magnit rezonansi
(YMR) va nishonlangan atomlardan foydalanish usuli va h.k.lar kiradi.
Matematikaning biokimyo bilan aloqadorlik jihati, unga matematik modellash
uslubining keng joriy etilishi bilan bog‗liq bo‗lib, bunda biokimyoviy
jarayonlarning bevosita va bilvosita tartibda sodir bo‗lishi va ushbu jarayonlarning
boshqarilishi hamda ularning boshqarilish mexanizmlarini ko‗rib chiqilishi bilan
izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: