211
Singa kasalligida yurak urishini jadallashuvi, nafasning qisilishi, tez
charchash yuz beradi,
shuningdek, organizmning turli xil kasalliklarga, ayniqsa,
oshqozon-ichak trakti va nafas yo‗llari kasalliklariga chidamliligini pasayishi va
qon tomirlari devorlarini shikastlanishi kuzatiladi.
Singa kasalligining o‗ziga xos belgisi qon tomirlari devorlari, ayniqsa,
kapillarlari
shikastlanadi, ularning devorlarini mo‗rtligi va o‗tkazuvchanligi oshib
ketadi. Qon tomirlarining shikastlanishi qon ketishi, qon oqishiga va milklarning
shikastlanishiga olib keladi. C vitamini biriktiruvchi va tayanch to‗qimalarini
shakllanishida ishtirok etadigan xondromukoid oqsilini hosil bo‗lishini
stimullashi aniqlandi. Singada, ayniqsa, tishlarning ham shikastlanishi kuzatiladi.
Bunda
suyaklarning sinishi, tishlarning bo‗shashi va tushib ketishi yuz beradi.
Suyak to‗qimasining o‗zgarishlari bu to‗qimaning mustahkamligini belgilovchi
oqsil-kollogenning hosil bo‗lishini izdan chiqishi tufayli yuz beradi. Shuningdek,
singada kislotalikning kamayishi, me‘daning fermentativ
faolligining pasayishi
kuzatiladi. Askorbin kislota tirozin va fenilalaninning oksidlanishiga, kollagen
oqsilining hosil bo‗lishiga, jigarda glikogenning sintezlanishi va yig‗ilishiga olib
keladi. Askorbin kislota qon ivishini kuchaytiradi, buyrak usti bezi po‗stloq qismi
gormonlarining hosil bo‗lishi va oksidlanishida muhim rol o‗ynaydi, toksinlar
(difteriya, sil, dizenteriya va h.k.)ni va ba‘zi kimyoviy zaharlar(mishyak,
qo‗rg‗oshin, benzol va boshqalar)ni neytrallannishida
ishtirok etadi; bilirubin va
o‗t sekretsiyasini kuchaytiradi. C vitamini manbayi sabzavot mahsulotlari
hisoblanadi. Lekin bu vitamin hayvon mahsulotlarida ham ko‗p miqdorda
uchraydi. Quyida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi C vitaminini mg %
hisobidagi miqdori bo‗yicha ma‘lumotlar keltirilgan. O‗simlik
mahsulotlaridan
na‘matakda ‒ 1500; pomidorda ‒ 40; yerqalampirida ‒ 250; ismaloqda ‒ 50;
gilosda ‒ 15; qulupnayda ‒ 60; smorodinada ‒ 300; malinada ‒ 30; apelsinda ‒ 40;
yong‗oqda ‒ 1200; yozda nina barglilarda ‒ 100; qishda nina barglilarda ‒ 250;
olma qishda ‒ 30; ko‗k piyoz qishda ‒ 60; turp qishda ‒ 23; hayvon mahsulotlari:
212
jigar qishda ‒ 25-40; go‗sht qishda ‒ 2-10; sut qishda ‒ 1; qimiz qishda ‒ 20 mg %
uchraydi.
Voyaga yetgan odamning C vitaminiga bo‗lgan kunlik ehtiyoji, mehnatining
intensivligi va tabiatiga bog‗liq holda 50-100 mgni tashkil qiladi. Homilador
ayollar va emizikli onalar uchun bir kunlik talab 100-150 mgni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: