Bemorlarning



Yüklə 50,42 Kb.
səhifə2/5
tarix13.03.2023
ölçüsü50,42 Kb.
#87556
1   2   3   4   5
ASAB KASALLIKLARINI TEKSHIRISH

Asab sohasini tekshirish





  1. Ruhiy holati va gapirishi. Hushi o‘zida yoki hushdan ketgan, hamma gapni tushunadi, savollarga to‘g‘ri javob beradi, joyni, vaqtni aniq ayta oladi, yoshi olgan ma’lumotiga to‘g‘ri keladi.

  2. Kalla suyagi shakli odatdagidek, aylanasimon, paypaslab ko‘rilgan- da chandiq, kemtik izlari ko‘rinmaydi. Barmoq bilan urib ko‘rilganda kalla sohasida og‘riq sezilmaydi.

  3. Umurtqa pog‘onasi shakli odatdagidek, ko‘krak kifozi, bel lordozi me’yorida, skalioz yo‘q, umurtqa pog‘onasining hamma tomonga harakatlari to‘liq, og‘riq sezmaydi. Umurtqa pog‘onasi bo‘ylab suyaklarni paypaslaganda va urib ko‘rilganda og‘riq sezmaydi.

  4. Meningial belgilar-ensa mushagining tarangligi, Kernig, Brudzins- kiy (yuqori, o‘rta, pastki) belgilari, ko‘tarilish va kalla suyagining katta havzacha belgisi tarangligi aniqlanadi. Bosh og‘riq, bosh aylanish, yorug‘lik va shovqinni yoqtirmaslik, qusish belgilari.

  5. Kalla bosh miya nervlari. Hidlov nervida bemor burunning ikkala teshigi bilan hidning bir xilligini sezishi aniqlanadi. Bunda hid bilishning susayishi yoki yo‘qolishi (anosmiya), ko‘payishi, hidlarni ajrata bilish, yo‘q hidlarni aytish. Tekshirganda o‘tkir, achchiq hidlar hidlatilmaydi. Kamfora moyi, kerosin va boshqa moddalarning hidlari o‘ng va chap burun teshiklariga alohida-alohida sezish qobiliyati tekshiriladi. Ko‘ruv nervida ko‘ruv o‘tkirligi visus-od=os=1,0 ga teng, ko‘rish maydoni (tashqariga 90°, ichkariga 55°, yuqoridan 55°, pastdan 70° ga teng), ranglarni ajrata bilish har bir ko‘zda alohida tekshiriladi, ko‘z tubi tekshiriladi. Ko‘z olmasini harakatlantiruvchi nerv, g‘altaksimon nerv, uzoqlashtiruvchi nervlar uchalasi birgalikda tekshiriladi. Ko‘z olmasining hamma tomonga harakatlari bir xil to‘liq, og‘riq sezmaydi, jismlarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi (diplopiya), yuqori qovoq pastga tushib qolgan (ptoz), ko‘z qorachig‘ining tebranib turishi (nistagm), ichkariga va tashqariga qarab qolgan g‘ilayliklar, ko‘z qorachig‘ining kattaligi va yorug‘likka to‘g‘ri hamda moslashgan javobi tekshiriladi. Ko‘z qorachig‘ining akkomodatsiya va konvergensiyasi aniqlanadi. Uch tarmoqli nervning chiqish joylarini bosib ko‘rib, og‘riq tekshiriladi. Yuzdagi og‘riqni sezish ikki tomondan bir xilligi, tilning oldingi 2/3 ta’m bilish o‘ng va chap tomoni aniqlanadi. Chaynov mushaklarining ikki tomondan kuchi, atrofiyasi tekshiriladi. Yuz nervi ko‘rilganda yuzda- gi ajinlarning bir xilligi, tinch holatda yuz ikkala tomondan bir xil, peshona qatlamlari bir xil rivojlangan, qoshlar bir xil kenglikda, burun-lab qatlami bir xil, og‘iz burchaklari bir xilda. Mimik sinovlarda yuzdagi harakatlar ikki tomondan qoshlarni bir xil ko‘taradi, ko‘zlarni yaxshi yuma oladi, tirjayganda burun-lab qatlami ikki tomonga bir xil ketadi, lunjlarni shishira oladi. Eshituv nervi: koxleyar qismi — eshitish o‘tkirligi, quloqda shovqin, shang‘illash va eshitish gallutsinatsiyalari. Vestibular qismi — bosh aylanish, nistagm, muvozanat buzilishi. Til — halqum nervi va sayyor nervlar

birgalikda ko‘riladi. Ovoz chiqishi tiniq yoki dimoq bilan gapiradi, yutishi yaxshi yoki yutganda qiynaladi, yutganda ovqat burundan qaytib tush- maydi. Yumshoq tanglay simmetrik, sezuvchanligi, tanglay va halqum ref- lekslari, tilning orqa 1/3 qismida ta’m bilish o‘ng va chap tomondan alohida tekshiriladi. Qo‘shimcha nerv boshni harakatlantirish orqaga, o‘ng va chap tomonga, yelkani ko‘tarish o‘ng va chap tomoni, kuraklarni bir-biriga yaqinlashtirish aniqlanadi. Til osti nervi-til og‘iz ichidan to‘g‘ri chiqarila- di, til harakatlari hamma tomonga to‘liq, atrofiya va til mushak tolalarining tortilishiko‘riladi.


  1. Yüklə 50,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin