Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi



Yüklə 71,47 Kb.
səhifə1/4
tarix14.08.2023
ölçüsü71,47 Kb.
#139354
  1   2   3   4
Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi




1. “AGRAR SIYOSAT VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI” FANINING PREDMETI, maqsadi, vazifalari va TADQIQOT USULLARI



Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida hal etishni talab qilayotgan o’ta muhim muammolar, hyech shubhasiz, shu boradagi sa’y-harakatlarni yanada muvofiqlashti-rish va keng miqyosdagi xalqaro hamkorlikni, kelajakka qaratilgan yondashuv va xulosalarni birgalikda ishlab chiqishni taqozo etadi. Va o’z-o’zidan tushunarliki, jahonning turli mamlakatlarida to’plangan tajriba va amaliyot bilan tizimli va doimiy ravishda almashib turishni talab qiladi” [25].
I.A.Karimov
1.Agrar sohaning iqtisodiyotda tutgan o’rni va uning o’lchamlari.
2 “Agrar siyosat va oziq‑ovqat xavfsizligi” fanining predmeti, maqsadi va asosiy vazifalari.
3.Fannni yoritishda qo’llaniladigan tadqiqot usullari.
Tayanch iboralar: Agrar siyosatning mazmuni, «Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi» fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, fanning tadqiqot usullari.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi vaqtda dunyoda deyarli har to’qqiz odamning biri to’yib ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi to’laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqda.


“Yer yuzi aholisining tez ko’payib borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sish imkoniyatlari cheklangani o’rtasidagi tafovut oziq-ovqat dasturini hal etish masalasi yildan-yilga keskinlashib borayotganining asosiy sababi ekani, natijada atrof-muhitning ekologik jihatdan buzilishi hamon davom etayotgani, iqlim o’zgarishlarining oldindan aytib bo’lmaydigan oqibatlari, tez-tez takrorlanayotgan qurg’oqchilik va suv resurslari taqchilligi, jumladan, sug’orish uchun yer osti suvlarining tugab borayotgani, irrigasiya, meliorasiya va yerlarning unumdorligini qayta tiklashga yo’naltiriladigan investisiyalarning yetarli emasligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida hal etishni talab qilayotgan o’ta muhim muammolar”dir [14].
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida hal etishni talab qilayotgan o’ta muhim muammolar, hyech shubhasiz, shu boradagi sa’y-harakatlarni yanada muvofiqlashtirish va keng miqyosdagi xalqaro hamkorlikni, kelajakka qaratilgan yondashuv va xulosalarni birgalikda ishlab chiqishni taqozo etadi. Va o’z-o’zidan tushunarliki, jahonning turli mamlakatlarida to’plangan tajriba va amaliyot bilan tizimli va doimiy ravishda almashib turishni talab qiladi” [25]. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida hal etishni talab qilayotgan o’ta muhim muammolar yuzasidan Prezident I.A.Karimov tomonidan jahonning turli mamlakatlarida to’plangan tajriba va amaliyot bilan tizimli va doimiy ravishda almashib turish g’oyalarining ilgari surilayotganligi respublika iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlovchi asosiy omilga aylanadi.
Global darajada moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgan bugungi sharoitda jahon hamjamiyati tashkilotlariga a’zo bo’lish va teng huquqda faoliyat ko’rsatish, ikkinchi tomondan, agrosanoat majmuasi sohalarida tom ma’noda modernizasiyalash tadbirlarini amalga oshirish hisobidan faqatgina majmua korxonalarini emas, balki milliy iqtisodiyotning barcha sohalarini samarali faoliyat ko’rsatishi, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Agrosanoat majmuasi sohalarida modernizasiyalash jarayonlari davlat va hududiy jihatdan yirik tadbirlar hisoblanib, bu tadbirlarni o’z muddatida va sifatli amalga oshirilishi natijasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iste’molchilar talabini qondirish, ichki va tashqi bozorga xaridorbop va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, iqtisodiyotning real sektorini samarali faoliyat ko’rsatishi va shu kabi boshqa ijobiy natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi. Oziq-ovqat xavfsizligiga erishish mamlakatimizda qishloq xo’jaligi, ijtimoiy ko’mak, barqaror iqtisodiy o’sishga qaratilgan ko’p tomonlama strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qiladi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha o’tkazilayotgan xalqaro ekspert tadqiqotlari jahonda va uning ayrim mintaqalarida ushbu muammo bilan bog’liq murakkab vaziyat yuzaga kelgani bugungi kunda mazkur muammoni jahon hamjamiyati uchun o’ta dolzarb va jiddiy tahdidlar qatoriga kiritilmoqda.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi, ya’ni deyarli har sakkiz odamning biri to’yib ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi to’laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqda. Ana shunday sabablar tufayli 160 milliondan ortiq bola bo’yining o’sishi, jismoniy va intellektual rivojlanishiga doir kamchiliklardan aziyat chekmoqda.
Yer yuzi aholisining tez ko’payib borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sish imkoniyatlari cheklangani o’rtasidagi tafovut oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi yildan-yilga keskinlashib borayotganining asosiy sababi bo’lib va bu tafovut, avvalo, oziq-ovqat mahsulotlarini jadal ishlab chiqarish uchun tegishli sharoitlar mavjud bo’lmagan mamlakat va hududlarda chuqurlashib bormoqda. Eng avvalo, atrof-muhitning ekologik jihatdan buzilishi hamon davom etayotgani, iqlim o’zgarishlarining oldindan aytib bo’lmaydigan oqibatlari, tez-tez takrorlanayotgan qurg’oqchilik va suv resurslari taqchilligi, jumladan, sug’orish uchun yerosti suvlarining tugab borayotgani, irrigasiya, meliorasiya va yerlarning unumdorligini qayta tiklashga yo’naltiriladigan investisiyalarning yetarli emasligi mazkur muammoni yanada keskinlashtirmoqda.
Yerlarning ekologik jihatdan buzilishi kimyoviy moddalar, mineral o’g’it va pestisidlarni tinimsiz ishlatish oqibatida yanada kuchaymoqda. Bularning qatoriga urbanizasiya, ya’ni shaharlashuv jarayonlari, aholining qishloqlardan shaharlarga ko’chishi bilan bog’liq muammolar ham qo’shilmoqda. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun ekin maydonlari sezilarli darajada qisqarib ketmoqda. Bulardan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarini “daladan dasturxonga” sxemasi bo’yicha iste’molchiga yetkazib berishda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, har yili dunyo bo’yicha qariyb 1,3 milliard tonna miqdoridagi salkam 1 trillion dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari nes-nobud bo’ladi.
Demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat va huquqiy davlat vazifalarining markazida inson salomatligi, uning uzoq va barakali umr ko’rishini ta’minlash masalalari turadi va uning bu vazifalarning nechog’lik bajarilishi davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi va siyosatida o’z ifodasini topadi.

Yüklə 71,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin