Academic research in educational sciences volume 2


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 433,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix02.12.2022
ölçüsü433,23 Kb.
#71818
1   2   3   4   5   6   7
inson-azolari-ishtirok-etgan-tibbiy-metaforalar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 1218  www.ares.uz  
KIRISH 
Ma’lumki, o‘zbek tili o‘zbek millatining buyuk boyligi, bebaho xazinasi, 
tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma’naviy merosi, urf-
odatlari va an’alari aynan uning tilida mujassam bo‘ladi. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning “Yuksak 
ma’naviyat — yengilmas kuch” asarida shunday fikrlar qayd etilgan: “O‘zlikni 
anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy 
bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, 
ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi...” .  Tilimizning ana shunday 
jozibadorligini ta’minlovchi vositalardan biri esa metafora hisoblanadi. 

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Metafora tushunchasi ham lisoniy, ham metatil unsuri sifatida antik davr 
manbalarida uchraydi. O‘z ilmiy ishlarida metafora hodisasini tadqiq etgan birinchi 
olim qadimgi yunon faylasufi Arastu edi. Metafora termini ilk bora Sokratning
“Evagorus” (eramizdan avvalgi 383 yilda yaratilgan) asarida tilga olinsa-da, uning 
asosi Arastuning “Poetika”sida ma’noning, zamonaviy terminologik metatil bilan 
aytiladigan bo‘lsa, atalmishlardagi denotativ va konnotativ o‘xshashliklar asosida 
berilishi sifatida ko‘rsatilgan. Deyarli tilning o‘zi kabi qadimiy bo‘lgan bu hodisa XX 
asrga kelib esa ifoda, muomala va anglash vositasi sifatida foydalaniladigan nutqiy 
san’at vositasi, til va badiiyat ilmida fenomenal kategoriyaga aylandi.
Kvintilianning fikricha, metafora tabiatan yuksak insoniy lafziy-ma’noviy 
tushuncha va hech bir narsa yoki hodisaning ma’nosiz qolmasligiga, shuningdek, 
zarurat bo‘lsa, obrazsiz ifodalanmasligiga xizmat qiladi. Manbalarda qayd etilishicha, 
Sitseron metaforaga oddiy til vositalari izohlay olmaydigan ma’nolarni anglatadi, deb 
qaragan.
Metafora til doirasi bilan cheklanib qolmaydi, chunki insonning fikrlash 
jarayonlarining o‘zi metafora. Metafora insonning konseptual tizimida mavjud va 
tibbiy 
birliklarni 
shakllantirishning 
samarali 
usuli 
hisoblanadi. 
Metafora 
nominatsiyalari uni tuzish paytida o‘ziga xos bo‘lgan izchillikni saqlaydi, shuningdek, 
metafora modellari va metaforalarning konseptual shartlanishiga asoslanib, ularning 
izchilligini ma’lum bir tizimga keltiradi. 
Metafora deyarli barcha nutq uslublarida eng ko‘p uchraydigan funksional-
semantik hodisalardan biridir. 



Yüklə 433,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin