O’ZBEKISTON REAPUBLIKASI AXBOROT VA KOMMUNIKATSION TEXNALOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Elektronika va sxemalar 2 MUSTAQIL ISH Mavzu: “A” sinfga mansub ovoz kuchaytirgich kaskadlari.
TOSHKENT - 2023 Mavzu: “A” sinfga mansub ovoz kuchaytirgich kaskadlari.
Reja: Chiqish kaskadlari haqida tushuncha.
“A” sinfda mansub ovoz kuchaytirgich kaskadlari haqida tushuncha.
Bir taktli chiqish kaskadlari.
Ikki taktli chiqish kaskadlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Chiqish kaskadlari haqida tushuncha.
Umumiy ma’lumotlar. Signal manbai quvvati yetarli bo‘lmaganda yuklama RYu deb ataluvchi bajaruvchi qurilma normal ishlashi uchun kuchaytirgich qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Akustik tizimlar, elektron-nur trubkalar, keyingi kuchaytirgich kaskadning kirishi va boshqalar yuklama bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kirish signali manbai yoki datchik turli noelektr kattaliklarni elekt rsignalga birlamchi o‘zgartiradi. Mikrofon, detektor, fotoqabulqilgich, avvalgi kuchaytirgich qurilma chiqishi va boshqalar kirish signallari manbai bo‘lib xizmat qiladi. Yuklamada hosil qilinishi zarur quvvat yordamchi kuchlanish manbaidan (to‘g‘rilagich, akkumulyator, batareya) olinadi. Energiyani kuchlanish manbaidan yuklamaga uzatishda kuchaytirgich qurilma yoki kuchaytirgich «vositachilik» qiladi.
Ideal kuchaytirgichning eng umumiy xususiyati kirish quvvati RKIRni RChIQga quyidagicha ko‘rinishda o‘zgartirishdan iborat:
(1)
Ya’ni chiqish kuchlanishi qiymati kuchaytirgich ishlayotgan sharoitga, xususan, yuklama qarshiligi va kirish signali manbaining ichki qarshiligiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
Bu shart ideal kuchaytirgichlardagina bajariladi. Ularning chiqishida cheksiz quvvat ajraladi va kirishda mutlaqo energiya sarflanmaydi. Real kuchaytirgich xususiyatlari esa ideal kuchaytirgich xususiyatlariga biroz yaqinlashadi.