Andijon mashinasozlik instituti


Olamning  paydo bo‟lishi   va  evolyutsiyasi



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58
falsafa


 Olamning  paydo bo‟lishi   va  evolyutsiyasi. Notirik tabiat o‘z shakllari va  holatlarining  son-sanoqsizligi 
va  rang-barangligi  bilan  aqlni  lol  qoldiradi.  U  turli  jismlar,  predmet  lar,  zarralar,  gazlar,  maydonlar,  xossalar, 
hodisalar ko‘rinishida amal qilar ekan, muttasil harakat va o‘zgarishlar jarayonini boshdan kechiradi.  
Dunyoning paydo bo‘lishi va evolutsiyasi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar so‘nggi 400 yil ichida vujudga 
keldi, galaktikalar va ularning to‘dalari, makro va mikrodunyoning hayratomuz rang-barangligi haqida odamlar XX 
asrdagina xabar to‘dilar. Olamning cheksiz bo‘shlig‘i qarshisida bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimiz hozir ham 
dengizdan bir tomchi bo‘lib tuyuladi. Lekin, shunga qaramay, bugungi kunda biz bilgan va tushungan narsalar butun 
Olam  va  uning  ayrim  qismlari  evolutsiyasi  va  muttasil  o‘zgaruvchanligi  haqida  ancha  asosli  xulosa  chiqarish 
imkonini  beradi.  Boshqacha  aytganda,  dunyo  u  yoki  bu  bosqichda  ma‘lum  narsalar  vujudga  kelib,  o‘z  borlig‘ini 
kasb  etadigan  va  qachondir  yo‘q  bo‘ladigan,  ya‘ni  o‘zining  avvalgi  borlig‘ini  yo‘qotib,  modda  va  energiyaning 
saqlanish qonuniga binoan boshqa narsaga aylanadigan muttasil davom etuvchi jarayondir.  
      Notirik  tabiatning  hozirda  mavjud  bo‘lgan  butun  rang-barangligi  o‘z  asosiga  ega,  ya‘ni  u  qachondir 
vujudga  kelgan.  Bu  fikrni  kengayib  borayotgan  Olam  haqidagi  hozirgi  ilmiy  tasavvurlar  ham  tasdiqlaydi.  Biroq, 
olimlar fikriga ko‘ra, biz  yashayotgan Olam tarixi boshlanishiga asos bo‘lgan Katta ‗ortlash nazariyasi dunyoning 
mohiyati  va  uning  tuzilishi  xususida  yangi  va  yangi  masalalarni  kun  tartibiga  qo‘ymoqda.  Tabiiy  fanlarning 
ma‘lumotlari taxminan 15 milliard yil muqaddam ayrim osmon jismlari mavjud bo‘lmagani, bizning Olam deyarli 
bir jinsli kengayib borayotgan ‗lazmadan tashkil to‘ganidan dalolat beradi. Endilikda bir-biridan uzoqlashayotgan 
galaktikalar tarkibiga kiruvchi yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar va boshqa ko‘plab kosmik jismlar mavjud bo‘lib, bu 
galaktikalarning to‘dalarida vaqti-vaqti bilan fanga ma‘lum bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ulkan tadrijiy va inqilobiy 
o‘zgarishlar yuz beradi.
 
Harakat    -    materiyaning    yashash    sharti.  Bizni  qurshagan  dunyoning  yana  bir  muhim  xususiyati  – 
Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz o‗zgarishlardir.  
Tabiatning  o‗zgaruvchanligi  falsafa  paydobo‗lishidan  ancha  oldin  yaxshi  ma‘lum  bo‗lgan,  falsafa  vujudga 
kelgach esa, masalalarning mazkur doirasi alohida o‗rganish predmet iga aylandi va vaqt o‗tishi bilan uning negizida 

falsafiy bilimlarning  maxsus bo‗limi  –  dialektika  yuzaga  keldi.  Uning (yaxlit ta‘limot sifatidagi) ildizlari qadimgi 
yunon falsafasiga, xususan «Hamma narsa oqib, o‗zgarib turadi», «Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo‗lmaydi» 
kabi mashhur iboralar muallifi Geraklit ijodiga borib taqaladi. Shundan beri ob‘ektiv borliqning turli-tuman miqdor 
va  sifat  o‗zgarishlarini  ifodalash  uchun  «harakat»  va  «rivojlanish»  kategoriyalari  qo‗llaniladi.  «Keng»  ma‘noda 
umuman  har  qanday  o‘zgarish  haqidagi  tasavvur  sifatida  talqin  qilinadi.  Harakatni  umuman  o‘zgarish  sifatida 
tushunish  harakat  turlarining  butun  rang-barangligini  uning  muayyan  bir  turiga  bog‘lash  to‘g‘ri  emasligi  haqida 
ogohlantiradi  va  harakat  shakllarining  umumiy  xususiyati  va  bir-biriga  aylanish  qobiliyatiga  ishora  qiladi. 
«Umuman  o‘zgarish»  deganda,  bizning  ular  haqidagi  fikr-mulohazalarimizdan  qat‘iy  nazar,  ob‘ektiv  mavjud 
bo‘lgan barcha o‘zgarishlar, turli jarayonlar nazarda tutiladi.  
O‘z-o‘zidan harakat yo butun tabiatga, yo uning yuksak darajada uyushgan tarkibiy qismi – tirik organizm va 
jamiyatga  xos  xususiyatdir.  Qotib  qolgan  materiyaga  mansub  ayrim  narsa  yoki  ob‘ektga  nisbatan  o‘z-o‘zidan 
harakat,  o‘z-o‘zidan  rivojlanish  holati  xos  deb  aytish  o‘rinli  emas.  CHunki,  ushbu  ob‘ektni  muayyan  element 
sifatida o‘z ichiga olgan tabiat o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi yaxlit tizim hisoblanadi.  
O‘z-o‘zidan  harakat  biron-bir  narsaning  unga  ichdan  (immanent  tarzda)  xos  bo‘lgan  omillar  ta‘sirida 
o‘zgarish  va  rivojlanish  jarayonlarini  ifodalovchi  kategoriya  sifatida  amal  qiladi.  «O‘z-o‘zidan  harakat» 
tushunchasi  butun  borliqning  substantsional  negizi  sifatidagi  materiya  harakat  va  o‘zgarish  jarayoni  yuz 
berayotganida  o‘z  faolligining  pirovard    sababi  sifatida  amal  qiladi.  O‘z-o‘zidan  harakat  shakli  sifatidagi  faollik 
sirtdan  olib  kirilgan  tashqi  kuch  sifatida  tushunilmasligi  kerak.  SHu  munosabat  bilan:  «Bu  qanday  yuz  berishi 
mumkin?»,  degan  savol  yaxshi  rivojlanmagan,  nodialektik  tafakkur  uchun  ancha  mushkul  masala  hisoblanadi. 
SHakllanish  jarayonini  qadimgi  mashhur  «panta  rei»  –  «hamma  narsa  oqadi»  ta‘rifida  ifodalagan  Geraklit 
an‘anasiga,  shuningdek,  nemis  faylasufi  F.Gegelga  xos  yetuk  metodologiyaga  ko‘ra,  o‘z-o‘zidan  harakatning 
manbai  ziddiyat  hisoblanadi.  Bunda  ziddiyat  narsalar,  hodisalar  va  jarayonlarning  qarama-qarshi  tendentsiyalari 
hamda tomonlarini taqozo etuvchi, nazarda tutuvchi, ayni vaqtda, inkor etuvchi o‘zaro ta‘sir sifatida tushuniladi.  
O‘z-o‘zidan  harakat  tabiatshunoslik  va  falsafaning  eng  qadimgi  g‘oyasi  hisoblanadi.  Uning  yuzaga  kelishi 
borliq harakatining sababini tushuntirish, o‘z-o‘zidan yuz berayotgan doimiy umumiy o‘zgarishni tan olish asosida 
butun  olamdagi  o‘zgarish  jarayonlarining  manbaini  aniqlashga  urinishlar  bilan  bog‘liq.  Antik  falsafada  barcha 
jismlarga xos bo‘lgan, chetdan aralashuvsiz yuz beradigan tabiiy harakatni belgilovchi intilish to‘g‘risida atroflicha 
so‘z  yuritilgan.  Dunyo  zamirida  materiya  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lgan  qandaydir  intilish,  qandaydir  haqiqiy,  lekin 
g‘ayritabiiy  kuch  yotadi  va  uning  o‘z-o‘zidan  harakatiga  turtki  beradi,  deb  qaralgan.  Ayni  vaqtda,  o‘z-o‘zidan 
harakat  g‘oyasi  barcha  faylasuflar  tomonidan  yakdillik  bilan  qabul  qilinmaganini  ham  qayd  etib  o‘tish  lozim. 
Parmenidning:  «Borliq  mavjud,  yo‘qlik  mavjud  emas»,  degan  mashhur  tezisi  barqarorlik,  o‘zgarmaslik, 
muayyanlikning  mutlaqligini tan olishni anglatgan. Boshqacha  aytganda, bunda  o‘zining boshqa  holatiga  aylanish 
sifatidagi  o‘z-o‘zidan  harakat  g‘oyasiga  o‘rin  yo‘q  bo‘lgan  dunyo  tan  olingan.  Keyinroq  ta‘riflangan  neoplatonik 
Proklning tezisi uning muqobili sifatida amal qilgan. Prokl harakat, o‘z-o‘zidan harakat va harakatsizlikni farqlashni 
taklif qildi. U  «Mavjud hamma narsalar yo harakatsiz, yo harakatdadir,  – degan. – Agar narsa harakatda bo‘lsa, u 
o‘zi bilan o‘zi yoki boshqa narsa bilan harakatdadir. Agar u o‘zi bilan o‘zi harakatda bo‘lsa, o‘z-o‘zidan harakatda, 
boshqa  narsa  bilan  harakatda  bo‘lsa  –  boshqacha  harakatdadir.  Binobarin,  hamma  narsalar  yo  harakatsiz,  yo  o‘z-
o‘zidan harakatda, yo boshqacha harakatda bo‘ladi»
34
.  
SHunday qilib, o‘z-o‘zidan harakat g‘oyasi dunyoni tushunish kontseptsiyalari maydonida bir necha muqobil 
yondashuvlar  bilan  birga  amal  qiladi.  Butun  borliqning  to‘xtovsiz  harakati  haqidagi  tezis  o‘z-o‘zidan  harakat 
g‘oyasining «sherik-raqiblari»dir. «Qarama-qarshiliklar birligi» sifatidagi rivojlanishdan farqli o‘laroq, rivojlanishga 
«kamayish  va  ko‘payish  sifatida,  takrorlanish  sifatida»  qarovchi  yondashuv  ikkinchi  muqobilga  aylandi.  Birinchi 
muqobil  metafizik,  ikkinchisi  –  dialektik  kontseptsiya  deb  nomlandi  va  u  mutlaqlashtiriladi.  Sobiq  sovet  davri 
falsafasida  bunday  mutlaqlashtirish  quyidagicha  izohlangan:  «Harakatning  birinchi  kontseptsiyasida  o‘z-o‘zidan 
harakat,  uning  harakatlantiruvchi  kuchi,  manbai  va  sababi  panada  qoladi.  Ikkinchi  kontseptsiyada  asosiy  e‘tibor 
aynan «o‘z-o‘zi»dan harakat manbaini bilishga qaratiladi. Birinchi kontseptsiya jonsiz, bo‘sh, yuzaki. Ikkinchisi  – 
hayotiy.  Faqat  ikkinchi  kontseptsiya  «butun  borliq»ning  o‘z-o‘zidan  harakatini  tushunib  etish,  «sakrashlar», 
«tadrijiylikning  uzilishi»,  «qarama-qarshilikka  aylanish»,  «eskining  yo‘q  bo‘lishi  va  yangining  vujudga  kelishi» 
mohiyatini  anglash  imkonini  beradi»
35
.  Aslida  bu  qarashlarni  falsafiy  tafakkur  rivojida  qo‘lga  kiritilgan 
yondashuvlar sifatida tushunish ma‘qul.  
 Abadiy  harakat,  o‟zgarish  va    harakatsizlikning  o‟zaro  nisbati.    Falsafada  harakat  nafaqat  turli 
jismlarning  makonda  mexanik  siljishi  sifatida,  balki  tabiiy  jarayonlar  va  hodisalar  holatlarining  har  qanday 
o‘zgarishi  sifatida  ham  tushuniladi.  Kengayib  borayotgan  Metagalaktika  ham,  o‘zaro  ta‘sirga  kirishayotgan 
elementar zarralar ham, ko‘payayotgan, moddalar almashinuvini amalga oshirayotgan tirik hujayralar ham, ijtimoiy 
jarayonlar va hokazolar, shu jumladan fikrlash faoliyati jarayonlari ham harakatda bo‘ladi. 
Agar  biz  biron-bir  tabiiy  ob‘ekt  yoki  hodisani  ularning  tabiiy  holatida  anglab  yetmoqchi  bo‘lsak,  «harakat» 
tushunchasini chetlab o‘tishimiz mumkin emas. Bir qarashda, oddiy ong  nuqtayi nazaridan bu noto‘g‘ri, zero, Alp 
tog‘lari yoki Misr ehromlarini kuzatar ekanmiz, biz ular abadiy harakatsizlik holatida ekanligining guvohi bo‘lamiz. 
Ammo bu harakatsizlik nisbiydir. Umuman olganda, butun Koinot ulkan aylanma harakat holatida bo‘lib, bu yerda 
                                                 
34
 Prоkl // Vsеmirnaya  ensiklоpеdiya. –M.: Sоvrеmеnniy litеratоr, 2001.-S.236. 
35
 Чумаков А.Н. Буччило Е. Философия. -М.: Современний литератор, 2007.-С.54 

bizning  sayyoramiz  Quyosh  atrofida,  u  bilan  birga  –  bizning  galaktikamiz  markazi  atrofida,  u  bilan  birga  esa  – 
galakatik sistema markazi atrofida aylanadigan kichik bir zarradir.  
Harakatsizlik  holatidagi  narsalar  strukturasi  ham  tinimsiz  o‘zgarish  jarayonini  boshdan  kechiradi,  chunki 
uzluksiz  harakatda  bo‘lgan  elementar  zarralardan  tashkil  to‘adi.  Temperatura  o‘zgarishlari,  kimyoviy  tarkib 
o‘zgarishlari  va  shu  kabilar  bunday  harakatning  tashqi  ko‘rinishlari  hisoblanadi.  SHuningdek,  atomlar  va 
molekulalar  ham  Koinotda  yuz  bergan  evolutsiya  jarayonlari  mahsulidir.  Ular  bizning  Metagalaktikamiz 
mavjudligiga  zamin  hozirlagan  Katta  portlashdan  keyingina  vujudga  kelgan.  Buning  ustiga  hozirgi  zamon 
geografiyasi  qit‘alar  bir-biriga  nisbatan  siljishini  isbotladi.  Ular  ajralgan  muz  bo‘laklari  kabi  Yerning  qaynoq 
magmasi bo‘ylab yiliga bir necha santimetr tezlikda harakatlanadi.  
SHunday qilib, harakat abadiy va yo‘q bo‘lmas, materiyadan ajralmas va mutlaqdir. Harakatsizlik esa nisbiy 
bo‘lib,  o‘tkinchi  xususiyatga  ega.  Harakat  shuning  uchun  ham  mutlaqki,  u  umumiy  ahamiyat  kasb  etadi  va 
(harakatsizlikdan farqli o‘laroq) biron-bir tashqi omilga bog‘liq bo‘lmaydi. Oqilonalik nuqtayi nazardan u boqiydir, 
chunki dunyoda uning boshi ham, oxiri ham ko‘rinmaydi va zamirida kamida ikki kuch – tortish va itarish yotuvchi 
har qanday borliqning o‘z-o‘zidan harakati sifatida amalga oshadi. 
Harakatning tiplari va shakllari. Harakat shakllarini tasniflashda qaysi tamoyillarga rioya qilinishiga qarab 
bunday shakllarning har xil miqdori farqlanadi. Masalan, XIX asrda materiya tashkil topishining turli darajalariga 
asoslanib,  materiya  harakatining  besh  asosiy  shakli:  mexanik,  fizik,  kimyoviy,  biologik  va  ijtimoiy  harakat  qayd 
etgan.  
Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda har bir keyingi harakat o‘zidan oldingi 
harakatdan  kelib  chiqadi,  unga  asoslanadi,  biroq,  shunga  qaramay,  quyi  shakl  bilan  bog‘lanmaydi.  Harakatning 
murakkab  shakllarini  soddaroq  shakllarga  bunday  bog‘lashga  urinishlar  falsafa  tarixida  «mexanitsizm», 
«reduktsionizm»  (lot.  reductio  –  ortga  surish)  degan  nom  olgan,  harakat  ijtimoiy  shakllarini  biologik  shakllar 
darajasigacha soddalashtirish biologizatorlik kontseptsiyalarida mavjud.  
Dunyoning kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi tasavvurlar nuqtayi nazaridan ko‘rsatilgan shakllar 
harakatning  mavjud  va  taxmin  qilingan  usullarining  butun  rang-barangligini  aks  ettirmaydi.  Xususan,  elementar 
zarralarning  o‘zgarish  jarayonlari,  XIX  asrda  noma‘lum  bo‘lgan  mikro-  va  makrodunyo  darajasidagi  boshqa 
o‘zgarishlar  materiya  harakati  mexanik,  fizik  va  kimyoviy  shakllarining  o‘zaro  nisbatiga  doir  masalani  endi 
yangidan  qo‘ymoqda.  Bu  yerda  mexanik  shakl  endi  barcha  fizik  jarayonlar  negizi  sifatida  qaralmaydi.  Endilikda 
biologik harakatning elementar zarralari, ilgari taxmin qilinganidek, oqsilli molekulalar emas, balki XX asrda kashf 
etilgan DNK va RNK hisoblanadi. Ayrim olimlar yer po‘sti hamda Yer ostida yuz berayotgan jarayonlar haqidagi 
hozirgi tasavvurlarga asoslanib harakatning geologik shaklini farqlamoqdalar. 
XIX  asr  oxirlarida  materiyaning  harakat  shakllari  tasnifi  ishlab  chiqilayotganida,  ilmiy  davralarda  fanlarni 
tasniflashga  nisbatan  kontcha  yondashuv  shakllangan  edi.  pozitivizm  asoschisi  O.Kont  har  bir  fan  predmet  ini 
materiya  harakatining  alohida  shakli  tashkil  etishi,  turli  fanlarning  ob‘ektlari  esa  bir-biridan  keskin  farq  qilishiga 
ishonchi  komil  edi  (mexanika,  fizika,  kimyo,  biologiya,  sotsiologiya  va  hokazo).  Mazkur  muvofiqlik  fanlarni 
muvofiqlashtirish  tamoyili  deb  nomlandi.  Bunda  turli  fanlar  o‘rganadigan  ob‘ektlar  bir-biri  bilan  qanday 
bog‘langanligi va bir-biriga o‘tishiga e‘tibor berildi. Quyidan oliyga, oddiydan murakkabga sari yuksalib boradigan 
harakatlanuvchi  materiyaning  progressiv  rivojlanish  jarayonini  aks  ettirish  g‘oyasi  tug‘ildi.  Mexanika  fizika  bilan 
bog‘lanishi  va  unga  o‘tishi,  fizika  kimyoga,  kimyo  biologiya  va  ijtimoiy  fanlarga  o‘tishini  nazarda  tutuvchi 
yondashuv  (mexanika 

  fizika 

  kimyo 

  biologiya 

  ijtimoiy  fanlar)  subordinatsiya  tamoyili  deb  nomlanadi
Darhaqiqat,  qaerga  nazar  tashlamaylik,  biz  harakatning  boshqa  shakllariga  mutlaqo  bog‘liq  bo‘lmagan  biron-bir 
harakat  shaklini  to‘a  olmaymiz,  hamma  joyda  bir  harakat  shaklining  boshqa  harakat  shakliga  aylanish 
jarayonlarigina  mavjud.  Materiya  harakat  shakllarining  o‘zaro  ta‘siri  va  bir-biriga  aylanishi  uzluksiz-uzlukli 
jarayonida mavjud bo‘ladi.  
O‘sha davrda noorganika sohasiga nisbatan tatbiq etilgan (mexanik, fizik, kimyoviy) «energiya» tushunchasi 
fandan  mustahkam  o‘rin  olgan  edi.  Ammo  vaqt  o‘tishi  bilan  jonli  va  jonsiz  tabiat  o‘rtasida  aniq  chegara  bo‘lishi 
mumkin emasligi ayon bo‘ldi. O‘tuvchi shakl va jonli ziddiyat - virus buning yorqin dalili bo‘ldi. U organik muhitga 
tushgach, o‘zini xuddi tirik jism sifatida tuta boshlaydi. Holbuki, noorganik muhitda virus o‘zini bunday namoyon 
etmaydi.  XIX  asrda  materiyaning  bir  harakat  shakli  boshqa  harakat  shakliga  o‘tishi  olimlar  tomonidan  bashorat 
qilingan, deb aytish mumkin, chunki bu davrgacha mexanik va issiqlik shakllari o‘rtasidagi o‘tishlargina o‘rganilgan 
edi. Tez orada buyuk kashfiyotlar aynan fanlar tutashgan joyda, chegaradosh sohalarda yuz berishi haqidagi taxmin 
ham  diqqatga  sazovor  bo‘ldi.  Ba‘zi  faylasuflar  tomonidan  tabiat  va  jamiyatni  bog‘lovchi  shunday  chegaradosh 
sohalardan biri o‘rganilib, antro‘osotsiogenezning mehnat bilan bog‘liq nazariyasi taklif qilindi. O‘z vaqtida Darvin 
inson  va  maymunni  anatomik  jihatdan  qiyosiy  o‘rganish  asosida  insonning  sof  hayvoniy  nasl-nasabi  haqidagi 
xulosaga  kelgan  edi.  Boshqalar  esa  ijtimoiy  omillar  roliga,  xususan,  inson  va  kishilik  jamiyatining  shakllanishi  – 
antro‘osotsiogenez jarayonida mehnatning alohida roliga baho berdilar. Bu asosda materiyaning harakat shakllarini 
tasniflashning quyidagi tamoyillari ishlab chiqilgan
- materiya harakatining har bir shakli muayyan moddiy tashuvchi bilan bog‘liq bo‘lishi lozim; 
- materiyaning harakat shakllari sifat jihatidan turlicha va o‘zaro bog‘lanmaydi; 
- tegishli shart-sharoitlarda ular bir-biriga aylanadi; 
-  materiyaning  harakat  shakllari  murakkablik  darajasiga  ko‘ra  farq  qiladi,  oliy  shakl  quyi  shakllar  sintezi 
sifatida tushuniladi. Bunda oliy shakllarning quyi shakllardan uzoqlashishiga ham, oliy shakllarning quyi shakllarga 
mexanik bog‘lanishiga ham yo‘l qo‘ymaslik muhimdir; 

- moddiy tizimlarning har bir turida bosh, oliy va ikkinchi darajali va quyi shakllar farqlanishi lozim; 
- materiya harakat shakllarining tasnifi fanlar tasnifining negizi hisoblanadi.  
Materiya  harakat  shakllarining  tasnifi:  materiya  harakatining  mexanik  shaklini  boshqa  har  qanday  shaklga 
kiruvchi eng sodda shakl sifatida
- fizika o‘rganuvchi issiqlik, yorug‘lik, elektr kuchini; 
- kimyoviy jarayonlarni; 
- organik hayotni qamrab oladi. Ular tabiatdagi asosiy shakllar hisoblanadi. Ulardan yuqorida ijtimoiy-tarixiy 
jarayon, materiya harakatining ijtimoiy shakli, shuningdek, fikrlash jarayonlari turadi.  
Materiya harakati asosiy shakllarining keltirilgan tasnifi fan tabiat rivojlanishining teran aloqalarini endigina 
aniqlay boshlagan XIX asrning saksoninchi yillarida  yaratilgan edi. O‘sha davrda hali ko‘p narsa noma‘lum, ko‘p 
narsalarni aniqlash lozim edi
  
 Makon    va  vaqt    -    borliqning  fundamental  shakllari.  Bizni  qurshagan  dunyo  mazmuni,  borliqning 
umumiy  xossasi  bo‘lgan  borliq  haqida  so‘z  yuritar  ekanmiz,  makon  va  vaqt  tushunchalarini  chetlab  o‘tishimiz 
mumkin emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan yonma-
yon keladi, ko‘lamlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. SHuningdek ular o‘z ichki va tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan 
o‘zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, marom, sur‘at va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda ayrim 
yagona  deb  qaraladigan  bu  ko‘rsatkichlar  majmui  bizga  vaqt  haqida  tasavvur  beradi.  Makon  va  vaqt  o‘z  rang-
barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi.  
     Falsafa tarixida makon va vaqtga substantsional va relyatsion yondashuvlar. Makon va vaqt mohiyati 
haqida  odamlar  o‘z  rivojlanishining  dastlabki  bosqichlaridayoq  fikr  yuritganlar  va  o‘tmishning  aksariyat 
mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi 
bilan  bog‘liq  bo‘lgan.  Zero  ular  kengayib  va  takomillashib,  mazkur  kategoriyalarni  yanada  aniqroq  va  teranroq 
tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakllar va ularni o‘lchash usullari haqidagi 
fan  sifatida  ajralib  chiqqan  geometriya  ilk  aniq  fanlardan  biriga  aylandi.  Vaqtga  astronomik  kuzatishlar  hamda 
koinotning  boqiyligi  va  inson  hayotining  tezoqarligi  haqidagi  mulohazalar  nuqtayi  nazaridan  ham  alohida  e‘tibor 
qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt» kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‘liq 
ko‘p  sonli  masalalar  yuzaga  kelgan.  Ularning  eng  muhimlaridan  biri  quyidagicha  yangraydi:  makon  va  vaqt 
mustaqil  mohiyatlarmi  yoki  ular  faqat  nimagadir  bog‘liq  holda  keladimi?  Shu  munosabat  bilan  falsafa  tarixida 
shakllangan  ikki  muhim  va  bir-biridan  butunlay  farq  qiladigan  yo‘nalish  –  substantsional  va  relyatsion 
yo‘nalishlarni farqlash mumkin.  
Substantsional  yo’nalishda  makon  va  vaqt  materiya  va  ongga  bog’liq  bo’lmagan  mustaqil  mohiyatlar 
sifatida qaralgan. Substantsional kontseptsiya asoschilari Demokrit (makon muammosi bo‘yicha) va Platon (vaqtga 
nisbatan yondashuvlarda) makon va vaqtni materiyaga ham, bir-biriga ham bog‘liq bo‘lmagan mustaqil mohiyatlar 
sifatida talqin qilganlar. Demokrit atomlar harakatlanuvchi bo‘shliq amalda mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari 
surgan. Uning fikricha, bo‘shliqsiz atomlar harakatlanish imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni 
atomlardan  iborat  joy  deb  tasavvur  qilgan  va  uni  bo‘shliq  bilan  tenglashtirgan.  Makon  mutlaq,  bir  jinsli  va 
harakatsiz bo‘ladi, vaqt esa bir tekis oqadi deb hisoblangan. Demokrit, Epikur va Lukretsiy Kar ta‘limotiga ko‘ra, 
makon  ob‘ektiv,  bir  xil  va  cheksiz.  U  atomlar  joylashadigan  joy.  Vaqt  (zamon)ni  abadiyat  bilan  tenglashtirish 
mumkin –u o‘tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt - voqealar yuz beruvchi 
joy.  Qadimgi  yunon  faylasuflari  materiya,  harakat,  makon  va  vaqtni  mustaqil  substantsiyalarga  ajratuvchi  bu 
g‘oyalar keyinchalik Nyuton klassik mexanikasida rivojlantirildi. XVIII-XIX asrlarda substantsional kontseptsiya – 
mutlaq  makon  va  vaqt  kontseptsiyasi  falsafada  tabiatshunoslikda  yetakchilik  qildi.  Bu  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra 
metafizik  kontseptsiya  edi,  chunki  u  harakatlanuvchi  materiya,  makon  va  vaqtning  aloqadorligini  e‘tiborga  olmas 
edi. Mazkur kontseptsiyaga ko‘ra, materiyadan tashqarida sof makon yoki moddiy jarayonlar bilan mutlaqo bog‘liq 
bo‘lmagan vaqt  mavjud bo‘lishi  mumkin edi. SHunga  qaramay,  makon  va  vaqt  haqidagi bu  tasavvurlar  muayyan 
empirik  asosdan  xoli  emas  edi.  Odatdagi  tajriba  va  past  tezliklar  sohasida,  makrodunyoda  (makrodunyo  esa  inson 
yashaydigan asosiy muhitdir) makon, vaqt va harakatlanayotgan narsa o‘rtasida bevosita aloqa kuzatilmaydi. Ob‘ekt 
muayyan  joydan  uzoqlashishi  mumkin,  lekin  buning  natijasida  makon  o‘zgarmaydi  va  yo‘qolmaydi.  Vaqt  ham 
shunday  tushuniladi,  u  ob‘ektlarga  bog‘liq  emas.  SHuning  uchun  ham  bunday  yondashuvlar  saqlanib  qolgan, 
ayniqsa, tabiatshunoslik mikrodunyoni o‘rganishga hali yaqinlashmagan sharoitda keng tarqalgan.  
Ammo  dialektik  tafakkur  sohibi  bo‘lgan  F.Gegel  bunday  yondashuvlarni  qat‘iy  inkor  etgan.  U  makon 
mustaqil  bo‘lishi  mumkin  emasligini  qayd  etgan,  vaqt  haqida  esa  shunday  degan:  «hamma  narsa  vaqtda  yuzaga 
kelmaydi va yuz bermaydi, balki vaqtning o‘zi shu shakllanish, yuzaga kelish va yuz berishdir»
36
 va bu e‘tirozlarida 
F.Gegel haq edi. Umuman, Gegelning ob‘ektiv idealizmida makon va vaqtga e‘tibor qaratmagan, chunki u vaqtdan 
tashqari, boqiy, «sof mantiqiy» xususiyatga ega bo‘lgan bilimlarning mutlaq tizimini yaratishga harakat qilgan.  
Relyatsion (lot. relativus – nisbiy) yo’nalish makon va vaqtni mustaqil mohiyatlar sifatida emas, balki real 
dunyo  ob’ektlari  va  jarayonlari  o’rtasidagi  alohida  munosabatlar  sifatida  tushunish  bilan  bog’lanadi.  «Vaqt 
nima?»,  degan  savolga  javob  berar  ekan,  Aristotel  shunday  mulohaza  yuritadi:  harakatda  ham,  vaqtda  ham  doim 
muayyan  «oldin»  va  undan  farq  qiluvchi  «keyin»  mavjud.  Aynan  harakat  tufayli  biz  har  xil,  o‘zaro  mos 
kelmaydigan  «hozir»ni  farqlaymiz.  Vaqt  shu  «hozir»ning  ketma-ketligi,  ularning  almashuvi,  sanog‘i,  hisobi, 
                                                 
36
 Гегел Г. Наука логика. -М.:  Наука, 1994. –С.161 

«oldingi  va  keyingiga  bog‘langan  harakatlar  soni»dir
37
.  Aristotelda  makon  harakatsiz  yulduzlar  sohasi  bilan 
cheklangan, ularning ortida – makon va vaqtdan tashqarida yotuvchi va hamma narsani harakatga keltiruvchi boqiy, 
harakatsiz, ilohiy osmon joylashgan.  
Mazkur nuqtayi nazardan ko‘rsatilgan munosabatlar doirasidan tashqarida makon va vaqt mavjud bo‘lmaydi. 
Bu yo‘nalishning atoqli namoyandasi G.Leybnits (1646-1716) hisoblanadi.  
Makon  va  vaqt  talqinidagi  bu  ikki  tendentsiya,  ya‘ni  makon  va  vaqt  borliqning  mustaqil,  ob‘ektiv  hamda 
moddiy  mazmunga  bog‘liq  bo‘lmagan  asoslari  sifatida  yoki  harakatlanuvchi  materiyaning  ajralmas  qismi  sifatida 
talqin  qilish  keyinchalik  o‘z  rivojini  to‘di.  Birinchi  substantsional  kontseptsiya  ayrim  o‘zgarishlar  bilan  yigirma 
asrdan ko‘proq davr amal qildi. Nyutonning materiya joylashadigan harakatsiz, uzluksiz va bir xil uch o‘lchovli joy 
sifatidagi  makon  to‘g‘risidagi  fikri  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra,  Demokritning  makon  haqidagi  g‘oyalari  bilan  bir  edi. 
Nyuton  kontseptsiyasiga  ko‘ra,  makon  absolyut  bo‘lib,  cheksiz  ko‘lamga  ega.  SHuning  uchun  u  o‘zida  barcha 
materiyani sig‘dira oladi va turli jarayonlarga bog‘liq emas. Ushbu kontseptsiyaga ko‘ra, vaqt ham absolyut bo‘lib, 
turli  o‘zgarishlarga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  kechadigan  teng  davriylikdir.  Unda  barcha  narsalar  paydova  yo‘q 
bo‘lib  turadi.  Muxtasar  qilib  aytganda,  Nyuton  makon  va  vaqt  bir-biridan  ajralgan  va  materiya  bilan  harakatga 
bog‘liq bo‘lmagan mustaqil narsa, deb tushungan.  
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin