Aholini ijtimoiy himoya qilishda moliyaning ahamiyati mst 70/22 Mirzaliyev G’ayrat



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə1/3
tarix23.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#147438
  1   2   3
ijtimoiy himoya1

Aholini ijtimoiy himoya qilishda moliyaning ahamiyati

MST 70/22 Mirzaliyev G’ayrat

Reja

  • Ijtimoiy himoya
  • Dunyo bo’yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi
  • Aholini ijtimoiy himoya qilishda moliyaning ahamiyati
  • Yurtimizda ijtimoiy himoya boʻyicha olib borilayotgan ishlar

Ijtimoiy himoya

  • Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi.

Ijtimoiy himoya

  • Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qatlamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan iborat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlanishi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.

Ijtimoiy himoya

  • Rivojlangan demokratik jamiyatda I.h. vazifalarini bajarishni davlat oʻz zimmasiga oladi. „I.h.“ tushunchasi birinchi marta 1935-yilda AQShning „Ijtimoiy xavfsizlik boʻyicha qonun“ ida qoʻllanilgan, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSH, Kanada, Shveysariya kabi mamlakatlarda I.h. ning koʻpgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda koʻp. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish ahamiyatlidir.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin