Akt xonasi o’ziga quyidagilarni oladi



Yüklə 64,17 Kb.
səhifə1/5
tarix15.10.2023
ölçüsü64,17 Kb.
#156022
  1   2   3   4   5
6-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari honasini jihozlashga qoyiladigan talablar va unda mashg’ulotlarni tashkil etish boyicha metodik tavsiyalar


3.1. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari honasini jihozlashga qoyiladigan talablar va unda mashg’ulotlarni tashkil etish boyicha metodik tavsiyalar

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari xonasi - bu ta’lim muassasasining, ta’lim tizimini informatikalashtirishning davlat dasturini amalga oshirish vositasi bulib, o’quvchilarni axborotlashtirilgan jamiyati sharoitiga tayyorlash, ta’lim darajasini ko’tarishni ta’minlovchi o’quv-tarbiyaviy bo’limidir.


AKT xonasi o’ziga quyidagilarni oladi:

  • Hisoblash texnikasi sinfi;

  • O’quv-ko’rgazmalik qurollar;

  • O’quv jihozlar;

  • Orgtexnika;

  • «Informatika» kursi va boshqa umumta’lim fanlari bo’yicha ShEHM dan foydalanib nazariy va amaliy, sinf, sinfdan tashqari va fakultativ mashg’ulotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan mebel.

AKT xonasidagi mashg’ulot quyidagilarga xizmat qilishi lozim :

  • o’quvchilarda dunyoning zamonaviy axborot manzarasini shakllantirishga;

  • axborot texnologiyalarini zamonaviy axborot jamiyatida kasbiy faoliyatning asosiy tashkil etuvchisi sifatida foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishga;

  • zamonaviy hisoblash texnikasi qurilmalari va ishlashi xaqidagi bilimlarni shakllantirishga;

  • ijodiy shaxsni shakllanishiga, o’quvchilarda nazariy fikrlash, xotira va tasavvurlarini rivojlantirishga;

  • o’quvchilarda insonparvarlik, odob va yuqori axloq shakllanishiga qaratilgan o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga.

AKT xonasida

  • Informatika va AKT bo’yicha mashg’ulotlar;

  • hisoblash texnikasini qo’llagan holda bazaviy umumta’lim o’quv fanlari bo’yicha mashg’ulotlar;

  • Eksperimental darslar va amaliy mashg’ulotlar;

  • Sinfdan tashqari va fakultativ mashg’ulotlar;

  • Dasturlar (taqdimot, matnlar, referatlar) yozish bo’yicha, shuningdek maktab ixtiyoji uchun o’qituvchining vazifasiga ko’ra yangi dasturiy mahsulotlar, hujjatlar yaratish maqsadida o’quvchilarning mustaqil ishlari.


Yüklə 64,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin