Antropometriya. Bolalar qaddi-qomatini shakllanishi


Turli yoshda kislorod o'zgarishini aniqlash



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix02.06.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#122695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
13 talik full removed.2tali pdf (....2)

Turli yoshda kislorod o'zgarishini aniqlash. 
Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, 
karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi. Nafas olish har bir 
tirik organizmning hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi. 
Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat: 1. O'pka alveolalari va tashqi 
muhit o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish). 2. 
O'pka alveolalari va o'pkaning kapillyar qon tomirlari o'rtasida kislorod va karbonat 
angidrid almashinuvi. 3. Qon va to'qimalar o'rtasida kislorod va karbonat angidrid 
almashinuvi (ichki nafas olish).Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan 
kisJorod ishtirokida hujayra va to'qimalarda oqsil, yog' va uglevodlar oksidlanib, 
energiya hosil qiladi.Nafas olish a'zolariga: burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak 
(traxeya), bronxlar, o'pkalar va plevra pardalari kiradi (1-rasm). 
Burun bo'shlig'i. Burun bo'shlig'i yuqori, pastki va ikkita yon devordan tashkil 
topgan. Burun bo'shlig'i o'rtasidan ikkiga bo'lingan. Uning ichki yuzasi shilimshiq 
parda bilan qoplangan. Bu pardada juda ko'p mayda bezchalar bo'lib, ulardan 
shilimshiq suyuqlik ajraladi. Shilliq parda mayda qon tomirlari va nerv tolalariga 
boy.Burun bo'shlig'ining oldingi qismida mayda tukchalar bo'ladi. Ular nafas 
olinadigan havo tarkibidagi chang zarrachalarini tutib qolib, organizmni himoya 
qilish vazifasini bajaradi. 
Nafas olganda tashqi muhitdan kirgan havo burun bo'shlig'i orqali o'tganda 
iliydi, namlanadi va chang zarrachalaridan tozalanadi. Shundan keyin bu havo 
halqum orqali hiqildoqqa o'tadi. 
Hiqildoq. Hiqildoq IV-VI bo'yin umurtqalari ro'parasida joylashgan. U old 
tomondan til osti suyagi muskullari va teri, yon tomondan qon tomirlari va nerv 
tolalari hamda qalqonsimon bez bilan chegaralangan. Hiqildoq havo o'tkazuvchi 
nafas yo'li vazifasini bajarishdan tashqari, u tovush hosil qiladigan ovoz apparati 
hamdir. Uning ichki qavati tuldi shilimshiq pardadan iborat, devori esa tog'ay va 
muskullardan tashkil topgan. Ichki qavatining o'rtasida tovush boylamlari va 


muskullari joylashgan bo'lib, ularning harakati, qisqarishi va bo'shashishi natijasida
ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi orqali tovush hosil bo'ladi.
Hiqildoq uzuksimon, qalqonsimon, hiqildoq usti kabi uchta yirik tog'aydan va
uch juft mayda tog'aydan tashkil topgan. Hiqildoqda uch guruh muskullar bo'lib,
ularning bir guruhi tovush teshigini kengaytiradi, ikkinchi guruhi toraytiradi,
uchinchi gu¬ruhi tovush boylamlarini taranglashtiradi. Hiqildoqdan havo uning
pastki qismiga tutashgan nafas yo'liga, ya'ni kekirdakka o'tadi.
Kekirdak (traxeya) va bronxlar. Kekirdak hiqildoqning pastki qismidan, ya'ni
VI-VII bo'yin umurtqalari ro'parasidan boshlanib, V ko'krak umurtqasi
ro'parasigacha davom etadi va shu joyda o'ng va chap bronxlarga bo'linadi. Uning
uzunligi odamning bo'yiga qarab, 9-13 srn gacha yetadi.
Kekirdakning devori 16-20 ta aylanasimon tog'aylar va paylardan tashkil
topgan. Aylanasimon tog'aylarning orqa qismi silliq muskullardan iborat.
Kekirdakning ichki qavati tuksimon shilliq pardadan tashkil topgan bo'lib, unda
mayda bezchalar joylashgan. Ulardan ajralgan suyuqlik havoni namlab o'tkazadi.
Tuksimon silliq parda esa havodagi chang zarrachalarini ushlab qolib, tashqariga
chiqarib yuboradi.
Bronxlar. V ko'krak umurtqasi ro'parasida kekirdakning ikkiga (o'ng va chap
bronxlarga) bo'linishidan hosil bo'ladi. Bronxlar o'pka to'qimasiga kirib, xuddi
daraxt shoxiga o'xshab, juda ko'p mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va born-born
alveola pufakchalarini hosil qiladi.
Kekirdak va bronxlar nafas yo'li hisoblanib, ular havoni ilitib, namlab, mayda
chang zarrachalaridan tozalab, o'pka alveolalariga o'tkazadi.
O'pka. O'pka bir juft bo'lib (o'ng va chap o'pka), konussimon tuzilgan. Ular
ko'krak qafasining ikki tomonida joylashgan.O'ng va chap o'pkaning o'rtasida
kekirdak, qizilo'ngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va
tugunlari hamda yurak joylashgan.


Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin