111
Shunday qilib, aytish mumkinki, alohida aminokislotalarning
almashinuvini
birlamchi izdan chiqishi u yoki bu ferment ta‘sirini susayishi yoki umuman
to‗xtashi tufayli kelib chiqadi.
Bunda ko‗pincha aqliy rivojlanishning keskin
ravishda orqada qolishi
kuzatiladi. Lekin hanuzgacha aqliy faoliyatning susayishi nimaga bog‗liq ekanligi,
ya‘ni aminokislotalarning yoki ularning metabolitlarini o‗zaro me‘yoriy nisbat
ko‗rsatkichlarining izdan chiqishi oqibatida oqsil biosintezining izdan chiqishi uni
miyaga ko‗rsatadigan toksik ta‘siridanmi yoki
ikkilamchi tartibda umumiy
almashinuvning energetik va boshqa turdagi xillarini buzilishidanmi? ‒ degan
masala o‗z yechimini kutmoqda.
Materiallarni mustahkamlash uchun savollar:
1. Oqsillar almashinuvi to‗g‗risida umumiy mulohazalar.
2. Ovqat mahsulotlari tarkibidagi oqsilning foiz ulushi qanday?
3. Oqsillar gidrolizida qanday proteolitik fermentlar qatnashadi?
4. Me‘dada oqsillarni hazmlanishida qaysi fermentlar ishtirok etadi?
5. Endopeptidazalarga qaysi fermentlar kiradi?
6. Pepsinning lokalizatsiyasi va faol holatga aylanishini gapirib bering.
7. Tripsinning lokalizatsiyasi va faol holatga aylanishini gapirib bering
8. Ximotripsin va elastazalarning lokalizatsiyasi va funksiyasi.
9. Ekzopeptidazalarga qaysi fermentlar kiradi?
10. Karboksipeptidazalarga qaysi fermentlar kiradi?
11. Aminopeptidazalarga qaysi fermentlar kiradi?
12. Aminokislotalarning dezaminlanishi.
13. Di- va tripeptidazalarning lokalizatsiyasi va funksiyasi.
14. Aminokislotalarning dekarboksillanishi.
15. Aminokislotalarning transaminlanishi.
16. Ornitin sikli to‗g‗risida gapirib bering.
17. Profermentlarning fiziologik ahamiyati.
18. Biogen aminlar va ularning fiziologik ahamiyati.
19. Oqsillar almashinuvini izdan chiqishi tufayli
kelib chiqadigan irsiy
kasalliklar.
20. Aminokislotalarning almashinuvini izdan chiqishi bilan bog‗liq bo‗lgan
irsiy kasalliklar.
Dostları ilə paylaş: