238
triptofanlarning sintezlanishida dastlabki mahsulot hisoblangan
shikim kislotasini
sintezlanishiga olib keladi. Gistidin pentozafosfat siklining
boshqa ishtirokchisi
riboza-5-fosfatdan hosil bo‗ladi. Oqsillarning karbonsuvlarga aylanishi oqsillarni
aminokislotalargacha
gidrolizlanishidan
boshlanadi,
keyinchalik
ular
d-
dezaminlanadi va hosil bo‗lgan keto kislotalar (piruvat, α-ketoglutarat,
oksaloatsetat) UKSga kiradi va piruvat orqali glukoneogenez
reaksiyalariga
kirishib, karbonsuvlarni hosil qiladi.
Ammo karbonsuvlarni oqsillar bilan taqqoslaganda tirik organizm uchun
hujayra tuzilmalarining asosini tashkil etishda
ancha kerakliroq birikma
hisoblanadi, shuning uchun ularning karbosuvlarga aylanishi tabiatda kamroq
hajmda bo‗ladi. Karbonsuvlar qandli diabetga chalingan
bemorlarda oqsil va
aminokislotalardan faol ravishda hosil bo‗ladi.
Aminokislotalarni uglevodlarga aylanishida buyrakusti bezining po‗stloq
qismi
gormonlari‒glukokortikoidlar
muhim
rol
o‗ynaydi. Almashinuv
jarayonlarida oqsillar va karbonsuvlarning o‗zaro ta‘sirlanishini
boshqa usullari
ham mavjud. Ular, eng avvalo, moddalar almashinuvida xilma-xil va juda muhim
hisoblanib, oqsillar‒karbonsuv komplekslari‒glikoproteinlarning hosil bo‗lishida
namoyon bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: