Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Biografik romanda g‘oya va kompozisiyaning



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Biografik romanda g‘oya va kompozisiyaning 

qiyosiy talqini

1

Qiyosiy adabiyotshunoslik sohasida amalga oshirilgan tad­

qiqotlarda turli adabiy hodisalar muqoyasa qilingan. Bir yoki 

bir necha adabiy hodisani tipologik qiyos markaziga qo‘yish 

orqali badiiy asarlarning umumiy va xususiy jihatlari topila­

di. Keng qamrovli tahlil amalga oshiriladi. Bugungi kunda qi­

yosiy  adabiyotshunoslik  sohasiga  o‘z  hissasini  qo‘shayotgan 

rus  tanqidchisi  Yu.I.Mineralov  adabiy  qiyosning  qo‘llanilish 

miqyosi  nihoyatda  kengligini,  bir  milliy  adabiyotni  xuddi 

tilshunoslikda  turli  tillar  muqoyasa  qilinadigandek  boshqa 

adabiyot bilan, u yoki bu yozuvchilarning ijodini, yoki bo‘lma­

sa, ularning asarlarini syujet-kompozitsiyasi, uslubi, g‘oyaviy 

mazmuni jihatidan va hokazo ko‘rinishlarda o‘zaro muqoya­

sa qilish mumkinligini, adabiyotni san’atning bir turi sifatida 

musiqa, rassomchilik va boshqa lisoniy bo‘lmagan san’at tur­

lari bilan ham qiyoslash kerakligini ta’kidlaydi

2

.

O‘zbek adabiyotshunosligida keng miqyosli tipologik tad­



qiqotga  misol  sifatida  A.Qosimovning  «Tipologik  o‘xshash­

liklar  va  o‘zaro  ta’sirning  nazariy  muammolari»  doktorlik 

dissertatsiyasi

3

ni qayd etish mumkin. Ishning asosiy maqsa­



di A.de  Sent-Ekzyuperi  va A.Kamyu  ijodidagi  an’ana,  nova­

torlik masalasi, ijodkorlarning o‘zbek tiliga qilingan tarjima 

variantlarini  tahlil  qilish,  A.Kamyuning  zamonaviy  o‘zbek 

nasriga  ta’siri  muammolarini  o‘rganishdan  iborat  bo‘lib, 

vazifalar  qatoriga  g‘oya  talqini,  an’ana,  novatorlik,  janr  va 

Хажиева Ф.М. Биографик роман жанри хусусиятлари (И.Стоун, М.Қориев ва 



Н.Норматов асарлари асосида). – Тошкент, 2018.

Минералов Ю.И. Сравнительное литературоведение. – М.: Высшая школа, 2010. – С.3.



Қосимов А. Типологик ўхшашликлар ва ўзаро таъсирнинг назарий муаммолари (А.де 

Сент-Экзюпери ва А.Камю ижоди мисолида): Фил. фан. докт... дисс. автореф. – Тошкент, 

2007. – Б.45.

qahramonlar  o‘rtasidagi  tipologik  o‘xshashliklarni  aniqlash, 

A.Kamyu mahorati qirralarini belgilash va h.k.dan iborat. De­

mak, tipologik qiyos nafaqat bir adabiy hodisani o‘rganishni, 

balki bir necha tipologik o‘xshashliklarni tahlil qilishni ham 

taqozo etishi mumkin. Shunday ekan, ishda biografik roman 

xususiyatlarini ko‘rsatish uchun janr namunalari imkon qa­

dar har tomonlama tahlil qilinishi talab etiladi. Roman jan­

riga  xos  bo‘lgan  jihatlardan  biri  roman  poetikasi  masalasi 

hisoblanadi.

Biografik romanda syujet va kompozitsiya, mavzu va g‘oya, 

maktub,  dialog,  portret,  peyzaj,  tush,  gallyutsinatsiya,  ba­

diiy detal, badiiy tafsilot kabi adabiy tushunchalar o‘ziga xos 

tarzda namoyon bo‘ladi. Syujet prototip hayotini aks ettiradi. 

Asardagi mavzu va g‘oyalar prototip faoliyati, hayotiy falsafa­

siga bog‘lanadi.

O‘zbek  adiblari  tomonidan  yaratilgan  «Ibn  Sino»,  «Ro‘zi 

Choriyevning  so‘nggi  vasiyati»  hamda  amerikalik  yozuvchi 

Irving  Stoun  qalamiga  mansub  «Iztiroblar  va  quvonchlar», 

«Hayot  ishtiyoqi»  romanlarining  har  birida  mavzu  va  g‘oya, 

syujet va kompozitsiya o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.

«Ibn  Sino»  hamda  «Iztiroblar  va  quvonchlar»  romanlari-

ga diqqat qaratadigan bo‘lsak, ularda turli davr voqealari ba­

diiy  ifoda  topgan  bo‘lsa-da,  syujetining  shakllantirilishida 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin