Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

“Oʻzbekiston 
tarixi”
kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan 
birgalikda uning dasturlarini puxta shakllantirish kerak. 
Mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni toʻliq xatlovdan 
oʻtkazish, har bir muzeyning katalogini yaratish lozim. 
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda bu borada tegishli chora-tadbirlar ishlab 
chiqish vazifasi yuklatiladi. 
Aziz doʻstlar! 
Barchamizga ayonki, islohot – bu yangilanish, oʻzgarish degani. Islohotlar ijobiy 
natija berishi uchun, avvalo, rahbarlarimiz va odamlarimiz oʻzgarishi kerak. Inson 
oʻzgarsa, jamiyat oʻzgaradi. 
Bu maqsadga erishish uchun birinchi navbatda, barcha darajadagi rahbarlar va xalq 
deputatlari, barcha yetakchilar oʻz faoliyatini tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom 
va shaxsiy javobgarlik asosida tashkil etishlarini bugun hayotning oʻzi talab 
etmoqda. 
Zamonaviy, oqilona boshqaruv tizimini joriy etish – oldimizga qoʻygan vazifalarni 
bajarishning asosiy shartidir. 
Bu borada quyidagi dolzarb masalalarga eʼtiboringizni qaratmoqchiman. 
Birinchidan, parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini 
nazorat etish faoliyatini kuchaytirish lozim.
Hozirgi kunda Konstitutsiyaga muvofiq, parlament Bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin 
vazirlarni lavozimga qoʻyishda qatnashmaydi. 
Shuning uchun Hukumat aʼzolari parlament oldida masʼuliyatni yetarli darajada his 
etayotgani yoʻq. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oliy Majlis 
tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etaman. 
Boʻlajak vazir parlament aʼzolari oldida sohani rivojlantirish boʻyicha oʻz dasturini 
himoya qilsin va unga erishish yoʻllarini asoslab bersin. 
Bir soʻz bilan aytganda, lavozimga munosib ekanini isbotlasin. 


Ayni vaqtda joylardagi mahalliy kengashlarda ham viloyat va tuman idoralari 
rahbarlarini tasdiqlash boʻyicha mana shunday amaliyotni joriy etish kerak. 
Parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan biri boʻlgan Davlat byudjetini qabul 
qilish va uning ijrosini koʻrib chiqishga alohida ahamiyat berishimiz zarur. Bu 
ishni yuqori professional darajada yoʻlga qoʻyish uchun 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin