Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Har ikki asarning kompozitsiyasiga



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Har ikki asarning kompozitsiyasiga  e’tibor  beradigan 

bo‘l  sak, ular bir-biridan 



farq qiladi. Biri («Hayot ishtiyo qi»)ning 

kompozitsion qurilishi an’anaviy, spiralsimon, ya’ni voqea lar 

xronologik tarzda rivojlanuvchi yagona syujet chizig‘iga ega. 

Улуғов А. Улуғ рассом ҳақида роман // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. 2009. №27.



Норматов Н. Рўзи Чориевнинг сўнгги васияти. – Тошкент, 2008. – Б.4.

Asar Van Gog bilan bog‘liq bir syujet chizig‘idan iborat bo‘lib, 

unda buyuk impressionist rassom Van Gog hayoti, ijodiy ka­

moloti,  ruhiy  kechinmalari,  ijodga  bo‘lgan  betinim  ishtiyoqi 

tasvirlanadi. An’anaviy biografiyadan farqli ravishda I.Stoun 

yaratgan «Hayot ishtiyoqi»da syujet chizig‘i Van Gog tug‘ilishi 

tarixi bilan boshlanmaydi. Van Gog romanga o‘z hayot yo‘lini 

topishi  arafasida  turgan,  kartinalar  galereyasida  sotuvchi 

bo‘lib ishlab, kun kechirayotgan yigirma bir yoshli yigit sifa­

tida kirib keladi. Ursula ismli qizni sevib qolgan Van Gog sar­

guzashtlari – syujetning asosiy voqealari uning muhabbati rad 

etilgandan so‘ng boshlanadi. Ruhan singan yi git nima qilari-

ni bilmay, ruhoniylikni qabul qilib, o‘z hayotini bechoralarga 

yordam berishga baxshida qilmoqchi bo‘ladi, ammo shaxtyor­

lar  orasida  yurganida  bekorchilikdan  ko‘mir  bilan  ularning 

suratlarini  chiza  boshlaydi.  Chizilgan  suratlarda  shaxtyor­

lar tashqi ko‘rinishidan ham ko‘ra, ular ning xarakteri, kasbiy 

qiyofasi  namoyon  bo‘ladi.  Buni  yigitning  o‘zi  ham  his  etadi. 

Shundan  so‘ng Vinsentda  rassom  bo‘lish  istagi  paydo  bo‘la­

di. Muqaddima (prolog) va sakkiz qismdan iborat asosiy syu­

jet Van Gog yashab, ijod qilgan shaharlarning nomlari bilan 

(London, Borinaj, Etten, Gaaga, Nyuenen, Parij, Arl, Sen-Remi, 

Over kabi) atalgan. Har bir joy bilan bog‘liq voqealarda, tarixiy 

shaxslar jonli ishtirok etadi. Van Gog hayoti va ijodi syujetni 

rivojlantiradi. Shu bilan bir qatorda, muallif asarda Yevropa-

ning turli qishloq va shaharlaridagi san’at ahli va san’at dar­

gohlari, rassomchilik maktablari to‘g‘risida ham so‘z yuritadi. 

Van Gog chizayotgan rasmlar vositasida o‘quvchini kambag‘al 

dehqonlar, oddiy xalq vakillarining hayoti, ularning uyi, ishi, 

oilasi kabilar bilan tanishtiradi. Shu tariqa rassom yashagan 

ijtimoiy-tarixiy  davr  manzarasi  hosil  qilinadi.  Bu  esa  badiiy 

roman  syujetining  asosiy  xususiyatlaridan  biridir.  Ana  shu 



96

97

tarixiy-ijtimoiy sharoit fonida rassom yaratgan kartinalarning 



tarixi bilan tanishib boriladi.

O‘zbek yozuvchisi Nodir Normatov yaratgan «Ro‘zi Chori­

yevning  so‘nggi  vasiyati»da  rassomning  badiiy  biografiyasi 

noan’anaviy usulda yaratilgan. Roman uch qismga ajratilgan 

va qismlar bir-biridan bayon texnikasi bilan tubdan farqlana­

di. Adibning syujet va xarakter yaratish texnikasini o‘zbek adi­

bi I.G‘afurov quyidagicha ta’riflaydi: «U tabiiy hodisalarni ta­

biiy maqomini topib chizadi. Shu xolos. «Chizish» so‘zi Nodir 

Normatovning badiiy usuliga g‘oyatda mos, bu usulni rosma­

na xarakterlaydi. U batafsil uzoq tasvirdan ko‘ra chizishni yax­

shi ko‘radi, zero, chizishda ham chizish bor – Nodir xarakter 

qirralarini kesma punktir bilan chizadi. Voqealardan voqealar 

shunday  kesma  punktirlarda  tug‘ilib  bir-biriga  g‘uluv  bilan 

ulanib  boradi.  Bunda  tabiiyki,  bayonda  parokandalik  xav fi 

ham  tug‘iladi,  voqeaning  boshi,  davomi  va  oxiriga  bog‘lan­

may qolishi ehtimoldan xoli emas. Ammo yozuvchi qandaydir 

o‘ziga ma’lum hikoya qilish zahiralarini bizga bilintirmaygi­

na qo‘llab, syujet va kompozitsiyada yaxlitlik, butunlikka eri-

shadi. Kesma punktir vositasida hikoya tarzida erishilgan bu­

tunlik – Nodirning yozuvchilik mahorati va badiiy uslubining 

o‘ziga xos, uni boshqalardan ajralib turadigan ko‘zga ko‘rinarli 

qirrasidir»

1

.

Qiyoslanayotgan  mazkur  ikki  asar  arxitektonikasida  tub­



dan farq bo‘lsa-da, har ikki asarda ham xronikal syujetdan foy­

dalanilgan; bundan tashqari, ularda yoritilgan mavzu va g‘oya 

bir-biriga mushtarak.

Har ikki asarda bosh qahramon rassom bo‘lganligidan bu 

asarlarda san’at va uning sirli olami mavzui keng va atroflicha 

Ғафуров И. Нодирнинг Ойтоши ёки Сурхон руҳи // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. 



2010. №52 (4087).

yoritib berilgan. Ularda buyuk musavvirlar, san’at maktablari, 

rassomchilikning o‘ziga xos qonun-qoidalari to‘g‘risida bayon 

etilgan. I.Stoun XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropada yashab 

ijod  etgan  ko‘plab  rassomlar  haqida  ma’lumot  berib,  jum­

ladan,  impressionizmning  mohiyati  va  uning  boshqa  oqim­

lardan  farqini  –  uning  mohiyati  rassomchilikning  umumiy 

qonunlariga bo‘ysunmasdan, voqelikni taassurotlar prizmasi 

orqali chizish, rassom nigohida qay tarzda gavdalangan bo‘lsa, 

shundayligicha  polotnoga  tushirishda  ekanini Van  Gog  ijodi 

misolida, jonli voqealarda ko‘rsatgan.

«Hayot ishtiyoqi» va «Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati» 

romanlarida yana bir


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin