241
boshlangandan keyin yanada mukammallik darajasiga ko‗tarilgan. Metabolizm
jarayonida to‗rtta o‗ziga xos funksiyalar sodir bo‗ladi:
- atrof-muhitdan energiya ajratib olish;
- ekzogen moddalarni ―qurilish bloklari‖ga aylantirish;
- bu qurilish bloklaridan oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, polisaxaridlar va
boshqa hujayra komponentlarini yig‗ish;
- hujayrada o‗z vazifalarini bajarib bo‗lib, ―eskirgan‖ biomolekulalarni
parchalash.
Almashinuv jarayonlarining birligi atrof-muhit sharoitining doimiy ta‘sirida
ekanligini alohida ta‘kidlash lozim. Bu ta‘sir, avvalo,
organizm va tashqi muhit
o‗rtasida uzluksiz ravishda yuz beradigan moddalar almashinuvidir, bu esa hayot
oqsil tanachalarining yashash shakli ekanligini ko‗rsatadi. Barcha reaksiyalarni
katalizlovchi va shu yo‗l bilan metabolitik jarayonlarni boshqarilishini
ta‘minlovchi fermentlar tashqi muhitning ko‗p omillari harorat, pH, har xil nurlar,
tuz tarkibi va h.k.larga nisbatan sezgir bo‗ladi.
Natijada, tashqi sharoit orqali
fermentlar butun metabolizm jarayoniga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Yuqorida qayd
qilingan atrof-muhit omillari tirik organizm tarkibidagi
moddalarning fazoviy
strukturasiga va kimyoviy xossalariga ham bevosita o‗z ta‘sirini ko‗rsatishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: