Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi


“Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 71,47 Kb.
səhifə2/4
tarix14.08.2023
ölçüsü71,47 Kb.
#139354
1   2   3   4
Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi

2. “Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Agrar siyosatning iqtisodiyotning alohida mustaqil iqtisodiy siyosati sifatida ajratilishi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlari, agrar munosabatlarni tartibga solishning o’ziga xosligi bilan belgilanadi. Agrar siyosatda katta e’tibor faqat qishloq xo’jaligida emas,balki butun agrobiznesda ishlab chiqarish faoliyatining eng yuqori pirovard natijalariga, barqaror ishlab chiqarish o’sish sur’atlariga, uning samaradorligni oshirishga va qishloqni ijtimoiy rivojlantirishga erishishga qaratiladi.
“Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fani iqtisodiyotning bozor tamoyillari asosida rivojlanishida agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi, jamiyatning har bir a’zosini g’oyaviy jihatdan yo’naltirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.
Qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini to’g’ri tashkil qilish va agrar siyosatni to’g’ri olib bormasdan iqtisodiy samaradorlikka erishib bo’lmaydi. Shuning uchun ham “Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fani ta’lim dasturiga kiritilgan.
Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fani agrar sektorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar va iqtisodiy qonunlarining harakat qilish mexanizmini, ularning namoyon bo’lish shakllarini va agrar sohada aniq sharoitda ulardan foydalanish xususiyatlarini hamda agrar siyosatning qishloq xo’jaligi rivojlanishiga ta’siri samarasini va oziq-ovqat xavfsizligi iqtisodiy mammolarini hal etishda, agrar sektorda ishlab chiqarishni takomillashtirish bo’yicha muqobil qarorlar qabul qilishda qo’llaniladigan usul va vositalarni o’rganadi.
Fanni o’rganishdan maqsad - talabalarda agrar siyosat haqida tasavvur uyg’otish, olib borilayotgan agrar siyosatlarni o’zaro solishtira olish ko’nikmasini yaratish va mutaxassis xulosasiga ega bo’lishini ta’minlash, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning mohiyati va ahamiyati, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan agrar siyosat va islohotlarning asosiy yo’nalishlari hamda bosqichlari, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda davlatning roli va iqtisodiy strategiyasi hamda zamonaviy nazariyalar asosida agrar va oziq-ovqat sohalari iqtisodiyotini tartibga solish darajasi va usullariga baho berish bo’yicha bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Yüklə 71,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin