Alisher navoiy nomidagi


Mavzuning o`rganilish darajasi



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə3/9
tarix08.05.2023
ölçüsü72,03 Kb.
#109683
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Rahmatullayeva Nozima kurs ishi Qissasi Rabg`uziy

Mavzuning o`rganilish darajasi: Nosiruddin Rabg`uziyning “Qisasi Rabg`uziy” asari ko`plab adabiyotshunoslar tomonidan chuqur tahlil qilinib, qator ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Xususan, filologiya fanlari nomzodi dotsent Safarova Hilola shu asar yuzasidan “Rabg`uziyning “Qissai Yusuf Siddiq alayhissalom” asarining manbalari va badiiyati” mavzusida nomzodlik ishini yoqlagan. Shuningdek, Safarova H. asarda keltirilgan Yusuf Siddiq alayhissalom qissasini “Hazrati Yusuf – go`zallilk timsoli” risolalarida yanada kengroq yoritib bergan.
Ishning maqsadi: Mazkur asarni mumtoz poetika fani nuqtai nazardan tahlil qilish, asarning janriy xususiyatlari, asar tarkibida keltirilgan turli janrdagi matnlarning asardagi o`rnini ochib berishdan iborat.
Ishning vazifalari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
- “Qisasi Rabg'uziy” asari va uning janriy tarkibini aniqlash;
- “Qisasi Rabg`uziy” dagi hikoyatlarning mavzular olamini yoritish;
- Rabg`uziy qissa va hikoyalarida axloqiy-ta`limiy qarashlarini o`rganish;
- Asarda payg`ambarlar tasvirini berishda adibning tasavvur kuchi va mahoratini yoritish.
Kurs ishining ilmiy yangiligi: Hozirgi vaqtga qadar adabiyotshunoslikda “Qisasi Rabg`uziy ” asari ko`plab adabiyotshunoslar tomonidan o`rganilgan, chuqur tahlil qilingan bo`lib, bizning bu kurs ishimizda asarda keltirilgan hikoyatlarning poetikasini o`rganish, uni yoritib berish, mumtoz poetika fani nuqtai nazardan tahlil qilish, asarning janriy xususiyatlari, asar tarkibida keltirilgan turli janrdagi matnlarning asardagi o`rnini ochib berish kabi masalalarni o`rganish ishimizning ilmiy yangiligi hisoblanadi.


Kurs ishining obyekti: Nosiruddin Rabg`uziyning “Qisasi Rabg`uziy” asari.
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, II bob, 4 masala, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, hajmi - 22 sahifani tashkil etadi.


I Bob. "Qisasi Rabg'uziy" - o'zbek adabiyotining ilk nasriy namunasi.

Yüklə 72,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin