Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

S.A.Vengerovning ta’kidlashicha(1919), 

haqiqiy  adabiyotshunos  diqqatini  faqat  mashhur  namoyan­

dalargagina emas, adabiy jarayonning boshqa vakillariga ham 

qaratmog‘i kerak. Chunki ba’zan aynan ular u yoki bu davr­

ga  xos  xususiyatlarni  yaqqolroq  ifodalashga  qodirdirlar  (…я 

считаю совершенно ненаучным изучат литературу толко в 

eе крупных представителях. Бывает даже так, что мелкий 

писател, сплош да рядом ярче характеризует ту или другую 

эпоху, чем писател крупный)

2

.



Гасанова Н. К определению концепта «мультикультурализм» // https://cyberleninka.ru/

article/v/k-opredeleniyu-kontsepta-multikulturalizm

Академические школы в русском литературоведении. – М.: Наука, 1975. – С.179. 



Ba’zi  ilmiy  maqolalarda  aynan  bir  masalaga  turlicha  qa­

rashni  kuzatish  mumkin.  V.M.Jirmunskiy(1891–1971)  va 

N.I.Konrad  (1891–1970)  bir  makon  va  bir  zamonda  yashab 

ijod qilgan, qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasi rivoji­

ga ulkan hissa qo‘shgan taniqli olimlardir. Ularning «Alisher 

Navoiy va Renessans» masalasiga bag‘ishlangan maqolalari­

da  N.I.Konrad  multikulturalizm  g‘oyalariga

1

, V.M.Jirmunskiy 



yevropatsentrizm aqidalariga

2

 tayanadi.



N.I.Konrad «Layli va Majnun» asaridagi epizodlarni G‘arb 

adabiyotidagi Tristan va Izolda, Usta va Margarita bilan qiyos-

lasa,  V.M.Jirmunskiy  Navoiy  qarashlarini  Dante,  Leonardo 

da  Vinchi,  Petrarka  qarashlari  bilan  taqqoslaydi.  N.I.Konrad 

Navoiy  ijodidagi  universallikka  e’tibor  qaratib,  Navoiy  bar­

cha xalqlar shoiri, degan xulosaga keladi. V.M.Jirmunskiy esa 

Navoiy «uyg‘onish davri G‘arb titanlari» bilan hamfikr ekani, 

ularning g‘oyalari shoir asarlarida aks etgani haqidagi fikrni 

ilgari suradi. 

Har ikkala maqolada ham Renessans umumiy maydon si­

fatida ko‘rsatilgan, ammo V.M.Jirmunskiy g‘arbning madani­

yat,  ma’naviyat,  ilm-fan  jabhasidagi  yutuqlari  sharqnikidan 

ustunligini ko‘rsatishga harakat qiladi. N.I.Konrad esa Sharq 

ma’naviyati  va  madaniyati  o‘zining  qadim  sarchashmalari­

ga ega bo‘lgani, bu borada G‘arbga ehtiyoj sezmaganini qayd 

qiladi. Olim multikulturalizmdagi xalqlararo tenglikka asos­

langan  konsepsiya  asosida  hech  bir  xalq  o‘zini  boshqasidan 

ustun qo‘yishi kerak emasligi haqidagi g‘oyani qo‘llab quvvat­

laydi (…ни у кого нет право считат себя народом особым, 

Конрад Н.И. Средневосточное возрождение и Алишер Навои // Иностранная 



литература. №2. – М., 1966. – С.212 – 220.

Жирмунский В.М. Алишер Навои и проблема Ренессанса в восточных лите ратурах // 



Ученые записки ЛГУ. Сер. филол. наук. 1961. Вып. №59. – С.86 – 97.


52

53

превосходящэм  всех  других,  мания  величия  у  натсии  стол 



же ложна, вредна и просто смешна, как и мания величия у 

отделного человека)

1

. 

Xullas,  milliy,  hududiy,  jahon  adabiyoti,  adabiy  aloqalar, 

multikulturalizm va boshqalar adabiyotlararo jarayonlarning 

shakllari hisoblanadi.




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin