Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Qiyosiy tahlilning emperik vazifasi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Qiyosiy tahlilning emperik vazifasi  asosan  amaliy  va­

zifalarni  hal  etishni  ta’minlashga  yo‘naltirilgan.  Bizning 

qarshimizda har kuni amaliy masalalar silsilasi paydo bo‘la­

di.  Qiyosiy  tahlil  amaliyotga  xizmat  qilsa  va  inson  hayotida 

ahamiyatga ega bo‘lsagina, u chinakamiga natija beradi. 



Qiyoslash jarayonidagi eng 

muhim bosqichlar

Qiyosiy tahlil kutilgan natijani berishi uchun tadqiqotchi 

nima qilishi, qanday bosqichlardan o‘tishi kerak?

Avvalo,  tadqiqotchi  qiyoslash  obyektlarini  to‘g‘ri  tanlab 

oli shi kerak. Chunki qiyoslash obyektlarining mavjudlik vazi­

yati bu bosqichlarni yuzaga keltiradi.



Birinchidan,  hodisalarning  ichki  xususiyatini,  ichki  pa-

rametrlarini  qiyoslamay  turib,  ularni  qiyoslash,  o‘xshashlik 

va farqlarini aniqlashning iloji yo‘q. Ularning asosiylari – qi­

yoslanadigan  obyektlarning  mazmun,  mohiyat,  sifatlaridir. 

Shuning uchun, hodisalarning mazmun, mohiyat va sifatlari 

orasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash qiyoslash jara-

yonidagi birinchi bosqichdir.

Ikkinchidan, bilamizki, hodisalarning ichki xususiyatlari, 

ya’ni ularning mazmun, mohiyat va sifati muhitda o‘ziga xos 

shaklda  namoyon  bo‘ladi.  Demak,  qiyoslash  obyektlarining 

ichki  xususiyatlarini,  muhitda  namoyon  bo‘lish  darajasidagi 

o‘xshashlik va tafovutlarni o‘rganish kerak. Bu qiyosiy tahlil-

ning keyingi bosqichidir.



Uchinchidan,  nafaqat  qiyoslanadigan  obyektlar  muhitga 

ta’sir ko‘rsatadi, balki muhit ham ularga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 

Bu tashqi sharoitlarning tahlil obyektlariga ta’sir etish xususi­

yatlarini qiyoslashni ko‘zda tutadi. Shu tarzda, tabiiy ravishda 

hodisalarni  qiyoslash  bosqichida  uchinchi  yo‘nalish  belgila­

nadi. Uning mohiyati – muhitning qiyosiy tahlil obyektlariga 

ta’siridagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlashdan iborat.

To‘rtinchidan,  har  qanday  hodisaning,  jumladan,  adabiy 

hodisaning  paydo  bo‘lish  sababi,  zaruriyati  mavjud.  Qiyos-

lash  chog‘ida  albatta,  ularni  ham  e’tiborga  olish  zarur.  Har 

bir  hodisaning  vujudga  kelishi,  mavjudligi,  rivojlanishi  va 

faoliyat ko‘rsatishida ko‘plab zaruriyatlar rol o‘ynaydi va ular 

orasida ayrimlari ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Buni adabi­

yotda ko‘pincha 

motiv deb ataymiz. Demak, bizga kerak nar­

saning qiyosiy tahlilini amalga oshirishdan oldin, uni yuzaga 

keltirgan ehtiyoj va zaruriyatlarni ham taqqoslash kerak. Bu 

bizga  qiyoslanayotgan  obyektlarning  mavjudligi  sabablarida 

o‘xshash va xos tomonlarni ochishga yordam beradi. Buning 

uchun biz 




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin