Qiyosiy tahlilning metodologik vazifasi. Qiyoslash ja
rayonida biz ko‘plab metod va usullardan foydalanamiz. Bu
esa bizning nafaqat obyekt haqidagi bilimlarimizni, balki ha-
yotdagi ayrim muammolarni hal qilishdagi emperik bilimla-
rimizni, ya’ni tajribamizni ham oshiradi va amaliy imkoniyati-
mizni kengaytiradi.
Qiyosiy tahlilda dunyoqarash vazifasi. Ma’lumki, har bir
jarayon insonlarning bilimi va dunyoqarashiga bog‘liq holda
amalga oshadi. Qiyosiy tahlilning qanchalik keng qamrovli
bo‘lishi, aynan inson dunyoqarashi, bilimi va saviyasining qay
darajada bo‘lishiga bog‘liq. Demak, dunyoqarash bu jarayon
da muhim rol o‘ynaydi. Subyektlarning dunyoqarashi, omma
dunyoqarashining boyishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |