Xulosa
Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida har bir yil ulkan dastur va
loyihalarni amalga oshirish, yurtimizni ravnaq toptirish boʻyicha yangi-yangi
yutuqlar, bilim va tajribalar davri boʻlib qolmoqda.
Biz yangi yildan boshlab siyosiy hayotimizda yana bir amaliyotni joriy etamiz.
Kirib kelayotgan yilning bosh hujjati boʻlgan Murojaatnomada bayon qilingan har
bir ustuvor yoʻnalish boʻyicha Bosh vazir va hukumat aʼzolari amalga oshirilgan
ishlar haqida Senat va Qonunchilik palatasi oldida har chorakda hisobot berib
boradi.
Bu jarayon ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishi lozim.
Shu tariqa fuqarolar Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalarni bajarish
boʻyicha hukumat qanday ish olib borayotganidan xabardor boʻladi.
Yaʼni, hukumat faoliyatiga xalqning oʻzi baho beradi.
Hammamiz bir haqiqatni yaxshi tushunamiz, 2019 yil uchun belgilab olgan reja va
dasturlarimizni amalga oshirish, albatta oson boʻlmaydi.
Hali faqat qogʻozda boʻlgan bu reja va dasturlarni amaliy ishlarga, real natijaga
aylantirish uchun barchamiz birgalikda qattiq mehnat qilishimiz kerak.
Bu yoʻlda bizga ishonch va ilhom, gʻayrat va shijoat beradigan beqiyos bir kuch-
qudrat borki, biz unga tayanib, oʻz maqsadlarimizga albatta yetamiz.
Dostları ilə paylaş: