"audit" fanidan


Asosiy vositalar bilan bog‘liq muonialalarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə4/4
tarix24.09.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#147649
1   2   3   4
БҲА-81-2 Файзуллаева Иклима. Audit

Asosiy vositalar bilan bog‘liq muonialalarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.
Asosiy vositalar mavjudligi, saqlanishi va ulardan samarali foydalanish darajasini tekshirish.
Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida auditor tomonidan quyidagilar tekshiriladi:
korxonada asosiy vositalami qabul qilish va uning natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha komissiya tuzilganligi;
asosiy vositalami sotib olish-sotish shartnomalari rasmiylashtirilganligi;
kelishilgan narxlar bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilganligi;
asosiy vositalami qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida ulaming dastlabki qiymati to‘g‘ri ko‘rsatilganligi;
obyektlar qurib bitkazilgani va jihozlanganidan keyin, yoki tiklash va qisman tugatilganidan keyin ulaming dastlabki qiymati to‘g‘ri aks ettirilganligi.
Asosiy vositalar obyektlarini nazorat qilish va hisobga olish holatini tekshirish natijalariga ko‘ra auditor nazorat samaradorligi to‘g‘risida xuiosa chiqarishi mumkin.
Auditor tomonidan qonunchilikka xilof ravishda bunyod etilgan yoki sotib olingan asosiy vositalami tasdiqlovchi hujjatlar aniqlansa, auditorlik tekshiruvi asosiy vositalar qonunga xilof ravishda sotilganligi yoki talontaroj qilinganligi to‘g‘risidagi xabarga muvofiq o‘tkazilayotgan bo‘lsa, unda u to‘satdan taftish o‘tkazish bilan boshlanadi. Bunda auditor inventor varaqalari yoki inventar daftari mavjudligi va holati, sintetik va tahliliy hisob ma’lumotlari bir biriga muvofiqligini tekshiradi. Inventar varaqalarining ma’lumotlari inventar ro'yxati ma’lumotlari bilan, inventar ro‘yxatining umumiy summasi 0100-sonli schyotlar guruhi ma’lumotlari bilan, ular o‘z navbatida - balans ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Solishtirish vaqtida asosiy vositalaming kamomadi yoki ortiqchaligi, uning sabablari va aybdor shaxslar hamda ushbu omillaming boshqa ko'rsatkichlarga ta’siri aniqlanadi (asosiy vositalar bo’yicha eskirish va mol-mulk bo‘yicha soliq kam yoki ko‘p hisoblanishi). Auditor asosiy vositalar joylarda mavjud ekanligini tanlab olish usuli bilan tekshirib aniqlaydi.
Asosiy vositalar mavjudligi, saqlanishi va ulardan samarali foydalanish darajasini tekshirish.
Asosiy vositalar tekshiruvi vaqtida quyidagilami aniqlash lozim:
• asosiy vositalardan samaradorlik bilan foydalanilganligi (ushbu ko'rsatkich bir qator yillar bo‘yicha o‘rganiladi); mablag‘lar qaytimini ko‘tarishga qaratilgan tadbirlar majmui ishlab chiqilganligi va amalga oshirilganligi (smenalik koeffitsientini ko'tarish, ish to‘xtab qolishlami kamaytirish va boshqalar). Asosiy vositalardan (ijaraga olinganlar va xususiy) qanday foydalaniladi va ular ishlatilishini hisobga olish qanday tashkil etilgan, ulaming ish bilan ta’minlanganligi, bekor turib qolishlar hollari mavjudmi, transport vositalaridan shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanish; ish bilan ta’minlanmaslik va bekor turib qolishlar sabablari;
• ishlatilmaydigan asbob-uskunalar mavjudligi, ulaming sifati, saqlash sharoitlari; ortiqcha va kerakli bo‘lmagan mol-mulkni sotish bo‘yicha ko'rilgan chora-tadbirlar (bunday mol-mulk hosil bo'lish sabablari aniqlanadi);
• asosiy vositalaming amalda mavjudligi va harakati buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga muvofiqligi; balansda hisobda bo'lgan asosiy vositalar haqiqiyligi hisob ma’lumotlari ko‘rsatkichlari korxonada o‘tkazilgan oxirgi inventarizatsiya ma’lumotlari bilan solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi; bundan tashqari, auditor alohida ishlab chiqarish bo’limlarida asosiy vositalaming nazoratli invcntarizatsiyaini o‘tkaziladi;
• asosiy vositalar (jamg’armalar) ga oid buxgalteriya hisobi standartlarida ko‘zda tutilgan asosiy vositalami hisobga olish tartibiga rioya qilinishi;
• korxonaga sotib olingan asosiy vositalar moddiy javobgar shaxslar tomonidan tegishli hujjatlarga asosan o‘z vaqtida rasmiylashtirilganligi va qabul qilinganligi; ular buxgalteriya hisobida toMiq kirim qilinganligi;
• asosiy vositalaming ishga tushirilishi o‘z vaqtida rasmiylashtirilganligi;
• asosiy vositalar bo‘yicha belgilangan yagona eskirish mc’yorlarini qo'llash tartibiga rioya qilinganligi.
Asosiy vositalar mavjudligi, saqlanishi va ulardan samarali foydalanish darajasini tekshirish.
Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin