Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Nazorat savollari:

1.  Metodologiya nima va qanday ilmiy tadqiqot metodlarini bi­

lasiz? 

2.  Qiyosiy-tarixiy metod chog‘ishtirish metodidan qanday farq 

qiladi?

3.  Qiyoslash  natijalarini  baholashning  qanday  mezonlari  mav­

jud?

4.  Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini ta’minlash shartlari ni­



malardan iborat?

5.   Qanday holatlarda adabiy hodisalarni qiyoslash jarayoni no-

xolis natijalar beradi?



30

31

4-mavzu:



TARJIMA – QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK 

OBYEKTI SIFATIDA

Reja:

4.1. Tarjima nazariyasi fan sifatida.

4.2. Tarjimashunoslikka oid muhim tushunchalar.

4.3. Tarjima adabiyotlararo kommunikatsiya vositasi. 

4.4 Tarjima – komparativistika obyekti. 

Tayanch so‘zlar: tarjima, dastlabki tarjimalar, komparativisti-

ka, leksik jihat, adekvatlik, transformatsion model, semantik model, 

situativ  model,  kommunikativ  model,  P.M.Topper,  badiiy  tarjima, 

tarjimon mahorati.

Tarjima  tarixiga  nazar  soladigan  bo‘lsak,  uning  ildizlari 

eramizdan  oldingi  davrlarga  borib  taqaladi.  Birinchi  bo‘lib 

yozma tarjimani qadimgi Rim shoiri, dramaturgi va tarjimo­

ni  Liviy  Andronik  (280–205)  qilgan.  U  Homerning  mashhur 

«Odisseya» asarini yunon tilidan lotin tiliga o‘girgan. 

Tarjima  nazariyasi  haqidagi  dastlabki  fikrlarni  eramizga­

cha  bo‘lgan  birinchi  asrda  Tulliy  Sitseron(106-43)  asarlari­

da yozib qoldirgan. Uning fikricha, «tarjimada shaklni emas, 

mazmunni yetkazish kerak. So‘zma so‘z tarjima tarjimonning 

ojizligidan darak beradi»

1

.



O‘rta asrlardagi tarjimalar diniy asarlarni tarjima qilish eh­

tiyoji tufayli paydo bo‘lgan. Uyg‘onish davrida (XIII asr oxiri, 

XIV asr boshi Yevropada) nafaqat diniy va yana badiiy asarlar 

tarjima qilingan.

http://linguisticus.com/ru



XX asrlarga kelib tarjima nazariyasi fan sifatida to‘liq shakl­

lanadi va bir qancha nazariy asarlar yaratiladi. G‘.Salomovning 

«Tarjima  nazariyasi  asoslari»  ilmiy  asari  o‘zbek  adabiyot­

shunosligida  tarjima  nazariyasiga  oid  eng  yaxshi  asarlardan 

biridir

1

.  Ushbu  kitobda  madaniy  ilmiy  hamkor lik  va  tarjima, 



adabiy aloqa va badiiy tarjima, tarjima tarixi saboqlari, badiiy 

tarjimada  uslub,  milliy  koloritni  ifodalashning  mazmun  va 

mundarijasi,  milliy  moslashtirish  prinsiplari  (o‘zga  xalqning 

ijodiy  mahsulini  o‘z  xalqining  xarakteriga  mos lashtirish, 

masalan, Navoiyning ruscha tarjimadagi she’rlari rus xalqining 

mulkiga  aylanishi)  she’riy  tarjimada  vazn  transformatsiyasi 

kabi masalalar yoritilgan.

B. Ilyasovning ilmiy asarlari she’riy tarjima asoslari, tarji­

mon mahoratiga bag‘ishlanadi

2

.

Zamonaviy tarjima nazariyasiga oid ilmiy asarlarda ko‘proq 



tarjima usullari, tarjima tanqidi, tarjimaning madaniyatlararo 

muloqot  va  qiyosiy  adabiyotshunoslikning  obyekti  sifatidagi 

o‘rniga ahamiyat qaratilgan

3

.




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin