10
orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo’lsa, aksincha, iqtisodiyoti
yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda uning doirasi keng va xilma-xil bo’ladi;
b)
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. Agar jamiyatdagi tuzum bozor
iqtisodiyoti yoki ka’italistik tartiblar asosida qurilgan bo’lsa, undagi ijtimoiy guruhlar
boylar va kambag’allar, mulkdor va mulksizlarga bo’linib,
ularga mansub kishilar
ehtiyojlari o’rtasida katta farq mavjud bo’ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda
sifatli, noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag’allarning
ehtiyojlari o’z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina
cheklanadi;
v) tabiiy—geografik sharoitlar. Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga ta’sir
qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda
hayot kechirish uchun oqsil va yog’ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim—kechak, uy va
trans’ort vositalariga ko’’roq ehtiyoj bo’ladi;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar ham ehtiyojlarga ta’sir ko’rsatadi.
Masalan, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro’z
bayrami, ro’za va hayitlar o’ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi.
d)
aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar
ham ehtiyojlarga
ta’sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi.
e)
xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar, ayniqsa,
ular o’rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning keng
tarqalishiga olib keladi.
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi,
mehnatning tabiati kabi omillarga bog’liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq
qilib, engil hazm bo’ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash
muhitiga ko’’roq ehtiyoj sezadilar. Ko’’ bolali
oilalarda bolalar kiyimi,
o’yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo’lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar
bo’lmaydi. Alohida kishilar ehtiyojlariga kuchli ta’sir qiluvchi omillar shundan
iboratki, murakkab, og’ir va engil mehnat turlari bilan shug’ullanuvchi kishilar
ehtiyojlari bir-biridan tubdan farq qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko’’lab qondirilmagan ehtiyojlar bo’ladi.
Vaqt o’tishi bilan yangi buyumlarning ‘aydo bo’lishi, keng reklamaning ta’siri va
savdoning rag’batlantirishi natijasida ehtiyojlar o’zgaradi va ko’’ayib boradi.
Shunday ekan,
jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va
korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to’xtovsiz yangilanib va o’sib borishi
tabiiydir. Bu ehtiyojlarning to’xtovsiz o’sib borishi iqtisodiy qonunda o’z ifodasini
to’adi. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishini, balki ularning
11
tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o’rniga yangilarining kelishini bildiradi.
Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy,
to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga
qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish
baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o’rtasidagi bog’liqlik xalqaro
miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda ‘aydo bo’lgan
ehtiyoj boshqalariga
tarqalib, xalqaro xususiyatga ega bo’ladi. Masalan, kom’yuter bir mamlakatda ‘aydo
bo’lib, tez orada unga ehtiyoj dunyo miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib
borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo,
baynalminal belgilari rivoj to’ib boradi.
Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan
boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kom’yuter texnikasiga ehtiyojning
‘aydo bo’lishi, o’z navbatida uni ishlatishni o’rganish, unga xizmat ko’rsatish, dastur
tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o’sib borishi bir tekis, uzluksiz bo’lmaydi. Uning o’sishiga
qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo’ladi. Ishlab chiqarish holati,
jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar,
iqtisodiy tizim almashishi)
va zilzila, suv toshqini, yong’in kabi tabiiy ofatlar
ehtiyojlarning o’sib borishiga qarshi ta’sir ko’rsatuvchi omillardir. Shunday qilib,
ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishida,
mutlaqo yangi ehtiyojlarning ‘aydo bo’lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli
ehtiyojlar nisbatining o’zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida
namoyon bo’ladi. Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan
chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun
kerak bo’ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: