232
Trombaksan
, asosan, miya, taloq, o‗pka, buyrak to‗qimalarida, shuningdek,
trombotsitlarda
sintezlanadi; u trombotsitlar agregatsiyasini keltirib chiqaradi va
shu bilan tromb hosil bo‗lishiga yordam beradi
va bundan tashqari barcha
prostagladinlar orasida eng kuchli tomirlarni kengaytirish ta‘siriga ega.
Prostatsiklin
tomirlar endoteliyasida,
yurak mushaklarida, bachadon
to‗qimalarida va oshqozonning shilliq parda qavatida sintezlanadi. Tromboksandan
farqli o‗laroq, u qon tomirini silliq mushaklarini bo‗shashtiradi va
trombotsitlarning parchalanishini
keltirib chiqaradi, fibrinolizni kuchaytiradi.
Tromboksanlar va prostatsiklinlar orasidagi nisbat ko‗rsatkichi organizmning
fiziologik holati uchun alohida ahamiyatga ega. Trombozga moyil bo‗lgan
bemorlarda muvozanatni agregatsiya tomon siljitish
tendensiyasi kuzatiladi;
uremiya bilan og‗rigan bemorlarda, aksincha, trombotsitlarning parchalanib ketishi
kuzatiladi.
Materialni mustahkamlash uchun savollar:
1. Gormonlar nima?
2. Gormonlar qanday vazifani bajaradi?
3. Gormonlarning kimyoviy tuzilishi haqida gapirib bering.
4. Gormonlarning ta‘sir mexanizmlari haqida gapirib bering.
5. Gipotalamus gormonlari haqida gapiring
6. Gipofiz gormonlari haqida gapirib bering.
7. Qalqonsimon bez gormonlari haqida aytib bering.
8. Paratiroid gormonlari haqida aytib bering.
9. Buyrakusti bezini mag‗iz qismi qanday gormonlarni ajratadi?
10. Buyrakusti bezini po‗stloq qismi qanday gormonlarni ajratadi?
11. Me‘da osti bezi gormonlar va ularning fiziologik roli haqida aytib
bering.
12. Ayol jinsiy gormonlari va ularning fiziologik roli.
13. Erkak jinsiy gormonlari va ularning fiziologik roli.
14. Ayrisimon bez gormonlari haqida nimalarni bilasiz?
15. Prostaglandinlar haqida gapiring.
16.
Prostaglandinlar, leykotrienlar va trombaxanlar qayerda sintezlanadi?
17. Prostaglandinlar, leykotrienlar va trombaxanlar qanday fiziologik
funksiyalarni bajaradi?
Dostları ilə paylaş: