205
Ovqat mahsulotlari tarkibida tiamin bo‗lmaganida,
vitamin tanqisligi paydo
bo‗lib, u
beri-beri
(qaltirab yurish) deb nomlangan kasallik shaklida namoyon
bo‗ladi. Beri-beri Sharqiy Osiyo mamlakatlarida (Yaponiya, Indoneziya va
boshqalar) aholi orasida keng tarqalgan kasallik bo‗lib, asosan, sayqallangan
(kepagidan tozalangan) guruch iste‘mol qilish tufayli kelib chiqadi. Bunda dastlab
ishtaha, keyin vazn yo‗qoladi va nihoyat moddalar almashinuvi jarayoni umuman
buziladi.
Kasallikning o‗ziga
xos asosiy alomati
polinevrit
‒ asab ustunining
yallig‗lanishi. Kasallikning boshida bemor og‗irlik sezadi,
oyoqlarning ivishi va
chayqalishini, asab ustuni bo‗ylab og‗riqni sezish; keyin sezuvchanlikning
yo‗qolishi va falaj bo‗lib qolish kuzatiladi. Kasallik yurak faoliyati, suv
almashinuvi, ovqat hazm qilishning izdan chiqishi
va oxir-oqibat asab
kasalliklariga, shuningdek, ko‗plab bezlarning patologik o‗zgarishlari va
funksional buzilishlariga olib keladi. Tiamin, asosan, o‗simlik mahsulotlaridan
tashkil topgan ovqat tarkibida uchraydi.
Uning miqdori xamirturush, donli
o‗simliklarning urug‗ida juda ko‗p bo‗ladi.
Sabzi, ismaloq, karam, lavlagi, no‗xat, apelsin va olma B
1
vitaminiga juda
boy. Voyaga yetgan kishi har kuni taxminan 2-3 mg B
1
vitaminini
qabul qilishi
kerak. Ushbu vitaminga bo‗lgan ehtiyoj oziq-ovqat tarkibidagi karbonsuvlar
miqdori ko‗payishi bilan ortadi va yog‗ miqdori oshishi bilan kamayadi. Hozirgi
vaqtda tiamin sun‘iy sintez qilinmoqda va tibbiy amaliyotda markaziy va periferik
(nevrit) asab tizimi kasalliklarini davolashda keng qo‗llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: