Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


-mavzu: ADABIYOTLARARO



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

6-mavzu:

ADABIYOTLARARO 

JARAYONLARNING SHAKLLARI

Reja:

6.1. Milliy, hududiy va jahon adabiyoti.

6.2. Adabiyotlararo aloqalar.

6.3. Tipologiya va tipologik mushtaraklik. 

6.4. Adabiyotshunoslikda multikulturizm. 

Tayanch tushunchalar: milliy,  hududiy  va  jahon  adabiyoti, 

adabiy  aloqalar,  Alisher  Navoiy,  multikulturalizm,  A.Hayitmetov, 

N.Konrad, M.Jirmunskiy, Sh.Rizayev.

Milliy, hududiy va jahon adabiyoti doimo o‘zaro aloqada ri-

vojlanadi va bir-birini boyitadi. Jahonda biror adabiyot faqat 

o‘z  qobig‘ida,  o‘z  adabiy  an’analari  doirasida  rivojlanmaydi, 

balki boshqa adabiyotlarning ilg‘or tajribalariga tayangan hol­

da o‘z taraqqiyotini belgilaydi. 

Milliy adabiyot – har bir xalq madaniy hayotining ajralmas 

qismi,  muayyan  millatning,  masalan  o‘zbek,  rus,  yapon  xal­

qining  adabiy  merosi,  nazmiy  va  nasriy  durdonalari,  o‘lmas 

asarlaridir.  Rus  komparativist  olimi  B.G.Reizovning  fikriga 

ko‘ra, milliy adabiyot ko‘plab adabiy va madaniy kuchlarning, 

tendensiya va imkoniyatlarning birlashuvidir

1

.

Milliy adabiyotning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri unda bi-



ror  xalq  mentalitetiga  xos  an’analarning,  urf-odatlarning, 

mil lat ruhiyatining aks etishidir. 

Данилина Г.И. Сравнительное литературоведение. Хрестоматия. – Тюмень, 2011. – C.134.



Regional  adabiyot  geografik  jihatdan  ma’lum  chegarala­

nishga  ega  bo‘lgan  hududiy  adabiyotdir.  Masalan,  Markaziy 

Osiyo xalqlari adabiyoti, Yevropa adabiyoti, Yaqin Sharq mam­

lakatlari adabiyoti va h.k. Ularni tarixiy taraqqiyot bosqichlari, 

an’analar  va  ma’lum  bir  hudud  birlashtirib  turadi.  Bunday 

tasnif  genetik  jihatdan  bir-biriga  yaqin  bo‘lgan  yoki  tarixiy 

taqdir  birlashtirgan  xalqlar  adabiyotiga  xos  umumiy  jihat­

larni  aniqlashga  yordam  beradi.  Masalan,  «o‘zbek,  turkman, 

qozoq, qirg‘iz, tojik va qoraqalpoq xalqlari nafaqat geografik 

jihatdan  o‘xshash  mintaqada  yoki  ijtimoiy-tarixiy  sharoiti 

umumiy  xususiyatga  ega  hududda  yashaydi,  balki  ularning 

tili,  adabiyoti,  tarixi  va  urf-odatlarida  ham  mushtaraklik  oz 

emas.  Ularning  xalq  og‘zaki  ijodi,  yozma  adabiyoti  tarixida 

o‘xshashliklar ko‘pligiga misollar yetarli. Bu omillar Markaziy 

Osiyo  adabiyotlarini  o‘zaro  yaqinlashtirishni,  ular  o‘rtasida 

adabiy aloqalar va ta’sirlarning yuzaga kelishi va muvaffaqi­

yatli rivoj lanishini ta’minlaydi»

1

.



«Jahon adabiyoti» deganda, u yoki bu mamlakatda yarati-

lib,  o‘zining  estetik  darajasi  bo‘yicha  butun  dunyoda  talab 

qilingan asarlar tushunilgan»

2

.



Qaysi mashhur asarni olmaylik, u avvalo, ma’lum bir millat 

vakilining ijodiy merosi, u yoki bu xalqning ma’naviy boyli­

gidir. Masalan, Alisher Navoiy asarlari turkiy xalqlarning ma’-

naviy merosi bo‘lishi bilan birga, butun dunyo xalqlari ning in­

tellektual boyligidir. Chunki shoirning asarlarida ifodalangan 

insonparvarlik, mardlik, do‘stlik kabi umumbashariy  g‘oyalar 

barcha xalqlar uchun birdek qadrli va ahamiyatlidir.

Курамбоев К. Адабий алоқалар – миллий адабиётлар тараққиётининг қо ну ният-



ларидан бири // http://uzadab.ndpi.uz/adabiy_aloqalar.html

Qosimov A., Hamroqulov A., Xo‘jayev S. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – Toshkent: Aka dem-



nashr, 2019. – B.35.


44

45

Har bir millat adabiyoti dunyo badiiy tafakkurining ajral­



mas qismini tashkil qiladi. Jahon xalqlarining qiziqishi va o‘qi­

shi badiiy adabiyot ahamiyatini belgilovchi asosiy mezonlar­

dandir. U yoki bu xalqning jahonda tanilishi, eng avvalo, o‘sha 

xalq  madaniyati,  san’ati  va  adabiyotining  qanday  miqyosda 

tarqalishi va tan olinishiga bog‘liqdir. 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin