Kuchaytirgich deb, manba energiyasini kirish signali qonuniyatiga mos ravishda chiqish signali energiyasiga o‘zgartiruvchi qurilmaga aytiladi.
Kuchaytirishni ta’minlash uchun ideal kuchaytirgich o‘z tarkibida kirish signali ta’sirida qarshiligini chiziqli o‘zgartiruvchi elementga ega bo‘lishi zarur. Lekin hozirgi kungacha qarshiligini chiziqli o‘zgartiruvchi kuchaytirgich elementlar mavjud emas. Shuning uchun kuchaytirishni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan boshqariluvchi element sifatida Btva Mtlar ishlatiladi. Nochiziqli VAXga ega bo‘lgan holda, tranzistor amalda boshqariladigan qarshilikni ifodalaydi. Qarshilik qiymati tranzistorning ulanish usuli, boshqaruvchi signal qiymati va ishorasiga bog‘liq bo‘ladi. Tranzistorlarning asosiy kamchiliklari bo‘lib VAXining nochiziqligi va temperaturaga bog‘liqligi hisoblanadi.
Kuchaytirgichning tuzilish sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, u kirish RKIR va chiqish RChIQ qarshiliklari hamda kuchlanish manbaidan tashkil topgan. Kuchaytirish kaskadi, ko‘p kaskadli kuchaytirgich yoki OK kuchaytirgich bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kuchaytirgichning 1 va 2 kirish elektrodlariga kuchaytirilishi zarur bo‘lgan signal manbai (datchik) ulanadi. Datchik EyuK generatorli YeG ekvivalent ikki qutblilik (6.1,a-rasm) yoki ichki qarshiligi RG bo‘lgan tok generatori IG(6.1,b-rasm) sifatida ko‘rsatiladi.
Agar RKIR>>RG bo‘lsa, kuchaytirgichni boshqarish kuchlanishbilanamalga oshiriladi. Bu holda kirish toki e’tiborga olmasa bo‘ladigan darajada kam va kuchaytirgich kirishidaUKIR signal YeG ga yaqin bo‘ladi. RKIR<G bo‘lganda esa, YeG/RGga yaqin kirish toki IKIR bilan ifodalanadi, buvaqtda kirish kuchlanishini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Bu holda kuchaytirgichni boshqarish tok bilan, RKIR ≈ RG bo‘lganda esa, boshqarish quvvat bilanamalga oshiriladi.
a) b)
1-rasm. Kuchaytirgichning tuzilish sxemasi.
Yuklama 3 va 4 elektrodlarga ulanadi. Agar RYu>>RChIQ bo‘lsa, kuchaytirgich yuklamada kuchlanish manbai EYuKYeG ga qadar UChIQ kuchlanish hosil qiladi, bunda chiqish toki e’tiborga olmaydigan darajada kam bo‘ladi. Bunday rejim potensial chiqish deb ataladi. RYu<ChIQ bajarilganda esa, chiqishda kuchaytirgich qisqa tutashuvga yaqin rejimda ishlaydi va chiqish toki YeG/RChIQga qadar, chiqish kuchlanishi esa e’tiborga olmasa bo‘ladigan darajada kichik bo‘ladi. Bu rejim tokli chiqish deb ataladi.