Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika


 DK-0,2 xilidagi dozimetrlar to‟plami



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

2. DK-0,2 xilidagi dozimetrlar to‟plami. 
DK-0,2 xilidagi individual dozimetrlar to‟plami laboratoriya sharoitida 
𝛾-
nurlanish dozasi quvvatini o‟lchashga mo‟ljallangan. Bunday dozimetrlar 
to‟plamida 10 ta individual dozimetr zaryad qurilmasi bo‟ladi. zaryad qurilmasi 
dozimetr kondensatorini zaryadlaydi. Doza quvvati 6 rentgen/soat (r/s) dan ortiq 
bo‟lgan 
𝛾-nurlar dozasini 10 dan 200 mr oraliqda o‟lchaydi.o‟lchash xatosi 20 % 
dan oshmasligi kerak. Shaxs olib yuradigan bunday dozimetrlar ko‟rsatishi har kun 
yozib boriladi va xaftaning oxirida xafta davomida shaxsning olgan dozasi 
hisoblanadi. DK-0,2 dozimetri 3D-4 qurilmada zaryadlanadi. Bu qurilmaning 
elektr sxemasi tranzistordagi doimiy kuchlanishni o‟zgartiradi. Nurlanish dozasini 
o‟lchashda pultda “заряд” knopkasi bo‟shatiladi, tumblerni “Вкл” holatga qo‟yib 
pult tok manbaiga ulanadi, bunda gnezdoda lampa yonadi. Ishchi mekroskop 
okulyatorida kuzatib “Заряд” dastasini aylantirib okulyardagi tola soyasini 
dozimetr shkalasining nol holatiga qo‟yadi. Dozimetrni ishlatishda shkala 
ko‟rsatgan doza kattaligi har kuni jurnalga yozib boriladi va xaftaning oxirida 
ishchilarning xafta davomida olgan dozasi hisoblanadi.
3. UD-1 xilidagi dozimetrlar to‟plami. 
Dozani o‟lchaydigan UD-1 dozimetrlar to‟plami. UD-1 individual dozimetrlar 
to‟plami gamma-neytron nurlanishlarining yutilgan dozasini o‟lchashga 
mo‟ljallangan. Bunda zaryadlash qurilmasi dozimetr kondensatorini zaryadlash 


uchun mo‟ljallangan. Dozimetr gamma-neytron nurlanishi yutilgan dozasini 20 
dan to 500 radgacha 10 dan 366000 rad/soat gacha bo‟lgan doza quvvati bilan 
o‟lchanadi. Yutilgan dozani kattaligi dozimetr ichiga joylashtirilgan va radlarga 
darajalangan shkala ko‟rsatishi bilan aniqlanadi. Dozimetr zaryadi 3D-6 zaryad 
qurilmasi amalga oshiriladi. Bu qurilma chiqish kuchlanishini 180 Voltdan 250 
Voltgacha bir tekis o‟zgartiradi. Futlyarga dozimetrlar komplekti o‟lchami 
quyidagicha: 
Futlyardagi komplekt o‟lchami – 184x102x142 mm; 
Dozimetr o‟lchagich bilan birga – 19x128,5 mm; 
Zaryadlash qurilmasi – 105x37x122 mm. 
Futlyardagi komplekt massasi, dozimetr va zaryadlash qurilmasi massasi 
quyidagicha: 
Futlyardagi komplekt – 1500 g; 
Har bir dozimetr – 40 g; 
Zaryadlash qurilmasi – 500 g. 
Dozimetr nurlanish maydoni ta‟siri bo‟lgan joyda ishlash davomida 
kishilarning kiyimi kistasida olib yuriladi.
Ishlatish qulay bo‟lsin uchun UD-1 dozimetr avtoruchka shaklida 
tayyorlanadi. Dozimetr tuzilishi mikroskop, ionizatsion kamera, elektroskop, 
kondensator, korpus va kontakt gruppalardan iborat. 
Bunday individual dozimetr kishilar olgan gamma-neytral nurlanishining 
yutilgan dozasini yetarlicha aniqlikda o‟lchashga imkon beradi. 
Dozimetr ishlash prinsipi quyidagicha ionlashtiruvchi nurlanishning 
zaryadlangan dozimetrga ta‟sirida ionizatsion kamera xajmida ionizatsion tok hosil 
bo‟ladi. Butoq kondensator va kamera potensialini pasaytiradi. Potensialning 
pasayishi nurlanish dozasiga proporsional. Potensial o‟zgarishini o‟lchash bilan 
yutilgan doza haqida ma‟lumot olish mumkin. O‟lchaydigan UD-1 dozimetrning 
tuzilishi, dozimetr qismlari 5-rasmda ko‟rsatilgan. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin