8
shuningdek, organik moddalarning yonishi jarayonida kislorodning yutilishi va
karbonat angidridning chiqarilishini isbotlab berdi.
Rus olimi K.S.Kirxgof (1814)
arpa maysasi
ekstrakti kraxmalni shakarga
aylanishini ta‘minlovchi fermentativ jarayonni fanga ma‘lum qildi.
XIX asrning o‗rtalariga kelib boshqa qator fermentlar: so‗lak amilazasi,
oshqozon shirasi pepsini, oshqozonosti bezi tripsini kabilarning borligi aniqlandi.
Bu davrda I.Berselius fermentativ jarayonlarning asosiy xususiyatlarini belgilovchi
kataliz va katalizator
atamalarni fanga kiritdi.
1839-yilda Y.Libix hayvon va o‗simlik organizmlari tarkibida
oqsillar,
karbonsuvlar
va
lipidlar
uchrashini isbotlab berdi. F.Vyoler 1828-yilda
organizmdan tashqarida, ya‘ni laboratoriya sharoitida
siydikchilni
, 1854-yilda
A.Kolbe
sirka kislotani
, M.Bertlo esa
yog‗larni
, 1861-yilda A.M.Butlerov
glyukozani
sintez qilishga erishdilar. Bu davrda L.Paster achish (bijg‗ish) achitqi
faoliyati natijasida sodir bo‗ladigan biologik (biokimyoviy) jarayon ekanligini
ko‗rsatib berdi. Shuningdek, bu davrdan boshlab oliy o‗quv yurtlarida biokimyo
alohida fan sifatida
fiziologik kimyo
nomi bilan o‗qitila boshlandi. Rossiyada bu
fandan dars bera boshlagan birinchi olim A.I.Xodnev (1847) bo‗lib, u darslikning
dastlabki muallifi hisoblanadi.
Shunday qilib, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya va
Yevropaning oliy o‗quv yurtlarida biokimyo
Dostları ilə paylaş: