249
limfa tugunlari, jigar va boshqa to‗qimalarning retikuloendotelial tizimida
konfiguratsiyasi biroz o‗zgargan γ-globulinlar sintezlana boshlaydi. Bunday γ-
globulinlar ularning paydo bo‗lishiga sabab bo‗lgan
vositalar bilan maxsus
bog‗lanish qobiliyatiga ega bo‗ladi.
Maxsus o‗zgarishlarga duch kelgan γ-globulinlar
antitanachalar
, ularning
paydo bo‗lishiga sababchi bo‗lgan
moddalar
antigenlar
deyiladi. Bakteriya
tarkibida turli xil antigenlar bo‗lishi mumkin. Ko‗p bakteriyalar oqsil-polisaxarid
kompleksli kapsula (tif, dizenteriya bakteriyalari) bilan qoplangan.
Ushbu oqsil-
polisaxarid kompleksi antigen bo‗lib, hayvonni immunizatsiyalaganda, uni qon
zardobida maxsus tuzilishga ega bo‗lgan antitanachalar hosil bo‗ladi.
Agar tif
vaksinasi bilan emlangan hayvonning qon plazmasiga tirik tif bakteriyasi qo‗shilsa
(vaksina o‗ldirilgan tif bakteriyalarining yoki bu bakteriyalarning oqsil-polisaxarid
majmuasi eritmalaridan iborat), natijada paydo bo‗lgan antitanacha shu tif
bakteriyalarining sirt qatlamiga birikadi, bu
esa ularning bir-biri bilan
yopishishiga, aglutinatsiyaga va o‗limiga olib keladi. Bundan tibbiyot va
veterinariya amaliyotida keng foydalaniladi. Qonning ivishi me‘yoriy chegarada
bo‗lishi uchun organizmga ovqat bilan kirib kelgan K vitaminining miqdori yetarli
bo‗lishi lozim.
Jigarda K vitamini ishtirokida asosiy qon ivish fermenti ‒
protrombin
sintezlanadi. Bu oqsil jigardan qon oqimiga o‗tadi. Jarohatlanganda shikastlangan
to‗qimalardan va trombotsitlardan qonga
tromboplastin ajralib chiqadi, u
plazmaning o‗ziga xos maxsus oqsillari (antigemofil omillar) va Ca
2
ionlari
ta‘sirida trombokinaza fermentiga aylanadi. Trombokinaza
Dostları ilə paylaş: