Axborot va komunikatsiya


AXBOROTLARNING TURKUMLANISHI



Yüklə 128 Kb.
səhifə3/3
tarix06.12.2022
ölçüsü128 Kb.
#72783
1   2   3
TATUFF Talabasi 642 20-guruh talabasi Jabborov Oyatulloh

3.AXBOROTLARNING TURKUMLANISHI.


Boshqaruv axborotlari o’ta turli-tuman bo’lganliga tufayli mazkur boshqarish qarorlarini ishlab chiqish uchun zarur va yetarli axborotni tanlab olish ancha qiyin. Barcha axborotlarni o’ziga xos belgilariga qarab tur va guruhlarga axratish, ya’ni klassifikasiya qilish yoki tasniflash, bu qiyinchilikni bartaraf etish yoki bir oz yengillashtirishga ma’lum darajada yordam beradi.
Turkumlanganda axborot tizimi har tomonlama soddalashadi, shuningdek, uni to’plash, uzatish va turlarga ajratish osonlashadi, buning natijasida rahbar xodimlar axborot bilan to’liqroq ta’min etiladi. Barcha axborotlarni quyidagi belgilar bo’yicha turkumlash mumkin.
Axborotlar turlari

T/r

Turkumlash
belgilari

Guruhlar

1.

Mazmuniga

• iqtisodiy

qarab

• huquqiy
• sotsial
• texnikaviy
• tashkiliy

2.

Kelish manbai va

• ichki axborot

foydalanish joyiga qarab

• tashqi axborot

3.

Kimga

• korxona uchun

mo’ljallanganligaga

• bo’lim uchun

qarab

• sex uchun
• uchastka uchun

4.

Barqarorlik

• oddiy axborot

xarakteriga qarab

• shartli-doimiy axborot
• o’zgarib turuvchi axborot

5.

Foydalanish uchun

• dastlabki axborot

tayyorligiga qarab

oraliq axborot
• yakuniy axborot

6.

Davriyligiga qarab

• smenali axborot
• sutkali axborot
• kvartallik axborot va hokazo.

7.

Boshqaruv

• direktiv axborot

jarayonidagi vazifasiga qarab

• hisobot ko’rinishida axborot
• hisobga olish bo’yicha axborot
• nazorat qilish bo’yicha axborot

8.

Voqyealarning

• tarixiy axborot

kelib chiqishini aks

joriy axborotlar

ettirish vaqtiga qarab

• perspektiv axborotlar

9.

Mo’lj allanganligiga qarab

• bir maqsadli axborotlar
maqsadli axborotlar, ya’ni ko’p muammolarni yechishga mo’ljallangan axborotlar

10.

Mustahkamlash
va saqlash imkoniyatiga qarab

• og’zaki axborotlar
• yozma axborotlar
• ovozli axborotlar
• tasvirli axborotlar va h.k.

11.

Muhimligiga qarab

• o’ta muhim axborot (ko’rsatma,
qo’llanma)
• muhim bo’lmagan axborotlar va h.k.

12.

To’liqligiga qarab

• to’liq, kompleks axborotlar
• to’liq bo’lmagan axborotlar

13.

Xarakteriga qarab

• individual axborotlar
• funksional axborotlar
• universal axborotlar

14.

Ishonchliligiga qarab

• ishonchli axborot
• ehtimolli axborot

Ishlab chiqarish doimiy rivojlanishda bo’lganligi sababli axborot turlari, soni va ko’lami ham ko’payib boraveradi. Shu bois yuqorida keltirilgan turkumlashni to’liq deb bo’lmaydi. Barcha boshqarish vazifalarini kompleks hal etish uchun axborotlar har bir boshqarish ob’yektining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib aniq turkumlanadi.

4. KOMMUNIKATSION JARAYON.


Kommunikatsion jarayon - bu ikki va undan ortiq odamlar o’rtasidagi axborot almashish jarayonidir. Bu jarayonda to’rtga bazaviy unsur qatnashadi:
• axborotni jo’natuvchi;
• axborotning o’zi (xabar);
• aloqa kanali, ya’ni axborotni uzatish vositasi;
• axborotni qabul qiluvchi.
Ana shu to’rt unsur bir-biri bilan hamohang ishlagandagana, axborot o’z vazifasini bajaradi. Axborotlarni almashuv jarayonida har ikkala tomon (jo’natuvchi va qabul qiluvchi) faol rol o’ynashi kerak.
Kommunikasion jarayonni quyidagi 6 bosqich ketma-ketligida bajariladigan ishlar majmuasi tariqasida ifodalash mumkin:
1. Axborotni tanlash va g’oyani shakllantirish. Bu bosqichda axborotni qabul qiluvchiga qanday topshiriqni, qaysi g’oyani berish to’g’risida fikrlaydi va uni shakllantiradi..
2. Axborotlarni kodlashtirish va axborot (xabar)ni shakllantirish. Bu yerda axborotni jo’natuvchi o’zining g’oyasini grafik va chizmalarda, yozma ovozda yoki tasvirda kodlashtiradi.
3. Aloqa qilish kanalini tanlash va axborot (xabar)ni uzatish.
Kodlashtirish bilan bir qatorda axborotni uzatuvchi kommunikatsiyaga muvofiq ravishda uzatish kanalini tanlaydi. Shunday kanallar turkumiga: pochta, telefon, telefaks, elektron pochta, kompyuter shoxobchasi va boshqalar kiradi.
4. Dekodlashtirish va axborotni qabul qilshp. Dekodlashtirish deganda uzatilayotgan xabarni, axborotni qabul qiluvchi fikriga o’tkazish, belgilarda ifodalash tushuniladi. Agar bir tomon axborotni taklif etsa, ikkinchi tomon uni hyech qanday to’siqsiz sababli, axborot yetkazilguncha yo’l- yo’lakay turli shov- shuvlarga duch kelib asl mohiyatini yo’qotish mumkin. Shu sababli teskari aloqa xam mavjud.
5. Axborotni talqin qilish va javobni shakllantirish Bu bosqichda axborot uzatuvchi bilan axborotni qabul qiluvchi o’z o’rinlari bilan almashinadilar. Axborotni qabul qiluvchi olgan axborotni talqin qiladi va javobni shakllantiradi.
6. Javobni uzatish. Shakllantirilgan javob tanlab olingan kanal orqali axborotni uzatganga qaytib uzatiladi va shu bilan kommunikasion jarayon tugaydi. Hozirgi paytda eng muhim kommunikatsiya vositasi sifatida kompyuterlar xizmat ko’rsatmoqda. Ular yordamida axborot to’planadi, dasturlar tuziladi, ma’lumotlar banki hosil qilinadi. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki iqtisodiyotning barcha jabhalari uchun o’ta zarur.
Shuni qayd qilish lozimki, shaxslararo axborot almashuv jarayonida ayrim muammolar tug’ilishi mumkin. Shunday muammolar turkumiga quyidagilarni qayd qilish mumkin:
• Idrok qilishdagi ruhiy farq.
• Ma’naviy (semantik) to’siq.
• Noverbal imo-ishoralar.
Fil’trlash.
Aloqa kanallarining haddan tashqari ko’payib ketishi.
Nomaqbul tashkiliy struktura (tarkib).
Ma’lumki, kishilar bir xil ma’lumotni o’zlarining bilim darajalari, hayotiy tajribalari, qiziqish doiralari, extiyojlari, hissiy tushularning turlichaligidan o’zlaricha turlicha talqin qiladilar va qabul qiladilar. Bu o’rinda rahbar bilan bo’ysunuvchi o’rtasidagi munosabat ham muhim rol o’ynaydi. Bir- biriga ishonch va o’zaro bir-birini anglash bor joyda axborot ko’lami kengayadi, ularning aniqligi oshadi, javobgarlik qam bir xilda bo’ladi.
Ma’naviy (semantik) to’siq uzatilayotgan axborotni kodlashtirishda qo’llanilgan belgi (simvol)larning axborotni qabul qiluvchilar didlariga (ularning lavozimlari, mavqyelari, mintalitet, milliy urf-odatlari nuqtai nazardan) mos tushmaganligida namoyon bo’ladi.
Simvol (belgi)lardan tashqari axborotlar bilan almashuv chog’ida noverbal, ya’ni ogzaki yoki so’zda emas, balki imo-ishoralar, masalan, chehra, savlat, vajohat, tovushning o’zgarib turishi kabilar ham bajaruvchiga aytiladigan so’z mohiyatini tubdan o’zgartirilgan holda yetkazilishiga sabab bo’lishi mumkin. Ruhshunoslarning fikricha, so’z bilan aytiladigan axborotning 90 % gacha qismi so’z orqali emas, balki noverbal yo’l bilan qabul qilinar ekan.
Filtrlash - axborotning iste’molchiga tez yetib borishi jarayonida uni ixchamlashtirish, noxush "ma’lumotlar" dan tozalash maqsadida axborot soddalashtiriladi, qayta ishlanadi, tegishli jamlar chiqariladi. Bundan tashqari quyi bo’g’indagi rahbarlar, o’zlari xoxlamagan, ammo yuqori bo’g’indagi rahbarlar bilishi shart bo’lmagan axborotlarni yubormaydilar. Shu tariqa axborotlar filtrlanadi.
Aloqa kapitallarining haddan tashqari ko’payib ketish ham kommunikasion jarayonga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday muammo axborotlarni qayta ishlash va ularni uzatish vositalarning yetishmovchiligi yoki ularning nomukammalligi oqibatida sodir bo’ladi.
Noma’qul tashkiliy struktura ham kommunikasion jarayonda muammo tug’diruvchi omillardan biri hisoblanadi. Qanchalik boshqaruv bo’g’inlari ko’p bo’lib, funksiyalar, vazifalar va vakolatlar bir-birini ko’p takrorlasa, shunchalik axborotning manzilga yetib borishi sekinlashadi. Natijada shu davr ichida har bir bo’g’inda o’ziga maqbul bo’lgan "tuzatishlar" kiritiladi. Bu jarayonda bo’limlar va bo’g’inlarda sodir bo’ladigan ixtiloflar axborotlar almashuviga va qarorlarni qabul qilishga jiddiy tusiqlarni yaratadi.
Tabiat odamga ikkita quloq, ammo faqat bitga til ato etgan. Ohistagina aytmoqchi bo’lsak, bu degan so’z — gapirishdan ko’ra ko’proq eshitish kerak. Eshitish uchun ikkita quloq zarur: biri — so’z mohiyatini qabul qilish, ikkinchisi — so’zlovchi hissiyotini ilib olish uchun kerak.
Quloq solishni istamaydiganlar asosli qarorlar qabul qilish uchun yetarli axborotni olishga muvaffaq bo’lmaydilar. O’zingizning quloq solish qobiliyatingizni o’stirish niyatida bo’lsangiz so’zlashuvdan so’ng o’zingizga o’zingiz baho berishga harakat qiling. Buning uchun shu jarayonda qayd qilingan 10 qoidaga binoan qanday samarali ish qilganingizni o’zingizdan so’rang. Shundan so’ng qaysi qoidalar ustida ishlashingiz va o’zingizni takomillashtirishingiz ayon bo’lib qoladi.

Qoidalar

Izoh

So’zlashdan to’xtang

• Gapira turib quloq solish mumkin emas. Har bir kishiga shivirlab, ammo, "hyech kimga ovoza qilma" degan naql bor.

So’zlovchiga o’zini erkin
tutishga yordamlashing

Gapiruvchi kishiga o’zini erkin utishi uchun
sharoit yarating. Ko’pincha buni hal qiluvchi muhitni yaratuvchi deb atashadi.

O’zingizni so’zlovchiga quloq solayotganingizni ko’rsating

• O’zingizni manfaatdor ekanligingizni ko’rsating va shunga mos ravishda harakat qiling.
So’zlashuv jarayonida gazeta, jurnal
o’qimang. Eshita turib unga rad qilish bahonalarini izlamasdan, balki uni tushinshiga

G’ashga tegadigan holatlarni bartaraf qiling

• Rasm chizib turmang, stolga urmang, qog’ozlarni bir joydan ikkinchi joyga qo’zg’atavermang, ehtimol eshik yopib qo’yilsa,
xonada sokinlik bo’ladi.

Bardoshli bo’ling

Vaqtni ayamang. So’zlaguvchini bo’lmang.
Chiqishga zo’r bermang, eshik tomon qadam

So’zlovchiga hamdard bo’ling

So’zlovchini o’zingizning o’rningizga qo’yib ko’ring.

Xarakteringizni saqlay biling

G’azablangan kishi suhbat mazmuniga noaniqlik
kiritish payida bo’ladi.

Bahsga va tanqidga yo’l qo’ymang

Bunday hol so’zlovchini himoyaga o’tishga majbur qiladi. U jim bo’lib qolishi yoki jahli chiqishi mumkin. Aynan bahsda g’olib chiqib, bu
bilan yutqazgan bo’lasiz.

Savollar bering

Bu so’zlovchini ilhomlantiradi, u Sizning uni
quloq solayotganingizga yana bir iqror bo’ladi. Bu oldinga jilishga yordam beradi.

So’zlashdan to’xtang

Birinchi maslahat ham shundan boshlangan. Oxiri ham shu bilan tugaydi. Zero, qayd qilinganlarning barchasi shunga bog’liq. Siz gapirishdan to’xtamas ekansiz, demak, samarali quloq solishni


Xulosa.
Agar rahbarlar kommunikatsiyaning mazmuni va mohiyatini tushunmasalar va unga ahamiyat bermasalar, tashkilotning strukturasida uzilishlar yuz berishi mumkin.Shu sababli kommunikatsiya jarayonining har bir bosqichida informatsiya o’z mahnosini o’zgartirmay tezkor harakat qilishini tahminlash zarur.Faqat teskari aloqa vositasi orqaligina rahbarlar tashkilotning turli bo’limlari, quyi boshqarish pog’onalari, ishlab chiqarish jarayoni va umuman turli xil xatti harakatlar to’g’risida informatsiyaga ega bo’ladilar.Bularsiz tashkilotning keyingi holatini aniqlab bo’lmaydi. Teskari aloqada qabul qiluvchi va uzatuvchi o’z o’rinlari bilan almashadilar va bunda qabul qiluvchi yetkazilgan informatsiyani qanday tushungani, unga munosabati (reaksiyasi)ni bildiradi.Teskari aloqa yordamida informatsiya almashish jarayoni samaradorligi oshadi va shovqinlar kamayadi. Yomon o’rnatilgan teskari aloqa va informatsiyani qabul qilishni bilmaslik (masalan, tinglashni) samarali kommunikatsiyaga to’siq bo’ladi. Odatda kommunikatsiyalarning samaradorligini oshirish uchun teskari aloqaning shakllanishi rag’batlantiriladi. Teskari aloqada bo’ysunuvchilar rahbariyatning xatti-harakatlari, tashkilot maqsadlariga erishish yo’llari, mahsulot sifatini oshirish, tarkibiy o’zgarishlar va boshqa masalalarga o’z fikr va mulohazalarini yuqoriga bildirish imkoniga ega bo’lishlari kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tah- did, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. — T.: O‘zbekiston, 1997.
2. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T.: O‘zbekiston, 1995.
3. O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonu- ni. — T.: «Adolat», 1998.
Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin