Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


mavzu birlashtirib turadi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

mavzu birlashtirib turadi.  «Iztiroblar 

va quvonchlar»da ham, «Ibn Sino»da ham ikki buyuk shaxs-

ning hayoti, faoliyati va qoldirgan o‘lmas asarlari badiiy tusda 

hikoya qilinadi. O‘quvchi syujetning ana shu voqealari silsila-

sida  tafakkuri,  maqsad  va  intilishlari,  xayollari  bilan  o‘z  za-

monasidan ancha ilgarilab ketgan, o‘z tafakkuri mevalari bilan 

hamma zamonlarga xizmat qila oladigan ulug‘ mutafakkirga 

ro‘baro‘ keladi.

«Iztiroblar  va  quvonchlar»  hamda  «Ibn  Sino»  romanlari-

ning bosh qahramonlari mutafakkir shaxslar bo‘lishiga qara­

masdan, turli soha vakillari. Shunday bo‘lsa-da, bu asarlarda 

tipologik o‘xshashliklar bo‘lgani singari mavzu va g‘oya, syu­




94

95

jetni shakllantirish va kompozitsiyani tuzish jihatdan mush­



tarak  jihatlar  bor;  shuningdek,  har  bir  asar  o‘ziga  xos,  so‘z 

san’atining betakror namunalaridir.

Irving Stounning «Hayot ishtiyoqi» va Nodir Normatovning 

«Ro‘zi  Choriyevning  so‘nggi  vasiyati»  biografik  romanlari 

mav zu va g‘oyasi, syujet va kompozitsiyasida ham 

mushtarak 

ji hatlarni kuzatish mumkin.

«Hayot  ishtiyoqi»da  bosh  qahramon  sifatida  golland  ras­

somi  Vinsent  Van  Gogning  badiiy  obrazi  yaratilgan  bo‘lib, 

 uning hayot yo‘li va ijodiy yaratmalari tarixi syujetning aso-

sini tashkil qiladi.

Nodir  Normatov  asarida,  yuqorida  aytilganidek,  o‘zbek 

rassomi Ro‘zi Choriyev hayoti va ijodi yoritilgan. Taniqli adib 

Erkin A’zamov asar yaratilishi to‘g‘risida shunday deydi: «Bu 

kitobni  yozish  N.Normatovning  burchi  edi.  Ro‘zi  Choriyev  xud-

di shunday ajoyib asarga qahramon bo‘lishga arziydigan inson 

edi. Nodir bu rassomni yaqindan bilardi. Ushbu asari yozuvchi 

do‘stimning ulug‘ rassomga chin ehtiromi ramzi bo‘libdi».

1

Rassomning  bolalik  chog‘laridan  tortib,  vafotiga  qadar  – 



mashaqqatli,  ammo  sermazmun  va  sermahsul  hayotini  aks 

ettirgan  bu  asarning  yaratilish  sababini  muallif  romanning 

boshidayoq  qayd  etadi.  Rassomning  «Birgalashib  bir  kitob 

yozsag-u,  shu  kitob  ularning  (ixlosmandlarning)  savollariga 

(Qanday qilib rassom bo‘ldingiz?) javob bo‘lsa...»

2

, degan taklifi 



biografik romanning yaratilishiga turtki bo‘lgan.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin