Toshkent Moliya Instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi 4-bosqich BHA-81-2 guruh talabasi Fayzullayeva Iqlima Ulug‘bekovna “AUDIT” FANIDAN Asosiy vositalar kirimi bilan bog‘liq operasiyalar auditi MAVZUSIDA TAYYORLANGAN MUSTAQIL ISHI REJA:
KIRISH 1. Asosiy vositalar auditning maqsadi, vazifalari va manbalari; 2. Asosiy vositalar auditining rejasi va dasturini tayyorlash;
3. Asosiy vositalar bilan bog‘liq muonialalarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish;
4. Asosiy vositalar mavjudligi, saqlanishi va ulardan samarali foydalanish darajasini tekshirish.
Xulosa. KIRISH. Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish mijoz-korxona faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi moliyaviy hisobot asosiy vositalar bo‘limining ishonchliligi to‘g‘risida fikr shakllantirish va korxonada asosiy vositalar bilan bog‘liq muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan meʼyoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
“Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obyektlaridan biri bo‘lib, unda o‘rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
-asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o‘rnatishni taʼminlash (obyektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to‘g‘riligi;
-asosiy vositalarning to‘g‘ri tasniflanishi;
-asosiy vositalar tahliliy hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish;
-tahliliy va sintetik hisob hamda hisobot maʼlumotlarining mosligi);
-asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki hujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish.
-asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirish;
-asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish;
-asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatini aniqlashning to‘g‘riligi);
-amortizatsiya hisoblash usullarini qo‘llashning qonuniyligi va to‘g‘riligi;
-jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo‘llashning qonuniyligi;
-amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to‘g‘riligi;
-amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to‘g‘riligi;
-asosiy vositalarni tiklash – taʼmirlash, zamonaviylashtirish va qayta jihozlashni hisobda aks ettirish (muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirish).
KIRISH.