Rejalashtirish bosqichida audit rejasi va dasturining mohiyati auditor tomonidan quyidagi vazifalarning amalga oshirilishi bilan uzviy bog‘liq: • baholash va asoslovchi testlami ishlab chiqish; • asoslovchi testlami qollash va asosiy vositalar yuzasidan ichki nazorat tizimi bo‘yicha hisobot tayyorlash. Asosiy vositalar auditining rejasi va dasturini tayyorlash. Dasturda audit rejasida keltirilgan vazifalarga erishish uchun amalga oshirilishi lozim boMgan audit amallarining batafsil tavsifi yoritiladi. Ushbu dasturga qo'shimcha ravishda katta auditor tomonidan quyidagi ko‘rinishga ega bo'lgan asosiy vositalar hisobining tekshiruviga oid savolnoma ham tuziladi. Buning natijasida audit tekshiruvini yanada tartibli o‘tkazish asosiy vositalaming barcha elementlarini tekshirish imkoni yuzaga keladi. Asosiy vositalar bilan bog‘liq muonialalarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish. ayirboshlash;
tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o‘tkazish
ustav sarmoyasiga ta’sischi ulushi ko‘rinishida kelib tushish;
tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha)
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida korxona balansiga kiritiladi:
kapital qo'yilmalar tugaganidan so‘ng tiklangan obyektni qabul qilish-topshirish;
oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha obyektni sotib olish;
uzoq muddatli ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olish;
qiymati belgilangan asosiy vositalarga kapital qo'yilmalar;
asosiy vositalaming ortiqcha (hisobga olinmagan) obyektlarini aniqlash.
Asosiy vositalaming kelib tushishi asosiy vositalami qabul qilish-topshirish (ichki harakati) dalolatnomasi (yuk xati) bilan (AV-1 shakli), unga ilova qilingan mazkur obyektning texnik hujjatlari bilan birgalikda rasmiylashtiriladi.
Asosiy vositalar bilan bog‘liq muonialalarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish. Asosiy vositalar harakati bo'yicha operatsiyalaming auditorlik tekshiruvida quyidagilarga alohida e’tibomi qaratish lozim:
• asosiy vositalami Ustav kapitaliga badal sifatida o'tkazishda ulaming dastlabki qiymati, eskirishi va topshirish vaqtidagi kelishuv narxi ko‘rsatiIgan ro'yxat mavjudligi. Ro‘yxatga topshirayotgan korxona muhri bilan tasdiqlangan qabul qilish-topshirish dalolatnornasining ikkinchi nusxasi va o‘tkazilayotgan obyektlar bo‘yicha texnik hujjatlar ilova qilinganligi;
• asosiy vositalami sotib olishda ulaming dastlabki qiymati, eskirishi va sotib olish narxi ko‘rsatilgan sotib olish-sotish dalolatnomasi rasmiylashtirilganligi;
• asosiy vositalar to‘plamda (masalan, ofis uchun mebel) sotib olinganda inventar varaqaga to‘plam tarkibiga kiruvchi aktivlar bo‘yicha alohida yozuvlar kiritilganligi;
• asosiy vositalar obyektlari chet el valyutasiga sotib olinganda obyektning dastlabki qiymati sotib olish paytida amaldagi kurs asosida so'mga qayta hisoblangan qiymati bo‘yicha hisoblanganligi;
• vaqtincha ishlatishda bo‘lgan kapital qurilish obyektlari, ular doimiy ishlatishga qabul qilingunga qadar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmasligi va tugatilmagan kapital qo‘yilmalar deb hisobga olinganligi;
• joriy ijara sharti bilan foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalar obyektlari 001-sonli baiansdan tashqari schyotda hisobga olinganligi;
• asosiy vositalami sotishda amaldagi bozor narxlarini qo‘llash;
Asosiy vositalar bilan bog‘liq muonialalarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish. • asosiy vositalar bepul berilganda ulaming qiymati beruvchi tomonidan QQSga tortilishi, awal asosiy vositalar tarkibiga QQS bilan kiritilgan asosiy vositalar bepul berilishi bundan istisno (ishlab chiqarishi bo'Imagan jabhalar uchun);
• asosiy vositalar ishga yaroqsizligi, ulami tiklash uchun ta’mirlash ishlarini amalga oshirish mumkin emasligi yoki samara bermasligini aniqlash hamda hisobdan chiqarish bo'yicha tegishli hujjatlami rasmiylashtirish uchun korxonada rahbar buyrug'i bilan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya tuzilganligi;
• agar uskunalar yangi qurilish, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonani kengaytirish, qayta qurish va texnikaviy qaytadan jiliozlash bilan bogMiq bo‘lsa, mazkur uskunalaming ro‘yxati faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaning kengaytirish, qayta qurish va texnikaviy qaytadan jihozlash rejasiga kiritilganligi;
• uskunalami bo'laklarga ajratish va demontaj qilishdan hosil bo‘lgan va kelajakda ishlatish uchun yaroqli boMgan barcha detallar, qismlar va agregatlar omborga kirim qilinganligi va ushbu operatsiya buxgalteriya hisobida tegishli ravishda qayd etilganligi.