248
elektrolitlarni
ajratib chiqarish orqali
izotoniya
ning doimiyligini ta‘minlashda
muhim ahamiyatga ega.
Qon vodorod ionlari doimiy konsentratsiyasining (pH)
doimiyligini
ta‘minlaydi, u kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega (7.36-7.40) va qonning bufer
tizimlari (oqsillar, karbonat va fosfat tuzlari) tomonidan boshqariladi. Qon
plazmasi tarkibining doimiyligi shartli ravishda eritrotsitlarning cho‗kish
tezligi
(EChT) ni sarhisob qilish yo‗li bilan aniqlanadi, buning uchun yangi olingan qonga
antikoagulyantlarni qo‗shish asosida cho‗kish tezligini kuzatish lozim bo‗ladi.
Turli xil organizmlarning EChT ko‗rsatkichi
(cho„kish tezligi mm/soat hisobida)
Odam Hayvonlar
Erkaklar
3-9 Otlar 64
Ayollar 7-12 Qoramollar 0.5
Homilador ayollar 45 Qo‗ylar 0.8.
Cho‗chqalar 30
Quyonlar 1.5
EChT plazma tarkibidagi globulinlarning konsentratsiyasi, xolesterin miqdori,
qonning reaksiya faolligiga va boshqalarga bog‗liq bo‗ladi.
EChT qator
kasalliklarda sezilarli darajada o‗zgaradi, shuning uchun uni aniqlash tibbiy
amaliyotda muhim ahamiyatga ega. Sog‗lom
organizmda qonning kimyoviy
tarkibi ham juda tor doiradagi o‗zgarishlarga duch kelishi mumkin.
Aksincha, yuqumli va moddalar almashinuvini izdan chiqishi bilan bog‗liq
kasalliklar, jarohatlanishlar va boshqa patologik holatlarda qonning tarkibi va
xossalarida sezilarli o‗zgarishlar kuzatiladi. Tibbiyotda
va veterinariyada qon
tahlilidan fiziologik holatni baholash uchun keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: