Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Adabiyotlararo aloqalar har  bir  millatning  ma’naviy-

madaniy  taraqqiyotida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.



  Adabiy 

aloqalarning



  qiyosiy  adabiyotshunoslik  obyekti  sifatidagi 

o‘rni,


  uning  mohiyati  haqida  juda  ko‘p  ilmiy  asar  bitilgan. 

A.Dima,  I.Neupokoyeva,  N.Konrad,  M.Jirmunskiy,  B.Nazarov, 

N.Karimov,  B.Karimov  va  boshqa  olimlarning  tadqiqotlarida 

adabiy aloqalar va ularning adabiyotshunoslikdagi ahamiyati 

borasida muhim ilmiy-nazariy xulosalar bayon qilingan. 

T.T.Xamidova,  M.Ye.  Rasuli  ,  S.Matkarimova,  T.Sultanov 

va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlari bevosita adabiy alo­

qalarga  bag‘ishlangan

1

.  I.G.Neupokoyeva  xalqlararo  adabiy 



aloqalarni  tipologik  va  genetik  turlarga  bo‘lib  o‘rganishni, 

bunda  ijtimoiy  omillarni  hisobga  olish  zarurligini  qayd  eta­

di. Shuningdek, olima adabiy aloqalar tarixiy ehtiyoj, tajriba 

almashish  maydoni  ekanini  alohida  ta’kidlaydi  («...готовых 



творческих  решений  ни  одна  из  литератур  другой  дат  не 

может, но и ни одна литература не может пройти мимо 

того  инонационалного,  художественного  опыта,  который 

ей исторически нужен»)

2

.

Хамидова Т. Русско-узбекские литературные связи в годы Великой отечественной 



войны. – Ташкент, 1973; Расули М.Е.  К проблеме взаимовлияния и взаимообогащения 

русской и узбекской литератур. – Ташкент: Фан, 1978; Маткаримова С. Анъана, янгилик ва 

бадиий маҳорат (Хоразм шоирлари ижодида Навоий анъаналари мисолида). – Тошкент, 

2019; Султанов Т. Алишер Навоий ва Озарбайжон адабиёти: тарихий илдизлар, анъаналар, 

ворисийлик (Кишварий ва Содиқий асарлари мисолида). – Тошкент, 2019.

Неупокоева И.Г. История всемирной литературы. Проблемы системного и срав ни-



тельного анализа. – М.: Наука, 1976. – С.85.

N.I.Konrad adabiy aloqalarni bir xalq adabiyotining bosh­

qa  bir  xalq  adabiyoti  olamiga  kirib  borishi  deb  ta’riflaydi  va 

adabiyotlararo  aloqalarning  5  ta  asosiy  turini  ajratib  ko‘rsa­

tadi:

1.  Badiiy  asarlar  bilan  originalda  tanishish,  o‘rganish  va 



o‘z  xalqi  orasida  ommalashtirish.  Masalan,  Yevropa  yoki  rus 

sharq shunoslari  Alisher  Navoiy  asarlarini  tarjimada  emas, 

originalda o‘qiy olishgan.

2. Tarjimalar bir xalq adabiyotining boshqa bir xalq adabi­

yoti olamiga kirib borishidagi yana bir adabiy aloqa shaklidir. 

Bunda tarjimon adabiy vositachi (литературный посредник) 

vazifasini bajaradi;

3. Aynan bir xil mavzuning turli xalqlar adabiyotida yori­

tilishi ham adabiyotlararo aloqaning bir shakli. Masalan, Ni­

zomiy, Dehlaviy, Navoiyning «Xamsa» asari aynan adabiy alo­

qalarning samarali natijasidir.

4. Jahon adabiy aloqalari tarixi bir xalq adabiyotining bosh­

qa bir xalq adabiyoti olamiga kirib borishidagi yana bir shakl. 

Adabiy aloqalarning bu turini N.I.Konrad «milliy adaptatsiya» 

deb izohlaydi. Masalan, «Otogi boko» (1666) g‘aroyib voqealar 

haqidagi  hikoyalar  to‘plami.  Asardagi  voqelar  ko‘p  jihatdan 

«Szyanden  sinxua»  nomli  xitoy  hikoyalariga  mushtarak.  Le­

kin xitoy hikoyalaridan ta’sirlanib yozilgan yapon hikoyalari, 

yapon  odamiga  mo‘ljallanib,  ularning  tafakkur  tarziga  mos 

ravishda bitilgan.

5.  Hamma  xalqlarda  mavjud  manoqib  qissalar  (повесть 

житие) va ularning o‘zaro adabiy aloqasi. Masalan, hotamtoy­

likda tengsiz Budda, chiroy timsoli Yusuf, Aleksandr Nevskiy 

haqidagi hikoyatlar

1

. Bu kabi hikoyalar bugun narrativ proza 



Batafsil qarang: Конрад Н.И. К вопросу о литературных связях // Литература и театр. 

– М.: Наука, 1978. –Б.49 – 59.



46

47

deb ataladi. Shuningdek, badiiy asar yozishda narrativ usuldan 



(qiziqarli hikoya qilish san’ati) ham unumli foydalanilmoqda

1

.



M.Jirmunskiyning fikricha, adabiy aloqalar va adabiy ta’sir 

masalasi tarixiy kategoriya bo‘lib, konkret tarixiy sharoitlarda 

turli xil intensivlik darajasida va har xil shaklda namoyon bo‘la­

di (Литературные связи и взаимодействия представляют 



категорию историческую и в различных конкретных исто-

рических условиях имеют разную степен интенсивности и 

принимают разные формы)

2

.

Adabiyotshunos  K.Quramboyev  ta’kidlaganidek,  adabiy 

aloqalar  va  ta’sirlar  masalasi  milliy  adabiyotlar  taraqqiyoti­

ni  kafolatlaydigan  omillardan  biri  ekani  isbot  talab  qilmay­

digan  haqiqatga  aylangan.  Jahonda  biror  adabiyot  yo‘qki, 

faqat o‘z qobig‘ida, o‘z  adabiyoti an’analari doirasida boshqa 

milliy  adabiyotlarning  ilg‘or  tajribalariga  tayanmagan  holda 

rivojlanib,  o‘z  taraqqiyotining  yuqori  cho‘qqisiga  ko‘tarilgan 

bo‘lsin

3

.  So‘nggi  yillarda  milliy  adabiyotimizni  rivojlantirish, 



o‘zbek  mumtoz  va  zamonaviy  adabiyotini  xalqaro  miqyosda 

targ‘ib qilish, bu jarayonda dunyo xalqlarining, jumladan, qar­

dosh  ellarning  adabiyoti  bilan  yaqindan  tanishish,  ularning 

eng sara adabiy asarlarini asliyatidan o‘zbek tiliga tarjima qi-

lish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Sh.Rizayev  adabiy  aloqa  har  qanday  adabiyotning  rivoji 

uchun  nihoyatda  zarur  omillardan  biri  ekanini  ta’kidlarkan, 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin