Moliyaning mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari Moliyaning funksiyalari Moliya-davlat tovar-pul munosabatlari



Yüklə 40,14 Kb.
səhifə1/8
tarix19.08.2023
ölçüsü40,14 Kb.
#139925
  1   2   3   4   5   6   7   8

1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Reja:

  1. Moliyaning mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari

  2. Moliyaning funksiyalari

  3. Moliya-davlat tovar-pul munosabatlari

  4. Iqtisodiyotning erkinlashuv sharoitida moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va funksiyalarining amal qilish xususiyatlari

  5. Moliyaning tamoyillari va roli

  6. Markazlashgan iqtisodiy sharoitda moliyaning tarkkiyoti

  7. O'zbekiston Respublikasining taraqqiyotining hozirgi bosqichida moliya

  8. Makro va mikro kulamda moliyaning amal qilish xususiyati

1. Moliyaning mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari.
Bozor munosabatlariga o‘tish hozirgi kunda ko‘pchilik mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot dasturining asosini tashkil etadi. Bozor munosabatlariga o‘tish insonning ijodiy va mexaniq salohiyatini namoyon qilishda boqimandalikni bartaraf etishga, yo‘qlab ketgan egalik tuyg‘usini shakllantirishga imkon beradi. Faqat bozorgina mahsulot ishlab chiqaruvchining qaratilgan ijodiy faoliyati vositasida hamda bunga xos fiskal apparatining yaratilishi bilan ta’minlanadi.
Moliya tushunchasi qisman pul munosabatlarini bildiradi. Shunday qilib moliyaning asosiy belgilari quyidagilar:

  1. Pul munosabatlari, ya’ni pul moliyani mavjud bo‘lishiga va amal qilishini moddiy asosi hisoblanadi. (pul yo‘q joyda moliya ham bo‘lmaydi).

  2. Islohotlarning bosh tashkilotchisi bo‘lmish davlatning mavjudligi.

  3. Pul munosabatlari jarayonida umumdavlat pul fondlarini shakllanish jarayoni amalga oshiriladi.

  4. Byudjetga mablag‘larning doimiy tushishi soliqlar, yigimlar va boshqa to‘lovlarga davlatning majburiy tazyiki xususiyatini uz-o‘zidan bermaydi va bu holat davlatning huquqiy-me’yoriy asoslarini yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati vositasida hamda bunga xos fiskal apparatning yaratilishi bilan ta’minlanadi.

Mazkur belgilar buyicha moliyaning barcha pul munosabatlari yig‘indisidan xatosiz ajratib olish mumkin. Misol uchun fuqarolar o‘rtasida, fuqarolar va chakana savdo o‘rtasidagi (xattoki, chakana narxlarning davlat tomonidan tartibga solishda ham) yuzaga keladigan munosabatlarni fuqarolik huquqiy usul bilan tartibga soladi.
Pul munosabatlarining boshqa guruhi – bu jismoniy shaxslar tomonidan daromad solig‘ini to‘lash. Bu yerda moliyaning barcha belgilari aniq ishtirok etadi: Soliqni to‘lanishi pul shaklida amalga oshiriladi; ikkita teng huquqli bo‘lmagan sub’ektlar ishtirok etadi (jismoniy shaxs va davlat); davlat mazkur munosabatlarining barcha elementlarini aniqlab beradi, ularni qonun kurinishida rasmiylashtiradi, nazoratni amalga oshiradi, qonun buzarlik uchun jazolar belgilaydi. Mazkur talablar natijasida umumdavlat pul fondi - davlat byudjetining daromad qismi shakllanadi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, moliyaga birinchi ta’rifni quyidagicha berish mumkin:
Moliya - bu davlat tomonidan iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy masalalarni bajarish uchun muljallangan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish jarayonida yuzaga keladigan pul munosabatlarining birligidir.
Moliya vujudga kelishining birlamchi asoslari kanday? Axir, bungacha ancha oldin insoniyat pulga, tovar-pul munosabatlariga, davlat tuzilmasiga ega ediku. Nima uchun faqatgina o‘rta asrlarga kelib mazkur holat uni aks ettiruvchi ibora yuzaga keladi?
1.Aynan Markaziy Yevropa birinchi burjua inkiloblari natijasida umumdavlat pul mablag‘lari fondi - byudjet yuzaga keldi, hech qaysi davlat hukmdori unga yolgiz o‘zi xujayinlik qila olmaydi.
2.Byudjetni shakllantirish va ishlatish tizimi alohida xususiyat kasb eta boshladi, ya’ni davlat daromadlari va harajatlari tizimi tarkibiy va qonuniy birikmalari bilan yuzaga keladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, byudjetning harajatlar qismi asosiy guruhlari bir necha yuz yilliklar deyarli uzgarmay keldi.
3.Pul shaklidagi soliqlar birmuncha afzal xususiyat kasb etadilar. Avvalgi davlat daromadlari, asosan natural to‘lov va in’omlar hisobiga shakllangan.
Moliya – bu davlatning uz vazifa funksiyalarini bajarish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini ta’minlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan, davlat tomonidan tashkil qilinadigan pul munosabatlari yig‘indisidir.

Yüklə 40,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin