203
Vitamin K
2
(menaxinon; n = 6,7 yoki 9)
1929-yilda G.Dam ozuqasi tarkibida lipidlar bo‗lmagan, lekin boshqa barcha
komponentlar yetarli miqdorda bo‗lgan jo‗jalarning teri osti va mushagi ichiga qon
quyilishi ‒ gemorragiya (qon ketishi) paydo bo‗lishiga e‘tibor berdi. Bunda kuchli
qon ketishlar
oshqozon-ichak traktida, ayniqsa, oshqozonda kuzatilgan edi.
Shunday qilib, K vitamini qon ivishida ishtirok etishi aniqlandi. K vitamini qon
ivish jarayonida ishtirok etadigan bir qator moddalarning (protrombin,
trombotropin va boshqalar) biosintezini stimullashi aniqlandi. K vitamini og‗riqni
qoldiruvchi kuchli ta‘sirga ham ega.
Bu vitamin, asosan yashil o‗tlar va
o‗simliklarning yashil barglarida uchraydi. Hayvonlarda K vitamini,
ichak
mikroflorasi tomonidan sintezlanadi va ichak orqali so‗riladi. Yangi tug‗ilgan
chaqaloqlar, ayniqsa, muddatidan oldin tug‗ilgan chaqaloqlarning ichak
mikroflorasi hali shakllanmaganligi sababli K vitaminiga muhtoj bo‗ladi.
Ayniqsa,
homilador ayollar, emizikli onalar va sariqlik kasalligiga
chalingan bemorlar sulfamid preparatlaridan foydalanishi
natijasida ichak florasi
rivojlanishining cheklanishi tufayli K vitaminining biosintezi susayib qoladi.
Hozirgi vaqtda K vitamini sintetik usulda olinadi. Sintetik usulda olingan K
vitamini hator afzalliklarga ega - u suvda eriydi, faol
va shu sababli tibbiyotda
keng qo‗llaniladi. Tibbiyotda ayniqsa, K vitaminining
bisulfidli hosilasi
Dostları ilə paylaş: