112
7. KARBONSUVLAR. ULARNING AHAMIYATI, FUNKSIYALARI,
TUZILISHI, XOSSALARI, TASNIFLANISHI, VAKILLARI.
KARBONSUVLARNING ALMASHINUVI
7.1. Karbonsuvlar. Ularning ahamiyati va funksiyalari
G.K.Shmidt tomonidan 1844-yilda bu sinf vakillarini ―karbonsuv‖
(―uglevod‖) deb nomlash taklif qilingan edi, chunki: triozalarni – С
3
Н
6
О
3
-
С
3
(Н
2
О)
3
, tetrozalarni – С
4
Н
8
О
4
-С
4
(Н
2
О)
4
, pentozalarni – С
5
Н
10
О
5
-С
5
(Н
2
О)
5
,
geksozalarni – С
6
Н
12
О
6
-С
6
(Н
2
О)
6
, disaxaridlarni – С
12
Н
22
О
11
-С
12
(Н
2
О)
11
,
polisaxaridlarni- (С
6
Н
10
О
5
)
n
- 6nС
.
(Н
2
О)
n
tarzida ifodalash mumkin bo‗ladi. Lekin
keyingi paytda karbonsuvlarga shu yo‗sindagi nisbatda ega bo‗lmagan
birikmalar,
xususan, dezoksiriboza - С
5
Н
10
О
4
ya‘ni 5С.4Н
2
О
.
2Н bo‗lganligi va shu bilan birga
karbonsuv sinfiga mansub bo‗lmagan birikmalar, masalan, sirka kislota ‒
СН
3
СООН keltirilgan nisbat ko‗rsatikichi bo‗yicha karbonsuvlarga daxldorligi
bo‗lmagani holda 2С
.
2Н
2
О ga javob berishi ma‘lum bo‗ldi. Kimyoviy
nomenklatura bo‗yicha tuzilgan komissiya 1927-yil bu sinf vakillarini ―glitsidlar‖
deb
nomlashni taklif qildi, lekin bu atama ham uncha keng tarqalib ketmadi.
Hozirgi kunda o‗zbekcha adabiyotlarda bu sinf vakillarini ―karbonsuvlar‖,
―uglevodlar‖ va ―glitsidlar‖ deb nomlangan variantlarni uchratish mumkin.
Karbonsuvlar vakillarini nomlashda har xil tadqiqotchilar tomonidan taklif
qilingan trivial (tarixiy) va ilmiy nomlashlardan foydalaniladi, bu to‗g‗rida quyida
ularning kimyoviy tuzilishlari va xossalarini ko‗rib chiqishda tegishli ma‘lumotlar
keltiriladi. Monosaxaridlarni nomlashda ko‗pincha shakarlarning trivial nomlari
asos sifatida qabul qilingan (ksiloza, riboza,
glyukoza, fruktoza) nomlardan
foydalaniladi va ulardan aminoshakarlarning nomi (glyukozamin, galaktozamin)
va karboksilli shakarlarni nomi (glukon kislota, mannon kislota, galakton kislota)
keltirib chiqariladi.
Monosaxaridning trivial nomi, odatda, ikki qismdan tashkil
topadi: uning o‗zagi shakarning u yoki bu xossasi, yoki kelib chiqishi, nomlanish
“-oza”
suffiksi bilan tugab – u moddani karbonsuvlarga mansubligini bildiradi.
Masalan, ―fruktoza‖ deb nomlash bu monosaxaridning mevalar tarkibida bo‗lishini
bildiradi. Shu yo‗sinda ketozalarni nomlashida
“
-
uloza”
suffiksi
yordamida,
masalan, C
4
bo‗lgan ketoza
-
tetruloza, C
5
bo‗lgan ketoza pentuloza deb nomlanadi.
Bu moddalar oqsillar va lipidlar qatori tirik organizmlarning muhim kimyoviy
birikmalari hisoblanadi. Odam va hayvonlar organizmida karbonsuvlar tuzilmaviy
(strukturaviy), energetik va himoya funksiyalarini bajaradi. Ular nuklein
kislotalarini sintezida ishtirok etadi va tirik mavjudotlardagi
modda va energiya
almashinuvida muhim ahamiyatga ega bo‗lgan nukleotid tabiatli kofermentlarning
komponentlari hisoblanadi. Karbonsuvlarning boshqa xildagi organik moddalar
bilan birikib hosil qilgan murakkab polimer birikmalari katta ahamiyatga ega. Ular
113
jumlasiga nuklein kislotalaridan tashqari, glikopeptidlar
va glikoproteinlar,
lipopolisaxaridlar, glikolipoproteinlar va h.k.lar kiradi. Bu moddalar organizmda
juda murakkab va muhim funksiyalarni bajaradi.
Odam va hayvonlarning tana hujayralari tarkibida oqsil va lipidlarga nisbatan
karbonsuvlar kam (tananing quruq massa ulushini 2 % hisobida) miqdorini tashkil
qiladi. O‗simliklar organizmida sellyuloza hisobiga karbonsuvlarning ulushi
umumiy quruq massaning 40 %
gacha miqdorini tashkil qiladi, shu sababli
biosferada karbonsuvlar boshqa hamma organik birikmalarning umumiy miqdoriga
nisbatan ko‗p miqdorni tashkil qiladi. Karbonsuvlar organizmda quyidagi
funksiyalarni bajaradi:
Dostları ilə paylaş: