Amerika Qo‘shma Shtatlari soliq tizimi. Reja: Amerika Qo‘shma Shtatlari haqida tushuncha


AQSH ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə2/2
tarix07.10.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#152972
1   2
AQSH soliq tizimi

AQSH ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari.

Aholi soni, ming kishi

302 087 000

 

Aholi o‘sish dinamikasi, %

0,9

 

Migratsiya darajasi, migrantlar / 1000 kishi

3,5

 

O‘rtacha umr davomiyligi, erkaklar / ayollar

74,37 / 80,05

 

Yalpi Ichki mahsulot, trln dollar.

13.9

 

YaIM Aholi jon boshiga, dollar.

43500

 

YaIM o‘sish indeksi, %

5

 

Sanoat__18'>YaIM tuzilishi % : q/x

2

 

Sanoat

18

 

Hizmat ko‘rsatish

80

 

Aholining qashshoqlik darajasi, %

12,7

 

Ishga yaroqli Aholi soni, mln. Kishi

150,9

 

Aholi bandlik tuzilishi % : q/x

2,5

 

Sanoat

24,6

 

Boshqaruv personali / hizmatlar

59,4 / 13,5

 

Ishsizlik darajasi, %

4

 

Byudjet, trln dollar: daromad / harajat

1,828 / 1,703

 

Sanoat ishlab chiqarishni o‘sish darajasi %

5,6

 

Eksport / import, mlrd.dollar

776 / 1223

 

Soliq yili

1oktyabr – 30 sentyabr

 

AQSH soliq tizimi tuzilishi.
AQSH soliq tizimi quyidagi uch darajadan iborat: birinchisi - yuqori daraja, bunda federal byudjetga tushadigan federal soliqlar yig’iladi; ikkinchisi - o‘rta daraja, unda shtatlarning qonunlari joriy etadigan va shtatlarning byudjetlariga tushadigan soliqlar, yig’imlar yig’iladi; uchinchi daraja - quyi daraja, bunda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari joriy etadigan, mahalliy byudjetlarga tushadigan soliqar yig’iladi.
AQSH soliqlari.

Federal soliqlar

SHtatlar soliqlari
 

Mahalliy soliqlar

Aholidan olinadigan
daromad solig’i

Aholidan olinadigan
daromad solig’i

Aholidan olinadigan
daromad solig’i

Korporatsiyalar
foydasiga
solinadigan soliq

Korporatsiyalar
foydasiga
solinadigan soliq

Korporatsiyalar
foydasiga
solinadigan soliq

Ijtimoiy sug’urtaga solinadigan soliq

Meros va xadyaga
Solinadigan soliq

Meros va xadyaga
solinadigan soliq

Aksizlar

Aksizlar

Aksizlar

Meros va xadyaga solinadigan soliqlar

Sotuvlardan
Olinadigan soliq

Sotuvlardan
Olinadigan soliq

Bojxona
Bojlari

Mol – mulkka
Solinadigan soliqlar

Mol – mulkka
solinadigan soliqlar

 

Avtotransport
egalaridan
olinadigan soliq

Ekologiya
Soliqlari

AQSH Mustaqillik deklaratsiyasining mualliflaridan biri bo‘lmish Benjamin Franklin (1706 – 1790) mana bunday tarixiy iborani aytgan edi: xayotda o‘lim va soliqlardan boshqa hamma narsaning chorasi bor.
Oradan ikki yuz yildan ortiq vaqt o‘tdi. AQSHning soliq siyosati borgan sari takomillashib, kengayib bordi. U hozirgi holatida birgina fiskal vazifalargagina - federal byudjetni, shtatlarning byudjetlarini, mahalliy byudjetlarni daromad bilan taminlash vazifalarigagina hizmat ko‘rsatib qolayotgani yo‘q. Soliqlar iqtisodiyotni rivojlantirish vositasi bo‘lib ham hizmat qilmoqda. Byudjet mablag’larini shakllantirish va harakatlantirish Amerika davlati iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda markaziy o‘rinda turadi. AQSHning moliya tizimida federal xukumatning byudjet mexanizmi asosiy rolg’ o‘ynaydi.
Shuni hisobga olish kerakki, bozor munosabatlari juda rivojlangan, tadbirkorlik erkin bo‘lganiga qaramay, AQSHda davlat tomonidan tartibga solish xo‘jalik mexanizmining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib qolgan. Soliq siyosati va xususiy tadbirkorlikka moliyaviy tahsir ko‘rsatish davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vositasi bo‘lib hizmat qiladi.
Iqtisodiyotni tartibga solishga federal ma’murlardan tashqari, mahalliy boshqaruv organlari ham faol jalb etiladi. Ular katta miqdorda moliyaviy resurs vositalariga (birinchi navbatda mahalliy soliqlarga) ega. SHu bilan birga oxirgi 15 - 20 yil ichida AQSHda mahalliy boshqaruv organlari moliyasining xajmi o‘sib borayotganligi, ularning moliya tizimi orqali safarbar etiladigan mablag’lar umumiy fondidagi salmog’i oshib borayotganligi kuzatilmoqda.
Ayni vaqtda harajatlarning kattagina qismi mahalliy moliya zimmasiga ortilmoqda. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning bir qator tarmoqlarida shtatlar va mahalliy xokimiyat organlarining moliyasi pul resurslarining asosiy manbaiga aylanib bormoqda. CHunonchi, ijtimoiy ta’minot, ta’lim, sog’liqni saqlash, yo‘l qurilishini davlat tomonidan moliyaviy tahminlashda, politsiya apparatini saqlab turishda ularning salmog’i 70,0 - 90,0%ni tashkil etadi; atrof muxitni muxofaza qilish, tabiiy resurslarni saqlashda, fuqaro va uy -joy qurilishida - 40,0%ga yaqinni tashkil etadi.
AQSHda mahalliy boshqaruv organlarining moliyaviy resurslariga shtatlar, munitsipalitetlar, taunshiplar (qishloq joylardagi posyolkalar), maktablar va maxsus distriktlar (okruglar) moliyasi kiradi.
Mahalliy moliya tizimining bug’inlari mahalliy byudjetlar, shuningdek maxsus fondlar mahalliy boshqaruv organlariga qarashli korxonalarning moliyasidan iborat. Mamlakatda 83 mingdan ortiqroq mahalliy boshqaruv organlari mavjud bo‘lib, ular o‘z moliyaviy bazasiga ega.
Federal xukumat sof iqtisodiy choralar (soliqqa tortish, kreditlash, investitsiyalash) yordamida xo‘jalik faoliyatining jamiyat extiyojlarini hammadan ko‘proq qanoatlantiradigan variantlarini tanlab olishga undaydi.
Soliqlar va yig’imlar tizimi fiskal funktsiyani bajarishdan tashqari, ijtimoiy ishlab chiqarishga, uning tuzilmasi va dinamikasi, joylashishiga, fan-texnika taraqqiyotining jadallashuviga iqtisodiy tahsir ko‘rsatish vositasi bo‘lib hizmat qiladi.
Soliqlar yordamida amaliy faollikni, binobarin, tadbirkorlik faoliyatining u yoki bu tarmoqlarini rivojlantirish rag’batlantirish yoki, aksincha, chegaralash mumkin. Xususiy korxonalarning ishlab chiqarish va mablag’ aylanmasi chiqimlarini kamaytirish uchun, Jahon bozorida milliy korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoit yaratish mumkin. Soliqlar yordamida iqtisodiy ximoya siyosatini olib borish yoki tovar bozoriga erkinlikni tahminlash mumkin. Soliqlar davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlarinig asosiy qismini tashkil etadi, harajatlar qismi orkali iqtisodiyotga moliyaviy tahsir ko‘rsatish imkonini beradi.
AQSHning soliq siyosati xususiy sarmoyani jalb etishga mo‘ljallangan. Soliq imtiyozlarining rag’batlantiruvchi tahsirini tadbirkorlik faoliyatini bilvosita subsidiyalash shakli, deb hisoblash mumkin.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin