128
atsetilglyukozamin takrorlanish ko‗rinishida tasavvur qilish mumkin. Ulardan
birini C-2 o‗rnida sulfatlangan L-iduron kislota va N-atsetilglyukozamin bo‗lsa,
ikkinchisini C-6 o‗rnida sulfatlangan β-glukuron kislota va N-atsetilglyukozamin
bor.
Geparin sulfat –
kam sulfatlangan polisaxarid bo‗lib, ko‗p
miqdorda N-
atsetil guruhlarga, kam miqdorda – N-sulfat guruhlarga ega bo‗lgan xuddi
yuqoridagi kabi fragmentlardan tashkil topadi. Trombotsitlar va endotelial
hujayralarning
yuza qismida uchraydi, bunday bo‗lishini sababi ularning
antikoagulant sifatidagi funksiyasi bilan bog‗liq.
7.4.3. Glikoproteinlar va glikopeptidlar.
Glikoproteinlar
nooqsil tabiatli qismi karbonsuvlardan tashkil topgan
murakkab oqsillardir. Bu birikmalarda oqsil o‗ziga xos tavsifli asos hisoblanib,
unga karbonsuv guruhlari birikadi.
Kimyoviy
xususiyatlariga mos tarzda
glikoproteinlar haqiqiy glikoproteinlarga va proteoglikanlarga bo‗linadi. Ular
orasidagi farq shundaki, haqiqiy glikoproteinlar, odatda 15-20 gacha oligosaxarid
shaklida
takrorlanmaydigan
monosaxarid
komponentlariga
ega
bo‗ladi,
proteoglikanlar esa juda ko‗p
karra takrorlanadigan, asosan o‗ziga xos disaxarid
tavsifli monosaxarid birliklaridan tashkil topgan bo‗ladi.
Haqiqiy glikoproteinlarning molekulyar og‗irligi keng chegaradagi kattalikda,
ba‘zan 1 mln Da va undan ham ziyod bo‗ladi. Ularning tarkibida 10 dan ziyod
karbonsuv komponentlari, xususan: D-galaktoza, D-mannoza,
D-glyukoza, N-
atsetilgalaktozamin, N-atseltilgalaktoza, N-atsetilmannozamin, L-fukoza, D-
ksiloza, L-arabinozalar uchraydi. Bu polisaxaridlarning
tipik vakili neyramin
kislota hisoblanadi. Proteoglikanlar molekulyar massasi juda yuqori va oqsil qismi
mayda bo‗ladi. Ularning karbonsuv qismi: gialuron kislota, xondroinsulfat,
geparin, geparinsulfat va keratansulfatlardan tashkil topgan. Glikoprotein va
glikopeptidlarning biologik ahamiyati xilma-xildir. U tanlov asosida «tanish»
funksiyasi, shuningdek, transport, katalitik va struktura-mexanik funksiyalarini o‗z
ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: