129
organizmning boshqa ehtiyojlari uchun sarflanadi. Lekin karbonsuvlar moddalar
almashinuvi jaryonida yana
bir muhim funksiyani bajaradi, ya‘ni ular lipidlar,
oqsillar va nuklein kislotalarni biosintezi uchun dastlabki mahsulot vazifasini
bajaradi. Organik moddalarni birlamchi biosintezi
jarayonida karbonsuvlarda
karbon atomlari o‗zaro bog‗lanadi va energiyani zaxiralanishi yuz beradi.
Asosan, karbonsuvlarning parchalanishi boshqa barcha organik birikmalar
sintezini karbon atomlari va energiya bilan ta‘minlaydi. Organizmda
karbonsuvlarning
almashinuvi,
asosan,
ularni
oshqozon-ichak
yo‗lida
parchalanishi
va yana besh
xil boshqa xildagi jarayonlar, ya‘ni:
glikogenning
sintezi va parchalanishi, glyukozaning anaerob va aerob parchalanishi,
geksozalarning o‗zaro almashinuvi, pirouzum kislotasini aerob metabolizmi,
glukoneogenez
yoki
nokarbonsuv mahsulotlardan karbonsuvlarning
hosil
bo‗lishini o‗z ichiga oladi.
7.5.2. Karbonsuvlarning oshqozon-ichak yo‗lida
parchalanishi.
Kraxmal yoki glikogenning parchalanishi so‗lak amilazasi ta‘sirida og‗iz
bo‗shlig‗ida boshlanadi. Og‗iz bo‗shlig‗ida dekstrinlar
va juda kam miqdorda
maltoza hosil bo‗ladi. Keyin ovqat me‘daga o‗tadi. Me‘dada amilazaning ta‘siri
yo‗qoladi, chunki me‘da shirasini muhiti nordon bo‗ladi. Kraxmalning
parchalanishini muhim fazasi oshqozonosti bezining α-amilazasi ta‘sirida o‗n ikki
barmoqli ichakda bo‗lib o‗tadi. Bu joyda pH ko‗rsatkichi neytralga yaqin bo‗ladi
va bunda ferment maksimal faollikka ega bo‗ladi. Ichakda α-amiladan tashqari
kraxmalni parchalanishida amilo-1,6-glukozidaza va oligo-1,6 glukozidazalar ham
ishtirok etadi. Maltoza esa maltaza ta‘siriga duch kelib, u maltozani ikki molekula
glyukozagacha parchalaydi. Ichak shirasi tarkibida saxarozaga ta‘sir
etuvchi
saxaraza fermenti ham bo‗ladi va uni ta‘sirida saxaroza bir molekula glyukoza va
bir molekula fruktozagacha parchalanadi. Shuningdek, ichak shirasida laktozaga
ta‘sir etuvchi laktaza fermenti uni glyukoza va galaktozagacha
parchalanishini
ta‘minlaydi.
Shunday
qilib,
polisaxaridlarning
parchalanishi
natijasida
turli
monosaxaridlar hosil bo‗ladi, ular ichak devori orqali har xil tezlikda so‗riladi.
Dostları ilə paylaş: