Agrokimyo fanidan hisobot


Tuproq namunasini olish vaqti



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə4/8
tarix19.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#65474
1   2   3   4   5   6   7   8
Agrokimyoviy xaritanomalar

2.8. Tuproq namunasini olish vaqti.
Oʻgʻit ishlatilmaydigan yoki oʻgʻit meʼyori sof holda gektariga 45-60 kg. gacha tavsiya qilingan maydonlardan tuproq namunasi vegetatsiya davrining istalgan vaqtida, gektariga sof holda 80-120 kg va undan yuqori meʼyori oʻgʻit qoʻllaniladigan maydonlardan oʻgʻit solingandan 1,5-2 oydan keyin olinadi. Organik oʻgʻit, masalan, goʻng solingan tuproqlardan namuna butun vegetatsiya davri mobaynida olinishi mumkin.
2.9.Tuproq namunasini olish chuqurligi.
Namuna olish chuqurligi tekshirilayotgan maydonning agrotexnik holatiga bogʻliq. Haydalma yerlarda, tuproq namunasi haydalma qatlam chuqurligidan olinadi. Sugʻoriladigan maydonlarda va profili har xil tuzilishga ega boʻlgan tuproqlarda, namuna haydalma osti qatlamidan ham olinadi. Bunday namunalar soni haydalma tuproqdan olingan umumiy namuna sonining 15% dan oshmasligi kerak. Oʻtloq va yaylovlarda tuproq namunalari biologik faolligi yuqori boʻlgn tuproqning ustki, 15-16 sm qalinlikdagi qatlamidan olinadi.
2.10. Tuproq namunasi olinadigan uchastkaning yuzasi.
Aralashgan oʻrtacha tuproq namunasi olinadigan elementar uchastkaning yuzasi tuproq qoplamining har xilligi, haydalma yerlarning oʻgʻitlanganlik darajasiga bogʻliq.
Oʻgʻitlardan jadal foydalanuvchi, sabzavotchilik va kartoshkachilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklarda bitta oʻrtacha tuproq namunasi har 2-4 ga maydondan olinadi. Xududi mayda konturlardan iborat xoʻjaliklarda esa namuna yuzasi 5 ga dan katta boʻlmagan uchastkadan olinadi.
Sugʻoriladigan dehqonchilik sharoitida sugʻoriladigan maydonning oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻrtacha har 2-3 ga erdan 1 ta oʻrtacha tuproq namunasi olinadi. Oʻzlashtirish davriga qarab eskidan sugʻoriladigan yerlarda 4-5 gektar uchun 1 ta aralash namuna, yangidan sugʻoriladigan yerlarda 3-4 gektar uchun 1 ta aralash namuna olinadi.
Xoʻjalik maydonlari katta boʻlmagan va turli tuproq komplekslaridan iborat togʻli xududlarda har 0,5-3,0 ga yerdan 1 ta oʻrtacha tuproq namunasi olinadi.
Bir elementar uchastka doirasida oʻrtacha tuproq namunasi nisbatan katta maydonni egallagan tuproq xilidan olinadi. Agar elementar uchastkada ikki xil tuproq teng miqdordagi maydonni egallagan boʻlsa, u holda 2 ta tuproq namunasi olinadi va bu toʻgʻrida ishchi xarita va yorliqda belgilab qoʻyiladi. Elementar uchastka maydonining relyefi bir xil boʻlmagan holda esa, oʻrtacha tuproq namunasi har bir relyef elementidan alohida olinadi.
Oʻrtacha tuproq namunasini uchastkaning turli nuqtalaridan olingan maʼlum miqdordagi xususiy namunalar tashkil etadi. Ularning soni oʻrganilayotgan agrokimyoviy kursatkichlarning (harakatchan fosfor, kaliy va boshqalarning) bir elementar uchastka doirasida uchrash darajasiga (bir tekis yoki har xil miqdorda) qarab belgilanadi. Asosiy oziq elementlarining uchastkada bir tekisda uchrashi yoki uchramasligi asosan tuproq tipi va oʻgʻit qoʻllashga bogʻliqdir. Koʻpchilik tekshirish ishlarida oʻrtacha tuproq namunasini 10 ta xususiy namuna tashkil etadi.
2.11. Namunalar olishning 2 xil usuli mavjud: elementar uchastkaning diagonali boʻyicha va yoʻnalishi chizigʻi boʻyicha olish. Har 2 usulda ham elementar uchastka maydoni, namuna olish yoʻnalishii boʻyicha 10 ta qismga boʻlinadi va ularning har biridan 30-40 gr miqdorda xususiy namunalar olinadi. Olingan xususiy namunalar birlashtirilib, bir elementar uchastka uchun 300-400 gr mikdordagi oʻrtacha tuproq namunasi tashkil qilinadi.
2.12. Dala ishlari uchun zarur boʻlgan asbob-anjomlar tayyorlanadi, ular jamalamasiga quyidagilar kiradi: ryukzak, dala jurnali, har xil rangdagi qalamlar, lineyka-30 sm, yozuv qogʻozi, etiketalar, belkurak-katta va kichik oʻlchamli, kompas, namuna olinadigan xaltacha, ekker, oʻlchov lentasi va x.k.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin