Reja I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 60,07 Kb.
səhifə1/12
tarix27.07.2023
ölçüsü60,07 Kb.
#137676
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Insonning mehnat salohiyati tushunchasi


Reja


I. Kirish……………………………………………………………………………3
II. Asosiy qism
2.1. Mehnat salohiyati tushunchasi…………………………………………6
2.2. Tashkilotdagi korxonalardagi xodimning mehnat salohiyati
tushunchasi. ………………………………………………....................17
2.3. Mehnat salohiyati unumdorligini oshirish omillari…………………22
III. Xulosa……….………………………………………………………………..29
IV. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari, saytlari ro’yxati……..32

I. Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining rivojlanish jarayonida mehnat resurslaridan samarali foydlanish yo’nalishlarini aniqlash, kelajakda mehnat samaradorlgini oshirishning shart-sharoiti bo’lib hisoblanadi. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida takomillashib bormoqda, bu esa ijtimoiy mehnat unumdorligi oshishining garovidir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish insonning tashabbuskor va faol bo’lishini nazarda tutadi. Uning qanday yashashi o’zining yangi iqtisodiy tizimga singib, u bilan hamohang bo’lib ketish mahoratiga bog’liq bo’ladi. Insonning jismoniy imkoniyatlari va ma’lumotlilik darajasi, ma’naviyati qanchalik yuqori bo’lsa, bu narsa shunchalik muvaffaqiyatliroq kechadi.
Zarur jismoniy va ma’naviy imkoniyatlar insonning yoshiga bog’liq bo’ladi. Ular inson hayotining ilk va yetuk davrlarida shakllanadi va rivojlanib boradi, keksalik chog’ida esa bir muncha kamayib boradi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi, shuningdek oldimizdagi qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etish mehnat resurslaridan samarali foydalanishni talab etadi. Mehnat resurslari esa, ma’lumki, ishlab chiqarishning asosiy omili bo’lib, boshqa resurslarga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Mehnat resurslariga aholining zarur jismoniy kuchga, bilimga, tegishli tarmoqdagi mehnat ko’nikmalariga ega bo’lgan qismi kiradi. Iqtisodiyot tarmoqlarida kerakli mehnat resurslari bilan ta’minlanishi, ulardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo’lishi mahsulot hajmini ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga ega.
Bugungi kunda oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishishimiz jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis
kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqdir. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda.
Bozor munosabatlari jarayonida g’oyat ulkan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish ko’p jihatdan ijtimoiy ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, xalq faravonligini oshirishning hal qiluvchi sharti bo’lgan mehnat unumdorligi darajasi bilan bog’liqdir.
Yuqorida aytilgan fikrlar va mavjud muammolarning barchasi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini kompleks tadqiq qilishning alohida dolzarbligi va zarurligini asoslab, mazkur bitiruv -malakaviy ishning mavzusini tanlashga turtki bo’ladi.

Yüklə 60,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin