Qiyosiy tahlil obyektlari tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy ob-
yektlarga bo‘linadi. Ushbu uchta nisbatan mustaqil hodisa lar
guruhlari bir-biriga uyg‘un bog‘langan. Aynan ular bir bu
tunlikda inson yashaydigan muhitni shakllantiradi va badiiy
adabiyotda obraz shaklida o‘z ifodasini topadi.
Tabiat hodisalarining nisbatan mustaqilligiga qaramay,
ular odamlarning ijtimoiy hayotiga jalb qilinganidan keyin
gina qiyoslash obyektlariga aylanadi. Boshqacha aytganda,
tabiat hodisalarining qiyosiy tahlili bilan odamlar shug‘ullan
gani bois ular o‘z manfaati va qarashlaridan kelib chiqib, unga
o‘zlarining ijtimoiy xususiyatlarini singdiradilar. Buning nati
jasida tabiat hodisalarining qiyosiy tahlili ma’lum darajada ij
timoiylashadi. Shunday qilib, ijtimoiy omillar ta’sirisiz tabiat
hodisalarini qiyoslash mexanizmi mavjud bo‘la olmaydi.
Qiyosiy tahlil obyektlarining ikkinchi guruhini
Dostları ilə paylaş: |