Antropometriya. Bolalar qaddi-qomatini shakllanishi


Ish qobiliyatining yil chorak kun davomida o'zgarishi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix02.06.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#122695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
13 talik full removed.2tali pdf (....2)

Ish qobiliyatining yil chorak kun davomida o'zgarishi 
O’quvchi va talabalarning ishchanlik qobiliyati. O’quvchi va talabalarning 
ishchanlik qobiliyati deganda ma’lum bir aqliy yoki jismoniy ishni uzoq muddat 
davomida oz kuch sarflab, sifatini talab darajasida bajarish tushuniladi. 
Ayrim adabiyotlarga asoslanib, aqliy ishchanlik qobiliyati ko’rsatkichlarini 
kun davomida o’rganib chiqib alohida davrlarga ajratish mumkin, bu o’z navbatida 
o’qish va mehnat qilish bo’yicha ratsional kun tartibi tuzishda eng obyektiv mezon 
hisoblanadi. Aqliy ishchanlik qobiliyati 5 ta davrdan iborat: 
1. Ishga kirishish davri. Darsda bir necha daqiqa davom etib, o’quvchi o’quv 
va ish jarayonlariga moslasha boradi. 
2. Optimal ishchanlik davri. Aqliy mehnatni bajarishning stabillashgan 
davridir. Bunda diqqat dominantligi vujudga keladi. 
3. To’liq, kompensatsiya davri. Oldingi davrdan farq qilib, toliqishning 
dastlabki belgilari paydo bo’la boshlaydi, ammo ularni odamning iroda kuchi 
kompensatsiyalashtirib, yuzaga chiqarmay turadi. 
4. Beqaror kompensatsiya davri. Toliqishning ortib borishi ish faoliyatining 
pasayishi bilan xarakterlanadi, ammo odam iroda kuchi bilan ma’lum vaqtgacha 
aqliy mehnatni talab darajasida davom ettirishi mumkin. 
5. Mehnat faoliyatining progressiv pasayish davri. Bu davr toliqishning tez 
ortib borishi bilan xarakterlanadi, bunda bajarilayotgan aqliy mehnatning mahsuli 
va samaradorligi keskin kamayadi. 
Bu davrlarni dars davomida, kun, hafta, chorak, yil davomida kuzatish 
mumkin. 
Aqliy mehnat faoliyatini yuqori darajada saqlay olish mumkinmi degan savolga 
rus olimi N.Ye Vedenskiyning ta’kidlashicha, aqliy mehnatning yuqori 
mahsuldorligini ta’minlovchi sharoitlar quyidagilardan iborat: 
- har qanday mehnatni bajarishga asta-sekin kirishish; 
-ish bajarishning optimal ritmini va tartibini tanlash va unga rioya qilish; 


-ishni izchillikda va ketma-ket bajarishga odatlanish; 
-mehnat va dam olishni to’g’ri tashkil qilish, bir ish turini ikkinchisi bilan 
almashtirib olib borish. 
-muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish tufayli aqliy 
mehnat malakalarini avtomatlashtirish va takomillashtirish hamda avtomatik malaka 
hosil qilish. 
Yuqoridagi omillarning ko’pchiligi o’quvchilarning ham ish qobiliyatini 
aniqlaydi, ammo ularning eng muhimi o’quv kun tartibiga, va o’z vaqtida dam 
olishga rioya qilishdir. 
Aqliy faoliyat uzoq, vaqt davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta-sekin 
pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi, bajarilayotgan ishga nisbatan e’tibor 
kamayadi, fanlarni o’zlashtirish pasayadi, talaba bo’shashadi, mudraydi. Bu holat 
miyaning ish bajarayotgan markazlaridagi asab hujayralari qo’zg’alish holatidan 
tormozlanish holatiga o’tganligini, ya’ni ular charchaganligini ko’rsatadi. 
Charchash bu tashqi muhit bilan miya po’stlog’idagi asab hujayralari o’rtasidagi 
aloqaning vaqtincha uzilishidir. Charchash deganda, miya hujayralarining shu bilan 
birga butun organizmning ishchanlik qobiliyatini pasayishi tushuniladi. Bu 
fiziologik jarayon bo’lib, tormozlanishning oxirgi pog’onasi hisoblanadi. 
Tormozlanish dastlab bosh miya po’stloq qismiga, so’ngra asab tizimining qo’yi 
qismlariga tarqalib, organizmni bo’shashtiradi. 
Darsda charchashning birinchi bosqichi faol tormozlanishning bo’shashi bilan 
bog’liq, bu harakatlar o’zgacha ko’rinishda namoyon bo’ladi. 
O’quvchilarning o’zlari faol o’quv holatidan to’xtagan bo’ladilar, sinfda ozgina 
shovqin-suron ko’tariladi. Charchashning bundan keyingi ikkinchi bosqichi 
qo’zg’alish jarayonining bo’shashi, bilan birga davom etadi. Tormozlanish 
jarayonlari qo’zg’alish jarayonidan ustun turadi. 
I.P. Pavlov charchashda tormozlanish jarayonining ahamiyatiga to’xtalib o’tar 
ekan: «Charchash tormozlanish jarayonining avtomatik ichki qo’zg’tuvchilaridan 
biridir» - deb yozgan edi. 



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin