Reja: «Qo’shiq» istilohi, janriy xususiyatlari, badiiy-kompozitsion belgilari



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə1/14
tarix11.04.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#96146
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1493285436 67972


O’zbek xalq lirikasi qo’shiqlar
Reja:

  1. «Qo’shiq» istilohi, janriy xususiyatlari, badiiy-kompozitsion belgilari.

  2. Qo’shiqlarning mavzu ko’lami va tasnifoti, ijro xususiyatlari, ijodkorlari va ijrochilari.

  3. Mehnat qo’shiqlarining tabiati, tasnifi: dehqonchilikka, chorvachilikka, hunarmandchilikka, pazandachilikka aloqador mehnat qo’shiqlari.

  4. Link qo’shiqlarning o’ziga xos tabiati va ijro xususiyatlari. Lirika atamasi xususida.

  5. Tarixiy qo’shiq janri tabiati va uning o’zbek folklorida tutgan o’mi.

  6. Terma janri tabiati va ichki ko’rinishlari.

  7. Xalq qo’shiqlarini to’plash, nashr etish, o’rganish tarixi va muammolari.

O’ta milliy, tarixiy badiiy-estetik hodisa sanaluvchi qo’shiqlar millatning poetik xotirasi, bilimlari qomusi, tuganmas ma’naviy boyligi sifatida juda qadim zamonlardan to hozirgacha yaratilib, kuyianib kelmoqda. Xalq she’riyatining qadimiy, ommaviy, an’anaviy turi sanaluvchi qo’shiqlar insonga, insoniyatga doimiy hamroh bo’lib. unga ma’naviy turmushda ko’makchi, xilma-xil marosimlarning betakrorligini ta’minlovchi badiiy qismi vazifasini o’tab kelmoqda.


Xalq qo’shiqlarida insonning ruhiy olami, ichki kechinmalari, turmushida sodir bo’luvchi ko’ngilli va ko’ngilsiz voqealar, g’am-anduh yoki shodligu xurramliklari, mehnat mashaqqatlari, sevgi iztiroblari his-tuyg’ular orqali aniq badiiy obrazlarda gavdalantiriladi.
«Qo’shiq» atamasining ilmiy istiloh holatiga keltirilganligiga juda ko’p asrlar bo’lgan. Zero, u keng ma ‘noda xalq poeziyasini anglatsa, tor ma ‘noda xalq lirikasi shaklini — janrini ifodalaydi. Bu holatni qoraqaipoq, ozarbayjon va uyg’ur folklorida bo’lganidek, tojik folklorida ham kuzatish mumkin. Chunonchi, tojikcha «Surud», qoraqalpoqcha «Qo’siq», ozarbayjoncha «Qo’shma» va uyg’urcha «Qo’shoq» istilohlari shunday estetik mohiyatga ega. M.Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida shunday to’rtlik bor:
Turkan qatun qutyog’a,
Tergur menden qoshyog’
Ajg’ul sizni tabug’chi,
Otnur jaqi tabug’.
Mazmuni: Turkan xotun qoshig’a, Mendan yetkur she ‘r. Xizmatga xodimingiz Rost, deb payom ber.’9
Bu akademik A.Qayumovning she’riy tabdili. Chindan-da, «Qoshig’» so’zi dastlab «maqtov, alqov»» ma’nosida qo’llangan. Shunisi e’tiborliki, bu istiloh Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim») asarida fonetik o’zgarishga uchragan holda «Qoshug’» shaklini olgan bo’lsa, Xorazmiyda «Qo’sh» shaklini olgan. Chunonchi, Yusuf xos Hojibda:
Bu turkche qoshuqlar tuzettim seg’e,
Oqo’rda uno’tma du"o qil meg’e.
Mazmuni:
Bu turkcha qo’shiqlarni sen uchun tuzdim (yozdim),
O’qiganingda unutmay duo qil meni.
Xorazmiyda:
Kel,ey oy yuzli dilbar, tut bir qo ‘sh,
Biror qo ‘sh birla qilgil bizni madxush.21
Bu baytda «Qo’sh» so’zi she’r bitish, yaratish ma’nosidadir.
XII asr tilshunosi Mahmud Umar Zamaxshariy «Muqaddimat ul- adab» arabcha — forscha — turkcha-mo’g’ulcha to’rt tilli lug’atida arabcha «she’r» istilohi turkiyda «Qo’shiq» deyilishini izohlab, unga «-chi» qo’shimchasini qo’shib yasalgan «Qo’shiqchi» so’zi mohiyatan «shoir» atamasiga ekvivalent ekanligini shunday ta’kidlaydi: «She’r ko’toh guft shoir — qisqa qo’shiq aytdi qo’shiqchi».22
Alisher Navoiy ham «Mezon ul — avzon» («Vaznlar o’lchovi») asarida «Qo’shiq» istilohini «poeziya» ma’nosida qo’llab, yana uning ayolg’u, Iahn, turki deb yuritilishini, ayni chog’da bular xalq poeziyasining ichki shakllari sifatida uchrashini ta’kidlaydi.
Alisher Navoiy «Qo’shiq» ning tor ma’noda janr tushunchasiga egaligiga alohida diqqat qilib yozadi: «Yana Qo’shiqdurkim, org’ushtak usulida shoyidur va ba’zi advor kutubida ul usul bo’lubtur va ul surud a’robning teva surur hudilari vazni bila madidi musammani solimda voqe bo’lur, aning asli bu na’vdurkim, bayt:
Vahki ul oy hasrati dardi dog’i firqati,
Ham erur jonimga o’t ham hayotim ofati.»23
Navoiy bunda kuy bastalangan, vale aruzda bitilgan xalq qo’shig’ini ko’zda tutadiki, hozir bunday hodisa «ashula» istilohi ostida qo’shiqdan farq qilinadi va qo’shiqning ichki bir xili sifatida tushuniladi.
Bobur ham «Risolai aruz»da bu fikrni tasdiqlab yozadi: «Sulton Husayn Mirza zamonida yana bir surud chiqti kim «Turkiy»ga o’q mavsum bo’ldi
Alisher Navoiy va Boburlar zamonidan e’tiboran qo’shiqning ichki janrlarini farqlash tamoyilga aylana borgan.
Umuman, qo’shiq atamasi turkiy «Qo’shmoq» fe’li o’zagidan yasalgan bo’lib, satrga satrni qo’shib aytish va kuylash ma’nolarini anglatadi. Zero, xalq qo’shig’i kuy bilan birga tug’iladi va shu xususiyati bilan yozma adabiyotdagi she’riyatdan farq etadi. Qolaversa, xalq qo’shiqlari tarixan raqslar bilan ham yaxlitlashgan va albatta, kuylanishga muvofiqlashgani bilan ajralib turadi. A.Musaqulov shu xususiyatini nazarga olib, xalq qo’shiqlarini «tarixiy asoslariga ko’ra qadim tasawurlar, urf-odatlar bilan, ayniqsa, hosildorlik kultlari bilan uzviy bog’langan, kuy va raqs bilan birga paydo bo’lib, kuy bilan munosabatini barqaror saqlab qolgan she’riy san’at turi»24 sanaydi. Shu mulohazalarga asoslanib aytish mumkinki, inson his-tuyg’ularini, o’y-orzularini, quvonch va g’amlarini, xullas, rang-barang kechinmalarini tugal holatda ko’pincha to’rtlik va ma’lum holatlarda ikkilik, uchlik, beshlik, oltilik shakllarida kuy, ohang va raqs omuxtaligida ifodalab, og’izdan-og’izga o’tish asosida xilma-xil variantlarda el orasida keng tarqalgan xalq she’ri qo’shiq hisoblanadi. Qo’shiq xalq she’ri sifatida ham barmoq, ham aruz vaznlarida yaratilsa-da, yakka va iamoa (kollektiv), sozli (kuyli) va sozsiz (kuysiz) ijrolarga mo’ljallanganligi bilan o’zaro farq qiladi. Ularning shunday namunalari borki, ommabop ijroga moijallangan; bular aksaran to’rtlik shaklidagi namunalaridir. Ana shunday namunalari borki, ijrosi professional mahoratni talab etadi. Shu xususiyatiga ko’ra xalq orasida qo’shiq ijrochilari qo’shiqchi, xalfa, satang, go’yanda (nahvagar), ashulakash (ashulachi), laparchi, o’lanchi tarzida farqlanadi. Qo’shiqchi ko’pincha to’rtliklarni ijro etsa-da, aslida nisbatan kengroq ma’noda, umuman, qo’shiq ijrochisi va ijodkori bo’lsa, go’yanda (nahvagar) asosan yig’i-yo’qlovlarni kuylashga ixtisoslashgan qo’shiqchidir. Ashulakash yoki ashulachi ko’pincha maqom tarkibidagi qo’shiqlarni yoki katta ashula deyilguvchi jo’rsiz ijro etiladigan qo’shiqni kuylay oladiganlardir. Laparchi raqsga tushgan holda qo’shiq aytuvchi bo’lsa, o’lanchi to’y marosimi qo’shiqlarini ijro etuvchidir. Xalfa Xorazmda keng tarqalgan ayol qo’shiqchiligi bo’lib, ular ham to’y, ham aza qo’shiqlarini baravar ijro etaveradilar. Satang Namanganda xalq qo’shiqlarini doira jo’rligida ijro etuvchi ayollardir.
Shuni ham aytish kerakki, xalq qo’shiqlari turli joylarda turlicha ijro etiladi. Chunonchi, Farg’ona vodiysidagi yor-yor ijrosi Buxorodagidan va o’z navbatida, Xorazmdagi yor-yor bularning har ikkalasidan ham farq qiladi. Bu farq yor-yor ohangidagina emas, hatto naqarotida ham seziladi. Farg’onada va Toshkent vohasida «yor-yor» naqaroti (radifi) ommaviyroqdir. Katta qo’shiq deyilguvchi jo’rsiz ijro etiladigan qo’shiq, asosan, Farg’ona vodiysi va Toshkent atroflarida uchrasa-da, O’zbekistonning boshqa joylari uchun xos emas. Farg’ona qo’shiq ijrochiljgida dutor va doira jo’rligi nisbatan faoi bo’lsa, Buxoroda tanbur va doira, Xorazmda esa tor, garmon hamda doira shunday mavqega ega.
To’rtliklar yakka ijro etilsa, yor-yorlar jamoa (kollektiv) tarzida, yalla va laparlar raqs va kuy uyg’unligida ijro etiladi.
O’zbek xalq qo’shiqlalining kompozitsion qurilishi o’ziga xos bo’lib, tadqiqotchilar uning ikki sathiy ko’rinishda boiishini qayd etadilar."
Birinchi ko’rinishdagi kompozitsion sathi, asosan, to ‘rtlik shaklidagi band tuzilmasidir. Barcha to’rtliklaming tea’s (t) Q teas (t) — antitezis (a) va sintez — xulosa (s) ning o’zaro almashinuvi negizida qurilishi an’anaviydir. O’z navbatida. to’rtlik kompozitsion tuzilmasi ham to’rt tipda keng tarqalgan:
Birinchi kompozitsion tipdagi to’rtlikning I- va 2-satrlari o’zaro birikib, bitta tezisni ifodalasa, 3- va 4- misralari ham o’zaro birikib bitta sintez (xulosa)ni ifodalaydi. Natijada u T + T + S + S shaklida namoyon bo’ladi:
Bozordagi shoyidan T
Sizga olib beraman. T
Qo’ynimdagi yorimdan S
Ayrilganda o’laman. S
lkkinchi kompozitsion tipdagi to’rtlikning birinchi satri alohida poetik tezis holatida bo’lsa, ikkinchi satr shu tezisni qo’llovchi yoki kuchaytiruvchi yordamchi tezis holatida bo’ladi. Uchinchi misra antitezis xarakterini olsa, to’rtinchi satr sintezlik vazifasini ado etadi, natijada to’rtlik T + T + A + S shaklidagi qurilmaga aylanadi:
Olov yog’sin yog’ bilan, T
Bag’rim kuysin dog’ bilan. T
O’ynamadim, kulmadim, A
Ko’nglim suygan yor bilan. S
Uchinchi kompozitsion tipdagi to’rtlikning birinchi satri tezis, ikkinchi satri sintez, uchinchi satri tezis va to’rtinchi satri sintez tizimida namoyon bo’ladi. To’rtlik esa T + S + T + S shaklidagi tuzilma tusini oladi:
Oy emasman, kun emasman, T
Kunda-kunda chiqqani. S
Chashmayi buloq emasman, T
Eshigingdan oqqani. S
To’rtinchi kompozitsion tipdagi to’rtlikning birinchi satridagi tabiat hodisasi haqidagi tezis ikkinchi va uchinchi satrlarda real voqelikka daxldor tezislar bilan kuchaytirilib, to’rtinchi misrada xulosalanadi, ya’ni sintez qilinib, T + T + T + S shaklidagi tuzilma hosil qilinadi:
G’o’zadagi pechakday, T
Qayrilmachoq gajakday, T
Ochilgan gul chechakday, T
Qayn egachisiga salom. S
Xalq qo’shiqlarining ikkinchi kompozitsion sathi bir necha mazmunan yaqin to’rtliklaming mantiqan o’zaro birikib, lirik voqeabandlik kasb etishi negizida hosil bo’ladi. Uni zanjirli kompozitsion sath ham deyish mumkin. Xalq orasida keng tarqalgan va zavq-u shavq bilan kuylanib kelinayotgan «Sunbula». «Olma pishganda keling», «Oq ilon, oppoq ilon», «Beqasam to’nlar kiyib», «Daryodan oqib kelodi» va «Qarg’alar» singari lirik qo’shiqlar voqeabandligi tufayli shu xildagi zanjirli kompozitsion sathga ega.
O’zbek xalq qo’shiqlarini kuzatganda zanjirli kompozitsion sathda qurilganlari ham ikki ichki tipga egaligi ko’zga tashlanadi.

Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin